Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
✓✓✓
davlat buyurtmasini beriw tiziimi nma degani u yeriga tuwunmay qoldm
Dilzoda Saminjonovna
Хушнудбек сиздан илтимосим бор эди, менимча бу ку́пчиликнинг илтимоси . Бир юридик савол жавоблар учун алохида гурух очсангиз жуда хам хурсанд бу́лардик. Айрим пайтларда сиздек инсонларнинг ёрдамига мухтож бу́либ коляпмиз.
Gulbahor Ismatova
Assalomu aleykum. O'qituvchilar uchun pensiya yoshi ayollar uchun 50 yosh bo'llishi kerak.Shu yoshgacha ham o'zi o'qituvchilar sog'liklarini yoqotib bo'llishadi
Зухро Гафуровна.
Ассалому алайкум. Бу к,арорлар к,ачондан кучга кираркан?
Abrorbek Murodullayev
Maktablarda oxirgi 10-11 sinflarni ijtimoiy, tabiiy, horijiy va aniq fanlar boyicha guruhlarga bolib oqitilsa talim sifati ancha oshadi
Assalomu alaykum! Meni shaxsiy fikrim shuki chet tillaridan sertifikat borlar (misol uchun IELTS) ga qo'shimcha imkoniyatlar yaratish kerak.
Ассаломуалайкум, олий таълимни илмий даражага эга ўқитувчилари борку шуларнинг баъзиси ўз эгаллаб лавозимига умуман лойиқ эмас: ичи қоралик, муомала ўзидан паст даражадаги ўқитувчига ёмонлиги, айниқса билимсизлиги ҳақиқат. Шундайларни отм да ишлашини тўхтатиш керак, улар энг порахўр ўқитувчилар бўлади. Буни аниқ юзма юз гаплашиб, дарс ўтиш даражасини текшириб амалга ошириш керак. Бундай дейишимга сабаб, айнан шундай ўқитувчилар баъзи ёшларнинг оёғига болта уриш билан банд бўлмоқда. Уларнинг энг катта ёмон иши ўзидан бошқалар устидан хужжат йиғиб юришади экан.
T.Ş.M
Рус синфларида узбек тили дарсига хам ахамият бериш керак. 30 йилдан бери русий забонларни давлат тилимизни билиш даражаси жудаям паст. Мактабларда давлат тилимизни урганиш ва ургатишга котта ахамият бериш керак.
Gulbahor Ismatova
Assalomu aleykum. O'qituvchilar uchun pensiya yoshi ayollar uchun 50 yosh bo'llishi kerak.Shu yoshgacha ham o'zi o'qituvchilar sog'liklarini yoqotib bo'llishadi
Пенсия ёшига етганлар кани кетишса. Ёшларга йул беришса, хам ойлик хам пенсия олиб 60 ёшдан ошса хам факат оринни бермай отирганлар канча
Assalom alaykum. Men OTM talabasi sifatida quyidagilarni taklif qilaman:
Birinchidan; talim sohasidagi korrupsiyani yo'qotish
-O'qituvchilarni bilim salohiyatini yanada rivojlantirish
-Shartnoma asosida talim olayotgan talavalarni bo'sh vaqtida ish bilan ta'minlash(rivojlangan davlatlar qatori)
Davlatimizni rivojlantirishda yaponya bilan aloqalarni yaxshilash va ular kabi talim sohasini rivojlantirib , shu sohada budjetni sarfini ko'paytirish.
-hatto talimni , iqtisoddan ham yuqori qo'yish.
Bularni inobatga olinishini judda hohlardim.
Мактабларда диний тарбияни кучайтириш керак. Болалар хеч насадан ва хеч кимдан куркмай куйди. Уйлайманки, дин оркали болаларга нима яхшию, нима ёмон, халол ва харомни уктириш керак. Аллохдан куркмаса хар кандай залолатга бораверади. Ташкаридаги чала муллалардан эмас, хакикий илмлилардан урганиб тушунчага эга булиши керак.
