Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Oybek
Mani fikrmcha o'qituvchilarni moddiy jihatdan yetarlicha taminlagandan so'ng,qolgan ishlarni sarhisobini qilish kerak.Aytmoqchimanki "oldin iqtisod keyin siyosat".
O'qituvchi degan shaxs,barcha soha vakillaridan yuqori maosh olishi kerak. Yaponiya o'qituvchiga bergan martabani bir ko'ring🤷‍♂️
Nodira Norboyeva
Sirtqida ŏqiydiganlarga ishga joylashishga imkon yŏq talabasan deb ishga olmayapti 2kurslarniham amaliyot ham kerakku axir
Alimbayev Farhod
Maktab o‘qituvchilarini haqqoniy attestatsiya qilish kerak chunki birgina bizni tumanda hamkasiblarim xafa bo‘lmasinu 90 % ko‘r savod. Ishni shularni savodli qilishdan boshlash kerak
Murojat noma to‘liq videosi bo‘lsa kanalga joylang
ложь 2020
Nodira Norboyeva
Ŏqituvchilarga uy -joy avtomobil olish uchun imtiyoz berilmaydimi?
OAK foliyatini ham ko'rib chiqish kerak.
Ilmiy ishlarni himoyasi tashkiliy ishlar yugur-yugurlarni optimallashtirish kerak.
Куандик 50
Барчаси тўғри! Яна директор ва ўринбосарларнинг иш ҳақини икки баробар оширса яхши бўларди. Масалан мен ўқув тарбия ишлари бўйича директор ўринбосариман. Ишимизга яраша маош бўлмаяпти. Яна география фанидан китобларига қўшиб атлас ва ёзувсиз хариталарни берилса. Ҳар бир синф хонаси проектор билан таъминланса
Xushnudbek aka forumda shu haqida soramoqchi edim imkon bolmadi. Siz OTM larda talabalarning bilimidan ko'ra davomat, formasi va konspekti muhimligi haqida post yozgandingiz. Rostdan ham shunday. Bu tizimni o'zgartirishimiz kerak. Hammani biror narsani o'rganish islubi turlicha, majburlab konspekt qildirgan bilan 2 kundan keyin esidan chiqib ketadi. Institutda hattoki ba'zi professorlar agar konspekting bolmasa umuman baho qoymayman deyishadi. Nega miyyangda nima bor deb so'rashmaydi? Deyarli 90% talabalar faqat konspekt qilishga vaqtlarini sarflashadi. O'qishga kelganda baho olish uchun darsni ozida oqib gapirib berishadi. Qarabsizki oxirgi natija juuda past.Talabaga mavzularni o'zlashtirishda erkinlik berish kerak. Majburiy konspekt yozdirish absurd ish. Agar shu tizim zig'ircha foyda keltirganda shuncha yildan beri geniy talabalar ko'payib ketgan bo'lardi. Oliy ta'limda oqiyotgan hamma buni biladi lekin hech kim ortiqcha gapirgisi kelmaydi. Davomat ham erkin bo'lishi kerak. Masalan men soat 2-3gacha oqishga borib, darslarga qatnashib nimanidir o'rgangandan kora uyda 3-4soat ichida oqiganlarim natijasi juda katta bo'ladi. Oqishga borsam kuniga 7 soat vaqt sarflayman lekin natija past boladi. Togri umuman bormaslik kerak degan fikrdan yiroqman. O'zi o'zlashtirishga qiynalgan, amaliy mavzularda, ozi qiziqqan darslarga borishiga imkon yaratib berish kerak. Shunda 1.5-2 para leksiyalarda uxlab , zerikib yotgandan ko'ra ozi uchun qiziq va kerakli bolgan mavzuni organsa bo'ladi shu vaqtda. Bizda talabalarga erkinlik berilsa, ular oqimay qo'yadi deyishadi. Lekin bu narsa nisbiy hisoblanadi. Buni oldini olish uchun ularni har 2-3 haftada nazorat testlari, savollar yoki boshqa tekshirish usullari(ular ko'p) bilan miyasidagi bilimini tekshirish kerak( konspektini, referatini emas). Yana bitta taklifim fanlarni sikl bilan o'tilsa juda zo'r bo'lardi. Masalan, deylik faqat 2 ta fan 3 hafta davomida to'liq o'tiladi. Keyin ularni bilimi tekshiriladi. Keyingi 2haftada yana boshqa fan. Fanlarni muhimlik darajasiga qarab o'zlashtirsh haftasini uzaytirish kerak. Gaplarimni to'liq tushintirolmagan bolishim mumkin. Lekin ta'limdagi ozgartirilishi kerak bo'lgan muhim narsalardir.
Сирки талим ишдан ажралмаган холатда булади асосан.беш йил белгиланган муддат куп.4 йил булса хам буларди.( майли 3 йилмас).
