Ҳ А С Р А Т Х О Н А

Билиб турибман, сўнгги хабарлардан кимлардир ўта шод, кимлардир жуда хафа. Кимлардир бор овози билан бақириб, хурсандчилигини бўлишгиси келяпти, кимлардир эса бутун алам ва ҳасратларини тўкиб сочгиси келяпти.

Мана, менга очиб-сочинг юрагингизни😄

Марҳамат, мамнуният билан сизларни ушбу Ҳасратхонага таклиф қиламан. Бемалол, изоҳларда янги қарорни муҳокама қилишингиз мумкин.

Фақат илтимос, кўўўўўп коммент ёзиб, серверни қотириб қўйманглар-а, кейин яна "Биз кўп изоҳ ёзворяпмиз" деб баёнот бериб юришмасин 😉


👉 @xushnudbek 👈

10621 comments

Show 100 more comments
Nima bo‘lsa ham bu ishlarda bir hikmat bor. Bo‘lgan bo‘lmagan gaplar bilan bemaza gaplarni gapirish yaramaydi hozr biz faqat karantin qoidalariga to‘liq rioya qilishimiz kerak online mi offlinemi hammamizning o‘qishlarimizga omad bersin
Xushnudbekdi shaxsiy akkaundini qanday topsa boladi bilmesilami
Малика Насруллаева
Uqiwga borsa xam wu axvol uqimedigan baribir òqimedi
Meni somsapaz oshnam yana bir oy dam oladimi endi, chunki asosan talabalarga sotardi😂
Olsin bari onlaynmish. Nima uyda o'tirsa kasal yuqmaydimi? Och unstni.....? Unda pulni qaytar mb sotib olaylik yoki kompyuter olaylik. Na imkon bor na sharoit bor o'qishga.....
Вохид Мухаммадкулов.
Дарсга бориб бугун 2 та талаба вирус булса ертага 4 индинга 8 та шундай давом етса хамма талаба вирус булса домилалар кимга дарс утади
Tinchlik bõlsin. Alloh taolo soğlikni bersin. Õqituvchi sifatida shuni aytishim mumkinki, qishloğimizning bolalariga mazza bõldi. Ota-onasi baribir telefonga gigabaytlar sarflamaydi, kamiga dalada iahlatish uchun tayyor bahona-yu, bepul chõpon tayoq! Shuningsiz ham seriallardan, ahmoqona Barsa vs Realdan bosh kõtaraolmay qoluvdik, kamiga karantin chiqdi. Bizni Xitoyvak bilan emlashgan-ku, nimadan qõrqishadi? Yoki yana aldashdimikan? Xitoyvak Xitoy VAAA k mikan-a?
СДЕЛАЙТЕ ПОЖАЛУЙСТА ОФФЛАЙН ИЛИ ХОТЯ БЫ ГИБРИД, ОНЛАЙН УЧИТЬСЯ ПОПРОСТУ НЕВОЗМОЖНО!!!
Nargiz
Tepadagilar buyruq chiqarishdiku ushalar tolasin bzdan sorashdimi online bulsinmi db
O‘shalar baribir ham siz to‘lagan kontrakt pulingizdan to‘laydi. Vaziyatni jiddiyligini hamma ham to‘g‘ri tushunmaganligi va muhokama holatida halq vahimaga tushmasligi uchun ham sizdan so‘ramagan bo‘lishi mumkin.
Men zerikdim uyda😢
#Muxammadali
zor bopti 😂😂😂
Xujaqulova‘Z
Fikrlaringizga qushilaman ammo farzandlarimiz darsga juda sust e'tiborsiz qarap qoladi
Man o'qishimni judayam sog'ingandim .o'qiman dib instga kirsam ko'rganim faqat online boldi 😪😪😪🥺🥺🥺
Bekorga baʼzi talabalar xursand emas, onlain boʻlganiga! Sababi, onlainda nomiga dars qilib (qilmasa ham ) qoʻysa ham boʻlaveradi. Kamiga sessiya vaqti kelganda shunday boʻlib turibdi. Onlain oʻqishni taʼsiri kelajagimizda yaqqol namoyon boʻlib turishidan qoʻrqaman. Lekin tanganing ikkinchi tarafi ham bor: kasallik avj olib ketsa, oʻzimiz jabr koʻramiz. Onlain deb qaror chiqarishlaridan birinchi sabab ham avvalo sogʻlik masalasi boʻlgan.
Ch .Darvinni Tabiiy tanlanish qonuni bor unga kora Eng kuchli chidamli bilimga chanqoq oqiydigan 1 kun ham dars qoldirmaydigan barcha fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan eski kompyuter olsa ham sabr qiladigan talabalar virisdan omon qolishadi boshqalari shu qonunga muvofiq saralanib olishadi Manimcha Xalqaro aviaqatnovlarni yolga qoyib talim muassasalarini onlayinga otkazish virus bn kurashish uchun asos emas eslatib otmoqchimanki Omikron shtami ozbekistonga kelgan chet el fuqarosida aniqlangan manimcha darslar oflayn davom etishi kerak Ayagan kozga chop tushadi
Xujaqulova‘Z
Rosa zeriktirdida by verus
Ha lekin kasallik ancha jiddiy ekan shekilli online ôqishda ham oqiyman degan odam oqiyveradi lekin yaxshi tushuna olmedi darsliklarni
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Man fargʻona shahridagi bir maktabda dars beraman. Toʻgʻrisini aytsam online boʻlganidan juda xursand boʻldim. Sababi bolalardan bezorligim EMAS. Aksincha ularni juda sogʻingandim oʻzi. Sababi maktabimizda man uchun ajratilgan ingliz tili xonasi juda sovuq isitishni imkoni boʻlmayapti. Dekabr oyi ichida qancha oʻquvchilarimni mazasi boʻlme qoldi. Xatto mani ustimdan yozib ham berishmoqchi boʻlishdi majburan sovuq xonada dars oʻtyapti dib 😉😉 sherigim bilan 1 haftadan xona almashtirib dars oʻtey disam u homilador. Homilador ayolni sovuq xonaga qoʻyib qoʻyish vijdonga toʻgʻri kelmadi. Albatta bolalar bilimsiz boʻlib qoladi. Yaxshi oʻzlashtirmaydi. Ammo sogʻliq topilmaydiku. Mani fikrim kunlar iligincha online boʻlgani bu juda yaxshi boʻldi. Davlatimiz maʼmuriyatiga rahmat kattakon.
Show next 100 comments