Ҳ А С Р А Т Х О Н А

Билиб турибман, сўнгги хабарлардан кимлардир ўта шод, кимлардир жуда хафа. Кимлардир бор овози билан бақириб, хурсандчилигини бўлишгиси келяпти, кимлардир эса бутун алам ва ҳасратларини тўкиб сочгиси келяпти.

Мана, менга очиб-сочинг юрагингизни😄

Марҳамат, мамнуният билан сизларни ушбу Ҳасратхонага таклиф қиламан. Бемалол, изоҳларда янги қарорни муҳокама қилишингиз мумкин.

Фақат илтимос, кўўўўўп коммент ёзиб, серверни қотириб қўйманглар-а, кейин яна "Биз кўп изоҳ ёзворяпмиз" деб баёнот бериб юришмасин 😉


👉 @xushnudbek 👈

10621 comments

Show 100 more comments
🖤 JUST FORWARD🥀
Sessiyadan qutildik muhimi
Battar bo‘lilaaa😂😂😂😂😂😂
SHOHRUX
Zor boldida . Endi domlala pora olomidi😂
Bektoshov Xudoynazar.....
Nimaga unday boldi,karantin qoidalariga amal qilgan holda ananaviy shaklda o'qishlar boshlansa yaxshi bolardi
苏醒月🌸Sureyya
Kasallik juda avj olgan, jiyanlarimni qancha ehtiyot qildik bog'chaga bermadik lekin baribir shamollashdi, tabiiyki bizga ham yuqdi, online bulgani yaxshi buldi qurqib turgandim yotoqxona sovuq tezroq tuzalishim kerak deb
Шахризода
тушунмеди шуни хч км онлайн болса яхши дб уйлашади
To'g'ri aytasiz dangasalarni kuni keldi yana ayni sessiya payti aytishadiyu sulaymon o'lib devlar qutuldi)))))
Assalomu alaykum! Savolim bor edi. Maktab o'qituvchilari maktabga borishi kerakmi, shu bir oy davomida? Kimda aniq ma'lumot bor? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Assalom alekum. Men Hasan Hukumboyevman. Farmasevtika institutida 3 chi kursda òqiyman. Xudoga shukur ishm bor. Menga online qulay, daromadimga ham. IELTS sertifikatimni yuqorilashga ham. Ammo menga online yoqmaydi. Jonimga tegdi. Sababi 3 yil dan buyon tayin òqimadik. Òz sohamni mustaqil òrgandim. Institut 5 yilda ham berolmedi bu ilmni. Ammo biz insonlar dardi bn ishlemiz. Menku mayli mediklarchi. Xullas ahmoqona ish online talim. Hech qanaqasiga ilm uchun bosh qotirilmadi 3 yil mobaynida guvoh bòldim. Qayda yòq bepul sertifikatlar òsha qurģur qoğozlar va imtiyozlar. Barchasi yoĺģon. Ilmga ham etibor berish kerak. Millat notovon ilmsizlarga tòlib ketadi. Xalq millat zaiflashadi ham manan ham jismonan. Men achinaman hozirgi holatga.
O'qiydigan bola qay shaklda bo'lmasin o'qiydi onlaynmi, oflaynmi o'ziga bog'liq. Avvalo sog'lik hotirjamlik kasallik biroz kamayguncha onlayn bo'lgani ham maqul.
Гулираъно
@xushnudbek кечирасиз камроқ коммент ёзишни иложи йўқ. Хасратимиз ичимизга сиғмаяпти чунки. Қаердадир ўтириб олиб, талабани қийнаш стратегиясини ўйлаб топаётган САВИЯСИ ПАСТлар жонга тегди. Нафақат биз талабалар, балки ота онамиз ҳам бундан рози эмас. Тўғри ёнида бўлсак анча бехавотир бўлишади, лекин ижара тўловичи? Уйни бант қилиб ўтиршанимиз учунҳампул тўлаймиз, у ерда яшаш ёки яшамаслигимиз ижара берувчиларга қизиқ эмас.
Tinchlik va soğlik bôlsin...
Bekor boldi online darslar dars emasda.....
Шахризода
Нега бунака клади бздан канака медик боламз хч км уйламеди шу тарафини ана шунча одам улиб кетяпти шу мед яхши ривожланмаганлигидан шу хам укшми е не умидлар бн институту кргандк бунча кйнеди бзни😞😞😞😞
Zukhro Jurakulova
Diplom yode baribir
Diplom nima kerak, vaqti ótib hech qayerga ótmay qoladi u
Mekhriddin
The endmi deyman
Yoʻq hali bor
Prosta reklama vaqti bop qoldi
Laminalife (men yurolmasdim ,oyogʻimda tuz bor edi ,shu mahsulotdan olingizlar ) kabi 😂😂
Дониёр
Bir tomondan yaxshi buldi uyda qolib biron bir tilmi yoki kursni urganamiz birodarlar hamma sog' omon bulsin
Show next 100 comments