Shuxrat Rasulov
Davlat bog'chalarini kupaytirish kerak. Bog'chaga quyish uchun navbatga turish kerak, navbat kelishini 1yil kutasiz agar kelsa. Xususiy bog'cha esa o'rta hol oilaga qimmatlik qiladi. Ta'limga quyi bo'g'indan e'tibor qaratish lozim. Qishloqlarning 75% bolalari bog'cha nimaligini bilmasdan maktabga chiqadi.
Лакаев Насим Сирожович
Барчага хайрли кеч.Ҳушнуд ака менда бир савол туғилди .Мен Самарқанд вилояти Қўшработ туманида яшайман.Иштихон туманига қатнаб 4-йилдан бери дарс бераман.Оралиқ масофа 15 км.Ҳурматли президентимиз атгани буйича менга устама тайинлаши мумкинми ?
Ustoz-õqituvchilarni Tungi navbatchilikda turishdek AXMOQONA ishni BUTUNLAY TUGATISHSIN!
Chet tilini rivojlantirishmoqchimi - haftasiga kamida 3 martadan dars qo'yishsin, OYLIKni yaxshilaab kõtarib qõysin sertifikatsiz va malakasiz (OTM misolida aytdim).
Chet tilini darsini haftasiga 3-4 martadan qõydimi - istalgan materialdan õqitsin. Yil boshida A1 dan boshlagan talaba yil oxirida kamida A2 + yoki B1 da bõlsin. Ana shu natijaga erishgan õqituvchilarga õquv yil yakunida 100 baravar minimalka pul bersin
☺️
кизлар учун грантларни хакикий мухтож инсонларга берилсин, катта бал оладиганлар кириб кетди камтаьмилланганларга берилса ва кандай бал олишидан каттий назар укиш кирса яхши буларди сабаби касбли булса узини ёкотмайди ишлаб пул топарди
Sevara
Assalomu alaykum ushbu fikrlarimiz inobatga olinadimi yoqmi bilmadimu lekin rostdan oquvchilar sonini kamaytirish kerak sinfda darslarning sifatini va nazoratini va qolaversa har bir oquvchi bilan individual iwlaw imkonini beradi bu. Yana bir narsa meni qiynaydi maktab oqituvchilari ta'tilda ham ish kunlarida ham majburiy togarak otiwi kerak oquvchilarga tekinga. Bunday togarakka oquvchilar iltimos tekin desangiz ham keliwmayapti va bu bilan oqituvchining ham hurmati, obrosi va qadri tushib boryapti kundan kunga.
Shavkatova Setorabonu Jasurovna
OTM larda nomutaxassis fanlarni olib tashlash kk vaqtni bekorga sarflash bo'lyapti bekorga chet kafedralar chuqur bilim bermaydiyam talab ham qilmaydi talabalar ham xo'jakursinga uqiydi sessiya utgandan esdan chiqib ketadi umuman kk emas shular o'z mutaxassisligini zo'r egallasin yetadi maktabda qiziqmagan fanini o'qimaganlar otm da o'qirmidi 5ta 6ta spes fanini o'qisin tamom 10-11 ta fan qo'yib spes fanlarniyam dars soatini kamaytrib nima kk
Дилфуза Аликуловна
Assalomu alaykum yuqoridagi barcha ishlar amalda bo'lsa yaxshi bo'lar edi,chunki o'qituvchilarning maoshi mehnatiga qaraganda ancha kam Bechora o'qituvchilar ham jamiyatimizning eng obro'li kishilariga aylansin
Исломбек
Menimcha o‘qituvchilarga ham bayram pullari to‘lanishi kk bundan tashqari yangi yilda ularni farzandlariga ham boshqa tashkilotlar singari sovg‘alar yoki bo‘lmasa bayram pullari tashlab berish kerak
𝕰𝖑𝖉𝖔𝖗𝖇𝖊𝖐 𝖀𝖑𝖚𝖌'𝖇𝖊𝖐𝖔𝖛𝖎𝖈𝖍
Assalomu aleykum. Mening fikrimcha o'qituvchilarga hali ham yozuvlar juda ko'p. Faqatgina xalq ta'limida o'zgarish bo'lgan bo'lishi mumkin lekin Musiqa maktablaridahali ham eskicha. Guruhli darslarda ayniqsa. O'qituvchi yozishni ishreja to'ldirishni yoki suhbat tahlil daftarlarini yozsinmi yoki pul to'lab o'qiydigan o'quvchiga dars bersinmi? 23 soat darsi bor o'qituvchi ertalab 8:00 dan 17:00gacha dars beradiyu lekin oyligi 1.600.000 so'm. bu pul nimaga ham yetar edi oyliklarni ham oshirish kerak edi. Pedagoglar deyilganda faqat maktab o'qituvchilarini o'ylamasdan Musiqa maktabiga ham e'tibor qarataylik axir bolajonlarimiz pul to'lab o'qiydi. yoki bh maktabni ham bepul qilish kerak. mening fikrim shunaqa
ZO'R LEKIN SHU FIZIKA FANIGA BU YIL ETIBOR BERILSA NUR USTIGA ALO NUR BOLADI
Курук гаплар. Хар йили шунга ухшаш мурожаатномалар эшитамиз, аммо результат ноль.
Show next 100 comments