Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Beshiktan to qabirgacha ilm izla
Hammasini maqullayman
Juraev M
Maktablarda ta'lim sifatini oshirish uchun kadrlarni bilim saviyasini oshirishga kuchli e'tibor berish kerak va shuning bilan birgalikda tartibni ham qo'lga olish kerak. Agar tartib bo'lmasa hech qachon yuksalish bolmaydi.....
Iroda Ikromovna
Assalomu alaykum, boshqa tumandan shaharga borib ishlaydigan o'qituvchilarga ham taalluqlimi bu ustama(50 foiz) yoki faqat chekka tumanlarga qatnovchilar uchunmi?
Shaharda o'qituvchilar yetarli(ortig'i bilan), chekka tumanlarda o'qituvchi (o'z soxasining diplomi bo'lgan) lar yetishmaydi...shunday ekan faqat chekka joylarga borib ishlaydiganlargina ustama oladi....
1. Ўрта Осиёнинг ОТМларига кириб, 1 йилдан кейин Ўзбекистонга кўчиришни йўқ қилиш кк. Чунки билмедиганлар хам Ўрта Осиё ОТМларига кириб оляпти. Ўзбекистонни келажагига таъсир қилади деб ўйлеман.
2. Коррупцияни йўқотишни бошқа йўлларини излаш кк.
3. Супер контрактни йўқотиш кк. 60 балл олган абитуриентдан келажакда зўр мутахассис чиқиши амримахол.
Prezidentimiz tomonidan berilgan ustuvor vazifalar va takliflarning o'z o'rnida, vaqtida hamda belgilangan joyida bajarilib va bu ishlarning amalga oshirilishi muntazam ravishda qattiq nazoratga olinsa o'ylayman ta'lim sohasida katta o'sish bo'ladi. Lekin shu o'rinda aytib o'tish joizki ajratilayotgan summa hamda subsidiyalar to'liqligicha yuqoridagi ishlarga sarflanmas ekan bu yoshlarning kelajakga bo'lgan umidini yanada chuqurroq cho'ktirishdan boshqa narsa bo'lmaydi. Ammo biz bunday bo'lmasligiga umid qilamiz vaholanki 2021 yil "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi sog'lig'ini mustahkamlash yili" deb bejizga e'lon qilinmadi. Nima bo'lgandayam mutassaddilarga insof bersin va kirib kelayotgan yilda o'ylagan maqsadimizga yetaylik...!
Зулфинур Ботирова
Maktabgacha talimga bolalarni qamrab olish haqida hamma vaqt gapiriladi lekin sifatchi.tarbiyachi oladigan ish haqichi .qogozbozliklar yanada kupaydi
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Menimcha chekka tumanning chekka qishloqlarida direktorlarga insof bersin endi men bir narsaga tushunmayman nega umumiy emas alohida imtiyoz berildi
Bu yangiliklar,e'tibor uchun davlatboshimizga katta raxmatlar aytgim keldi
Gallaktikos &
Bog'chada,maktabda bolalarga vatanparvarlik hissi singdirish lozim oshanda mening vatanim yurtim deb jon kuyutib ishlaydi kelajakdaa
Shuncha etibor yahshiyu nu lekin maktab direktorlari stavkani bolib bolib tashlashadi yana osha axvol
Assalom alaykum
Asosiy muammo Oliy ta'lim umumiy mutaxassislar tayyorlashni bas qilish kerak chunki 1 kursga kirgan talabalar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha fanlarni ko‘paytirib mutaxassislikka ta'luqli bo‘olmagan fanlarni umuman olib tashlash kerak.
15-20 йил стажга эга малакали аммо урта махсус кадрларни сухбат асосида ОТМга киришини курайтиришсин. Мактаб битирувчилари каторида 9,10,11-синф программаси бн тестдан утиш кийин буляпти. Хакикий касби савол жавоби билан 100% аъло бахога топшириши мумкин булган кадрлар куп. Инобатга олишса яхши буларди.
Juraev M
Hozirgi kunda OTM da ko'pchilik talabalar kantrak to'lab qo'yganini ro'kach qilib o'qishda bemalol 3 bahoga yopsam ham bitiraman degan tushuncha bor, o'sha tushunchani yechadigan yo'l ishlab chiqish kerak.. Mening fikrim kursdan kursga qoldirish tizimini joriy qilish kerak yoki qandaydir bir tartibni joriy qilish kerak
Bu narsalarni amalga oshirish maktab deroktorlari qarilik qiladi maktabdagi asil xolat qanaqaligini kòrsez 11 yil bolalarni bekorga maktab uwlayabmiz deb òylayman bu tizimni qayta ishlab chiqish kerak bu zamon talabi
Yurt boshi takliflari juda alo lekin bu talablarga talim tizimi tayyor emasligi ishonchim komil
Abdulaziz Xon Zaripov 2.4- guruh
Talabalarga yotoqxona kerak sitilar emas
Davlat bog'chalariga boradigan bolalar yoshi 3 emas, hech bolmasa 2yoshdan bolishini taklif qilgan bolardim
Ex Xushnud aka qani endi manga oyiga 20 mln bersa men ta'lim tizimi tubdan islox qilishga astoidil harakat qilardim
Show next 100 comments