Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Shavkatova Setorabonu Jasurovna
OTM larda nomutaxassis fanlarni olib tashlash kk vaqtni bekorga sarflash bo'lyapti bekorga chet kafedralar chuqur bilim bermaydiyam talab ham qilmaydi talabalar ham xo'jakursinga uqiydi sessiya utgandan esdan chiqib ketadi umuman kk emas shular o'z mutaxassisligini zo'r egallasin yetadi maktabda qiziqmagan fanini o'qimaganlar otm da o'qirmidi 5ta 6ta spes fanini o'qisin tamom 10-11 ta fan qo'yib spes fanlarniyam dars soatini kamaytrib nima kk
Дилфуза Аликуловна
Assalomu alaykum yuqoridagi barcha ishlar amalda bo'lsa yaxshi bo'lar edi,chunki o'qituvchilarning maoshi mehnatiga qaraganda ancha kam Bechora o'qituvchilar ham jamiyatimizning eng obro'li kishilariga aylansin
Исломбек
Menimcha o‘qituvchilarga ham bayram pullari to‘lanishi kk bundan tashqari yangi yilda ularni farzandlariga ham boshqa tashkilotlar singari sovg‘alar yoki bo‘lmasa bayram pullari tashlab berish kerak
𝕰𝖑𝖉𝖔𝖗𝖇𝖊𝖐 𝖀𝖑𝖚𝖌'𝖇𝖊𝖐𝖔𝖛𝖎𝖈𝖍
Assalomu aleykum. Mening fikrimcha o'qituvchilarga hali ham yozuvlar juda ko'p. Faqatgina xalq ta'limida o'zgarish bo'lgan bo'lishi mumkin lekin Musiqa maktablaridahali ham eskicha. Guruhli darslarda ayniqsa. O'qituvchi yozishni ishreja to'ldirishni yoki suhbat tahlil daftarlarini yozsinmi yoki pul to'lab o'qiydigan o'quvchiga dars bersinmi? 23 soat darsi bor o'qituvchi ertalab 8:00 dan 17:00gacha dars beradiyu lekin oyligi 1.600.000 so'm. bu pul nimaga ham yetar edi oyliklarni ham oshirish kerak edi. Pedagoglar deyilganda faqat maktab o'qituvchilarini o'ylamasdan Musiqa maktabiga ham e'tibor qarataylik axir bolajonlarimiz pul to'lab o'qiydi. yoki bh maktabni ham bepul qilish kerak. mening fikrim shunaqa
ZO'R LEKIN SHU FIZIKA FANIGA BU YIL ETIBOR BERILSA NUR USTIGA ALO NUR BOLADI
Курук гаплар. Хар йили шунга ухшаш мурожаатномалар эшитамиз, аммо результат ноль.
Nodira Norboyeva
Kirish imtihonlarida insho yozsa haqqoniy bŏlardida
Ma'ruf Tillayev
Pedagoglarning (taʼlim xodimlari) maoshi shu darajada boʻlsinki, boshqa soha vakillari pedagog boʻlishga intilishsin. Ana shunda pedagogikada (xalq taʼlimi) raqobat boshlanadi. Korrupsiya oʻchogʻi boʻlishdan qoʻrqish kerak emas, shundoq ham korrupsiya oʻchogʻi emasmi?
Fikri ojizim, bunday boʻlishiga bizni yoshimiz yetarmikan-a😉
Sinf rahbarligi 1,5 baravarga oshadi degan ekan. 200 ming oladiganlar endi 300 ming oladimi yoki 500 ming oladimi? Shunisi tushunarsiz boʻlyapti. Kimdir bilsa aytib yuborsin!?
Yurtboshimiz yoshlar va barcha uchun yangi tizimlar joriy qilyaptiyu lekin kupchiligi xo'jakursinga bulib qolyapti hozirda juda kupchilik yoshlar ishsiz hattoki oliy malumotlilar ham yoshlarni ish bilan taminlash kerak deyilyaptiyu hammasi korrupsiya bulyapti shu tizim bilan ketaversak kelajakda qanday qilib ruzg'or tebratish mumkin.
Э.Н
Кириш имтихонига хам диктант ёки иншони кушиш керак.Хозирги битурувчиларни ичида эплаб ёза олмайдиганлар хам куп.
Kimdur aytgandi, ilgari PhD olishning mashaqqati bor edi, xozir prezident qarorini bajaraman deb PhD olishni ancha yengillashtirishdi deb. Umid qilamanki bu yengillashtirish byurokratik to`siqlarni yengillashtirish bo`lgan. Yo`qsa bizda magistr bilimidagi PhDlar ko`payadi
Hammasi yaxshiku faqat tibbiyot sohasida faolyati olib borayotgan hodimlarning maoshlari ham oshirilish kerak edi shu haqda fikr yuritilmadi butun dunyoda coronavirus balosi avj olgan paytda faqat shifokorlar frontning ortasiga kirdi hozir vaziyat onglanishi bilan Yana shu soha vakillari e'tiborsiz qolib ketmoqda
Nodira Norboyeva
500 bŏladi
Malohat
Malaka oshirish har 5 yilda 1 oy emas, har yili 1 haftadan bo'lsa yaxshi bo'lardi. Birinchidan uzoq tumanlardan 1 oy taksi yo avtobusda qatnash ham jismonan ham moliyaviy qiyin. Ikkinchidan, o'rniga o'tadigan o'qituvchiga zamena puli to'lanmaydi. Qarabsizki , 1 oy o'quvchi sarson. Uchinchidan, har yilgi yangilik yangiligicha yetkaziladi o'qituvchiga.
Yana bir masala: oʻqituvchilar qachon mashina🚗 minadi??? Qachon bizga imtiyozli avtokredit beriladi?😭😭😭😭 Kimdur javob bera oladimi??? Mardikorda mashina bor, oʻqituvchida esa yoʻq. Shu adolatdanmi???
Ko'p institutlarimiz zamon bilan hamnafas emas, kadrlar ham shunga o'xshash bo'ladi. Ilmli kushilarga va talabalarga yetarli e'tibor va rag'bat bo'lmas ekan ular boshqa davlat oliygohlariga ketish dan to'xtamaydi.
Адхамжон Эркинов
Стипендиясиз шаклда 3 билан 4 ни стипендияси бил хил 5 ники эса 84 минг фарк килади бу хеч нарсага йетмаяпти,укишгаям кизикиш комади хар холда олдин 5 га ёпсак сессия ни стипендия анча харажатни копларди энди эса .....ундан кура шуни масаласини куриб чиксалар яхши буларди бу шунчаки мени фикрим,шундей депутат Кушербоев хеч нима килолмадилар кууу а биз энди оддий талаба нима хам килолардик 😀😀😀
Show next 100 comments