MAKTAB, TEXNIKUM, UNIVERSITETLARDA MAJBURIY TA'LIM FORMASINI QAYTADAN JORIY QILISH KERAK. HECH QACHON XOHISHGA KO'RA KIYIM TANLANISHIGA YO'L QO'YMASLIK KERAK. CHUNKI DARS JARAYONIDA O'QUVCHINING E'TIBORI FAN BILAN EMAS "ANAVI BUGUN QANAQA KIYIM KIYGAN, MANAVI SOCHINI QANAQA QILGAN" KABI O'Y-HAYOLLAR CHALG'ITIB QO'YYAPTI. BUNGA SHAXSAN O'ZIM BIR NECHA BOR GUVOH BO'LDIM. HAR BIR YOSH DIQQAT MARKAZIDA BO'LISHNI XOHLAYDI. BU - O'ZGARTIRIB BOLMAYDIGAN JARAYON. SHUNING UCHUN DIQQAT E'TIBOR MARKAZIDA BO'LISH UCHUN KIYIM EMAS, BALKI BILIM VA CHIROYLI NUTQ ZARUR EKANLIGINI HAR BIR YOSH TUSHUNIB YETSIN. ODDIY FORMANI SHUNCHA MUAMMO QILIB YOZYAPTI DEB O'YLAYOTGANDIRSIZ. BU ODDIY MASALA EMAS. KO'CHADA QURUVCHILARNI HAM ALOHIDA O'Z QAT'IY FORMASI BOR, HARBIYLAR, SHIFOKORLAR, SPORTCHILAR HAM.
YANA BITTA TAKLIFIM O'QITUVCHILARNI ERTAROQ NAFAQAGA CHIQARISH KERAK. YOKI TA'LIM SOHASIDA ISHLASH UCHUN MA'LUM BIR MUDDAT BELGILASH KERAK. MASALAN 25 YIL. SHUNDAN KEYIN O'QITUVCHINI RAHBARLIK LAVOZIMLARI KUTIB TURSIN. YOKI NASHRIYOTLARDA JOY AJRATISH LOZIM. SHU ORQALI GAZETA VA JURNALLARDAGI BO'LMAG'UR NARSALAR O'RNINI ILMIY ASOSLANGAN MATERIALLAR BILAN TO'LDIRISH MUMKIN. SHUNDAN KEYINGINA O'QITUVCHILIK FAXRLI VA HAMMA HAVAS QILADIGAN KASBGA AYLANADI. CHUNKI ZAMON TEZLIK BILAN RIVOJLANMOQDA. ESKI ANDOZANI OLGAN MUTAXASSIS HECH QACHON YANGI AVLODNI TARBIYA QILOLMAYDI.

@birlashganyoshlarharakati
©️Dilshodbek Ismoilov
Assalomu alaykum Xushnudbek Xudoyberdiyev.Yurtboshimizning bu sayi harakatlari jonkuyarligi oldida butun òzbek xalqi mening nazarimda yuksak ehtirom bildirmoqda.Menga eng maqul bòlgan qarori qizlarga bòlgan etiborlari rahmat olloh umrlarini ziyida qilsin.Òzbek xalqini mintalitetiga qarshi emasman ammo qizbola faqat uy bekasi ona xotin kelin kabi aqidalardan ozgina bòlsaham yiroq bòlishi un òqishi kk.Bir qiz oliy malumotli bòlsa naqadar oila millat jamiyat un qanchalik foyda soģlom ona soģlim bola demakdir bolani kim kòproq tarbiyalaydi albatta ayol demakki ayolning aqlu zakovati yuqori bòlishi kk.Ta'lim tizimimizga kelsak òzbeklar juda antiqamiz birdan bòlishni xoxlab ketamiz.Bosqichma bosqich zinama zina degan gaplar bor eslab kòring 4 5 yil oldin talim tizimi qay ahvolda edi.Hozir ollohga shukrlar bòlsinki talim tizimizda yuksak òzgarishlar kup.Ammo gurch kurmaksiz bòaganidek ayrim qushtirnoq ichidagi òz nafsining qul kimsalari oqibatida yoshlar kelajagi barbod bòlmoqda desak mubolaģa bòlmaydi.Avvalo ta'lim tizimida òzfarishda bot bit uqituvchi direktorlar emas balkim otaonalar ham qatiy masul bòlishi kk emasmikina.Uyida òtrib olib serial korishga vaqti bor ayollar ģiybatga bozorga gapga vaqti bor erkakalar uzuru choyxonaga puli yuq vaqtda birtiyinga qimmat qilib tawlab ketuvchi dòstbirodarlariga vaqti bor oilafa xiyonatgacha vaqti bor AMMO òz jigargòshasi oilasi davimchisi yuzi kelajagi aziz farzandiga Qimmatli va Izzatli vaqtlari yoq.Maktabdagi òqituvchini tanqid qilishni bolasini