2018-yil.
Tashkent City qurilishi munosabati bilan Markazimiz buzilib, boshqa sal noqulayroq joyga kòchishga majbur bòldik. Aslida eski markazimizdan uzoq emas, ammo transport kamqatnov joyda edi.
Barcha òquvchilarimni tòplab vaziyatni tushuntirdim. Ular ham tushunishdi. Menga tòlaydigan pulingizdan shu qòshincha yòlkiraga tòlayotgan pulingizni olib qolasizlar deb aytdim.
Kunlarning birida bir òquvchim menda gapi borligini aytib, chetga oldi. Eshitdim. Keyingi darsdan kela olmasligini aytib qòymoqchi ekan. Sababni sòrasam bir narsalarni bahona qilgandek bòldi, ammo kòzi òqishni xohlab turganini bildirar edi. Aniq sababini aytishga majbur qildim. Yorildi. Yangi joyga kelish unga qimmatga tushib uydagilari sal qiynab qòyyayotganini aytdi.
Seni eshitdim, endi meni eshit, san kurslarni oxirigacha oborasan, shu yerda yonimda tugatasan, òqish pulini esa umuman olmayman, shu pulni yòl kiranga va boshqa ehtiyojlaringa ishlatasan dedim. U kònmadi, ammo Ustozlik mavqeyimdan foydalanib zòrģa kòndirdim. Òqishni davom ettirdi....
Barcha òquvchim imtihon topshirdi...
Hammasi òqishga kirdi.
Haligi bola òz yònalishida institutga 1-òrinda, grantga òqishga kirdi. Yonimga kelib, "Ustoz, yaxshi ham òsh payt mani olib qolgan ekansiz, ming rahmat òsha kunga", deb aytdi.
Ichimdan xursand bòldim, ammo bildirmadim...
Shu yildagi bolalarni boshqacha yaxshi kòraman, shuning uchun ham haligacha hammasi bilan har oyda yiģilishib turamiz....

Bunday voqealar har yili ham sodir bòlib turadi, ammo sal ssenariy boshqacharoq. Bu haqida keyingi safar batafsil yozib boraman..

14 comments

А_А_Б
Kuzimga yosh kelishi oson bulibdimi yoki tasirlandimmikin. Umrizdan baraka toping ming raxmat sizga.
Alloh rozi bo'lsin sizdan🤲🤲🤲
#usmanov
👍👍👍🔥🔥🔥🔥
Ustoz sizday insonlar kopaysin dunyoda 🤲🤲🤲
Sizday insonlar ko'paysin🤲🤲🤲
MaShaAlloh😊 bizga ham sizdek inson bo'lish nasib etsin.
Extiyoji borga birni bersang 10 ni beraman degan Alloh taoloning va'dasiga bizning zamonamizdagi mo‘jizaviy isboti. Alloh ishlaringizni bundanda barakali qilsin. Amin🤲
𝓜𝓪𝔁𝓶𝓪𝓭𝓲𝔂𝓸𝓻𝓸𝓿
alloh rozi bolsin sizdan baraka toping
Alhamdulilloh
Assalomu alaykum ustoz ilohim martabangiz bundan ham ulug bulsn Olloh rozi bulsn szdan
Мохинур
Olloh rozi bo'lsin
Dilrabo Dehqonboyeva
Sizday insonlar ko'paysin. Men ham kelajakda ustoz bo'laman sizday hurmatga sazovor ustoz bo'lish nasib aylasin ilohim
Show next 3 comments