Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 80 more comments
Азимжон Жуманазаров
Хаммаси яхши булади факат сабр етса
Tibbiyot soxasichi
Assalomu alaykum oilada 2 va undan ortiq kantraklarga qanday imtyozlar bor ekan shu haqda ham yangiliklar bormi
Oylik oshirish xaqida vadala qani
Qobilova N
Qonun egalari sizlardan iltimosim oʻqituvchilarni ishi masʼuliyatli ekanligini bilasizlar shunday ekan oʻqituvchilarni 50 yoshdan pensiyaga chiqarib yoshlarga qaratilgan yilimizda yoshlarni ish bilan taʼminlansa yaxshi boʻlar edi . Shunda ishonamiz yoshlar yili yoshlarni qillab quvatlashlaringizni !!!!!!???????
Norboyev Abbos
Yaxshi bo‘lar edi
Siz bilan qanday bog‘lansak bo‘ladi
Assalomu alaykum. Xozir aytmoqchi bo'lgan fikrim ta'lim tizimini o'zgartirib yuborishga sabab bo'lsa kerak. Bu juda qiyin ammo so'z va fikr erkinligidan foydalanmoqchiman. Xalq ta'limi tizimida islohatlar ko'p bo'lyapti. Taklifim shundan iboratki bir sinfda o'quvchilar sonini 15 tadan oshirmaslik kerak. Bu usul bilan ko'pgina yechimi qidirayotgan muammolarga barham berish mumkin. Masalan hozir 1 ta sinfda 25 maksimal 32 yoki 33 tagacha o'quvcilar tahsil oladi. 1 ta dars soati esa 45 daqiqa. Bu 45 daqiqada ham yangi mavzu bilan tanishish ham uyga vazifani tekshirish yo'lama qilish yangi mavzuga oid savollarga javob berish pedagog uchun ham aqlan ham fiziologik jihatdan og'ir. Ikkinchi masala esa o'quvchilar ko'pligi sabab o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilar uchun qo'shimcha dars to'garaklari o'tiladi bunda bolani psixologiyasida men ikkichiman degan fikr uyg'onadi kelajagiga bo'lgan umidi susayadi. Ba'zan ota onalar maktab darsliklari va ustozlaridan qoniqmay pullik darslarga farzandlarini berishadi. Vaholanki yollanma ustoz ham maktab darsligini tushuntiradi faqat kengroq qilib chunki unda bola soni 10 yoki 15 ta bo'lishi mumkin. Bu ota-onalarga ortiqcha harajatni keltirib chiqaradi.Agar sinfda 15 tagacha o'quvchi bo'lsa maktab ustozlari ham repipitordan kam ma'lumot beradimi? Yo'q albatta. Bundan tashqari yuqori sinfga o'tgani sari fanlar qiyinlashadi aniq fanlar esa o'quvchidan katta e'tiborni talab etadi. Bu nafaqat o'quvchiga balki o'qtuvchiga ham ortiqcha yuklama. Bundan tashqari sinflarda 15 tagacha o'quvchi qoldirsak sinflar soni kengayadi o'z-o'zidan pedagoglarga talab ortadi. Hozir sirtqi ta'lim tizimida o'qiyotgan ko'pgina OTM talabalari ishsiz... Albatta tangani ikkinchi tomoni ham bor bu maktab xonalarini kamligi yoki yetishmasligi. Bunda 2 smenlari o'qitishni yo'lga qo'ysa bo'ladi. Umuman olganda fikrim xulosasida shuni aytmoqchimanki, har bir o'quvchi ustozidan e'tibor va maqtov kutadi. Bunga erishish uchun esa menimcha men aytgan fikrni mutaxssislar o'rganib chiqib tajriba sifatida qo'llab ko'rish kerak. Rahmat
Doktaranturaga kirish qachon bakalavr,magistrga o'xshab shaffof bo'ladi har safar doktaranturaga qabul qilinib bo'lgandan keyin elon qiladi bitta ikkita odam topshiradi bitta ikkitalik joyga adolat yo'q doktaranturada shafoflil yo'q
Axoli salomatligini muxofaza qilish yili xamku
И.Ш
Фарзандларимизга Хазрати инсон булишни ургатайлик, физика, чет тилларини урганса булади. Инсон булиш кийин буляпти хозирги пайтда, бу учун катта мехнат талаб килинади. Мактабларда ана шундай дарслар сони куп ва сифатли булишини хохлайман
Salom barcha avvalom bor . Prezident bobomizga mingdan ming rahmat aytamn. Chunki yoshlarga bundan ortiq sharoit bòlmasa ham kerak. Bòlsa ham bosqichma bosqich bòladi mening fikrimcha. Chet tiliga etibor qaratish bu juda yaxshi loyiha ham juda yaxshi ģoya ham 👌👌
2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади

Инновацион ривожланиш вазирлигининг докторантурага квота ажратиш тизимини қайта кўриб чиқиш керак, сабаби бу йил кўплаб соҳаларга квота берилмасдан қолиб кетди. Бу айниқда DSc га квота ажратишда ёққол кўринди. Амалдаги тизим иш бермайди.
Маматалиева Шахноза Ғуломовна
☆☆☆ S_ Xasanov ☆☆☆
Gaz yoq maktablarda ilm olib bo'ladimi. Maktabdan kelsa bollar uy sovuq svet yoq qande qilib o'qisin qishloq bollari
Фарғона вилояти Фурқат тумани 21-мактаб чекка қишлоқда жойлашган мактаб сиз айтганидай газ етиб бормаган мактаб лекин бу мактабда ўқитиш шу даражада сифатлики тумани бўйича 98нафар ўқувчи област олимпиадасига бораётган бўлса шуларнинг 38таси шу мактабдан
[•ㅤ°Ka£ashniko√°ㅤ•]
B R
yanvardan offline ta'lim boshlansinn iltimos!!!!
+++ fit fillionta
Маматалиева Шахноза Ғуломовна
👏👏👏👏👏👏👍
Show next 100 comments