sal urwsa borib shallaqilarcha urshishni bilishadi ammo bolaning tarbiyasi va òqishi bn bir pullik iwi yuq yana gerdayib otning kallasidek oylik olaib qaraydida deydi.Bechora uqituvchi oyligini sizlarsiz ham halolllab oladi ayrim kasbiga nolaoyiq ustozlarni db qolganlarni buĺgash bu notugridir.Talim tizimidagi eng katta xato bu OLIMPIADA meni balkim yomonkorarsizlaru ammo bu poroxorlikning yuksak va ochiq shaffof misolidir.Ta'lim tizimida Direktorlarni ham alohida saralawdan utkazish kk.Har 6 oyda.Maktab va boģchadagi hisobchilarniham qatiy tarzda nazoratga oliwi kk.Chekka hududlarda yashahs qiyin qishloqlarda hammaning qurbi yetmaydi hatto maktabga zurga uqitadi kup bolali ishzi oilalar majbur bola bechoralar tengdoshlariga yetishay usti bosh puldan db yarim umri dalada utadi.Buning un eng birinchi òrinda ularning otaonalari ish bn taminlanishi kk.Ishlab chiqarish sanoatni faqat shaharlarda emas qishloqlarda ham yòlga qòyish kk ushanda aholi ish bn taminlanadi.Va ularham oz farzandlarini òqitiwga talim oliwiga waroit yaratadi.Gaz elektro energiya chekka qishloqlarda eng katta muommo bir uyda 4oy 5 oylab qishi chiqazadi bu ochiq haqiqat axir utin yo tuk pechka bn 4 5 xonanai ista olmaydiku.Bolaning dars qiliwi bilim oilishi un uyda makatbda shart sharoit issiq sovuģi joyida bòlishi kk.Gapirsa yutuqlarimizham kamchiliklarimizham bisyor bu mening shaxsiy va hayotiy fikrim.Xushnudbek aka kanalingiz un minattdorman haqiqatni baralla aytuvchi va qonunni sizdek bilgivchi yoshlarimiz yanada kupaysin.Sizga maslahatim òz akademyangizning icging va òzingizdek yurist blogerlarni kuproq tayyorlang shundagina adolat va qonun posponlari va yurt manfati yulida qurqmay aqlu zakovati bn òzbek yoshlarini korupsiyaga qarshi kurashishga chorlovchilar sonini kòpaytring.Hurmat bn Azimova Lola
РУСЛАН АНЁЗОВ
Ассалому алайкум. Физика ва чет тили фанларига эьтибор кучайтирилади дейилган,шу каторда хукук фанига хам эьтибор каратишса яхши буларди.Хушнудбек сиз хукукшуноссиз, тушунасиз. Бизда хукукий онг ва хукукий маданиятда анча камчиликлар бор деб уйлайман. Оддий мисол машинада камар такишда,пиёдалар йулакчасидан юришда, пиёдалар светофорни яшил чирогини кутиб туришда. Айникса ёшлар орасида эй камар такиш нимага керак,яшил чирокни кутиб турасанми деган сузлар кулогимизга чалинади. Шу коидаларга риоя килганларни масхара килишганини хам куп гувохи булганмиз. Шунинг учун айникса мактабларда хукукий онг ва хукукий маданиятга катта эьтибор каратиш керак деб уйлайман!
Куандик 50
Ўқитувчиларнинг билимини кўтариш керак. Аввало давлат тилидан бошлаш керак. Афсуски деярли 60-70 % ўқитувчиларда дарс таҳлилига кирганимизда, ёки бошқа ёзувларида жуда кўп хатоликлар учраб туради. Ҳукумат давлат тилини билишни ва хатосиз ёзишни шарт қилиб қўйса барча ўқитувчилар ўз билими устида (Ҳаракат қилади эмас) ишлайди. Ўйлаб қоламан баъзида институтлар кўрсаводга қандоқ қилиб олий маълумот дипломни тутқазиб юборган деб.
