⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni qabul qilish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (233-son, 05.05.2022 y.) bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlar va ixtisoslashtirilgan maktablar to'g'risidagi nizom tasdiqlandi

🔰Nizomga muvofiq, ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilish aniq va tabiiy fanlar, ingliz tili hamda mantiqiy fikrlash bo'yicha o'tkaziladigan imtihonlar asosida amalga oshiriladi.

➡️ O'quvchilar faqat o'z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul qilinadi.

📁Tanlovda qatnanish uchun qabul komissiyasiga platforma orqali hujjatlar (tug'ilganlik guvohnomasi, tabel nusxasi, 3x4 rasm, olimpiada g'olibligini tasdiqlovchi hujjat (bor bo'lsa) yuboriladi.

✅ Kirish imtihonlari quyidagi fanlardan test shaklida o'tkaziladi:

▫️aniq fanlar yo'nalishida: matematika, fizika, ingliz tili;
▫️tabiiy fanlar yo'nalishida: biologiya, kimyo, matematika, ingliz tili.

☑️ Maktablarda ta'lim aniq fanlar yo'nalishi bo'yicha 5-11 sinflar, tabiiy fanlar yo'nalishi bo'yicha 7-11 sinflarda amalga oshiriladi.

🔘Har bir sinfda o'quvchilar 24 nafardan ko'p bo'lmaydi.

👉
@bazarbaevs

16 comments

Ixtisoslashtirilgan maktablar Farg'onada ham ochilganmi
Ассалому алайкум. Бу турдаги мактаб укувчилари учун хам укишга киришда кандайдир имтиёзлар буладими?
Dilnoz
Assalomu alaykum 5- ni va 4 ni bitiruvchilar fizika imtihoni yo'qmi
Aniq fanlar yonalishi boyicha kirmoqchi bolganlarga tabiiy fanlardan testlar berilmaydimi?
Dilnoz
Yillik baholar a'lo bo'lishi kerakmi
Nafisa Kubayeva 18-m
O‘tgan yilgi yuqori ball olgan o‘quvchilarga imtiyoz berilmaydimi?
Nechanchi sinfdan qabul boshlanadi
Assalomu alaykum hujjatlarni qayerdan yuboradi
Dilnoza Xakimov(а)
4 чи синф битирганларга фезика фанлар юкку
Savollaga javob berila iltimos
♥︎__MaNZuRa__♥︎
Imtiyozla haqida xam etila qanaqa imtiyozla boladi
Show next 3 comments