Sirtqi ta'limda òqiyotgan(supper kontrakt bilan OTMga qabul qilingan chalasavodlar emas) ishga layoqatli,bilimi bor talabalar ishga qabul qilinishini sòrab qolardim
Olimjon
Bu murojatnomaga bir taklif bildraman. Ehtiyojmant oilalarga qóshimcha stipendiyalar ajratish yaxshi.yana bir taklif maktablarda 11-sinf bitruvchi qizlarining ehtiyojga muhtoj oilalarining farzandlariga yani bitiruvchi qizlarga alohida kvotalar ochilsa yaxshi bólardi,chunki cheka cheka qishloqlarda bitiruvchi qizlarning kópi birmarta óqishga topshiradi topshirgan yil kirolmasa keyingi yil topshirishi amri mahol shuningdek ular shaharga kelip óquv kurslariga qatnagali sharoiti ham kótarmaydi.shundan keyin ular qópol qilib aytganda ózining shag'zodasini kutishdan boshqa iloji ham qolmaydi.shuning uchun bitiruvchi qizlarga kóproq va alohida kvotalar faqat bitiruvchi qizlar va kam taminlangan oila farzandlariga ajratilsa yaxshi bólardi.chunki ular hayotda qiyinchiliklar kórib ulg'ayadi.shunday ekan ulardan yaxshi kadrlar chiqishiga ishonaman chunki ularga bor yóg'i bir marta yoki ikki marta imkoniyatlar berladi ular shu imkoniyatni qóldan boy bermaslik uchun ham kurashadi.... @birlashganyoshlarharakati ©️Olim Jovliyev
To'ppa to'g'ri. Kim Nima desa desinku chekka qishloqlarda o'zim koryapman shunchalik bilimi bor qizlarga ota-onasi umuman sharoit yaratib bermayapti. Hatto 11-sinfni bitirgandan keyin imtihonga borib kelishi uchun ketadigan pulni ayashyapti. Hujjatiku onlayn topshirildi. Arzimagan summani deb ochiqdan ochiq qizlar o'qishdan mosuvo qilinyapti. Menimcha olis hududlardagi maktablardagi 11 sinf o'quvchilarini qiz bolalariga eng yaxshi natija bilan bitirayotganini hech qanday imtihonsiz o'qishiga qabul qilish kerak. Ko'p emas 7-8 yil davomida. O'shalardan ko'rib keyin ota-ona ham qizini maktabga yuboradi, o'qishiga yordamlashadi. Hozir esa qishloq joydagi qizlar nari borsa 7-sinfgacha o'zi bilganicha o'qiydi, zo'r o'qiydi. Undan keyin ota-onasi uy ishlariga o'rgatadi, darsdan olib qoladi. Chunki baribir qiz bola o'qitilmasligini biladi.
Мактабларда Хорижий тиллари 2 гурухда бу́либ у́китишгани каби она тилимизни хам гурухларда бу́либ у́китилишини таклиф килардим.
Yuqoridagi forma tugrisidagi fikrga qòshilaman MAKTABLARDA QATIY FORMA NAZORATI KUCHAYTRILISHI KK.CHUNKI HAMMADA SHAROIT XARXIL BOLALAR ÒRTOĢINI KIYIMINI KÒRIB UZIDA YUQLIGIDAN UYALADI VA ÒZINI OJIZ HIS QILADI BOY HAM ÒRTAHOLHAM VA KAMTAMINLANGANHAM BIRXIL FORMADA BULISHI KK.Ayniqsa uqituvchilardaham va maltab xonaga emas zonasiga maktab hovlisiga uyali aloqa vositasini ob kelishni taqiqlaw kk bolasini darsdan chiqiwini bilgisi kelsa uqituvchisiga sinf rahbariga tel qilsin.Diniy bilim ni ham ustiriah qizlarni 13 14 yoshidan oila va jamiyatga tayyorlov kurslarini tawkil qiliw kk.
Show next 100 comments