Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Дилрабо
Assalomu alaykum men ham o'qituvchiman ishlayotganimga ikikinchi yil bo'layapti.Darsim juda oz, uzoqqa borib ishlayman. Pensionerlarni vaqtida pensiyaga chiqqani yaxshi malakali bo'lsa ham, yosh erkak o'qituvchilarimiz yana maktabdan uzoqlashyapti. Oqituvchilarni oyligi oshadi deyiladi, lekin dars soati parcha parcha qilib bo'lib tashlanadi. Meni ta'limga shuni kiritilishini xoxlaymanki sindagi o'quvchilar sonini kamaytirish shunda sifatli ta'limga erishardik. Vaholanki har dars o'quvchi baholanishi kerak lekin o'qituvchini vaqti yetmaydi barcha o'quvchiga. Sindagi bolalar soni kamayib sinf ko'paysa o'qituvchilarga ham dars soati ko'payardi. Nimaga kursga 1 yoki 2 yil borgan o'quvchi OTM ga kiradiyu maktabda 11 yil o'qigan o'quvchi kirolmiydi degan savolga javoblarim shuki : kursda 2 soat vaqt va eng ko'pi 15 yo 12 o'quvchi, darsda hamma o'quvchi baholanadi.Xulosa albatta sizlardan.
Islom
Ey ahmoq toʻgʻri gap tuqqaninga yoqmaydi degani rostda bilming boʻlsa Oʻzbekistonni oʻzida oʻqishga kir...
Кизишманг.Тестда баъзида омад хам керак.Мана бу йил магистратурага олийгохда 4 йил укиб хаммани жонига теккан ,укимайдиган ва келажакда укитувчи булиб ишлаш нияти хам йуклар хам киришди.
Хулкар Хамрокуловна
Мен хам 25 йилдан бери бошлангич синф укитувчиси булиб ишлаб келаман аммо бирор марта бир ставка ишлаганим йук хар доим 10-12соат дарс бу ставкаларнинг 18 еканлигидан ва дарсларнинг кискарганидан укитувчи куп менам ёшим 42да шу тарика борсак эрта пенсия ешига киргунимча хам 1 ставка хам ишлолмиман деб уйлайман
Хар йили ёзда укитувчиларни 10 кун мажбурий санаторияларга юбориш керак.Куч йигиши учун.Директор , мудир борган жойга улар хам боришсин.Нима дединглар Азиз укитувчилар
Жимлик.Сукунат.Сизларга кийин жуда кийин.
Oliy ta'limga qabul qilishda imtiyozlar judayam kupayib ketdi.super kantraktlar ayniqsa davlatga pul tushsa buldi bilimi bilan ishi yuq ertaga qanday kadir buladi qanday ish topib berad.oliy ta'limga qamrovdi oshirish judayam oson sifatni oshirish kerak asosiysi
Abdurahmonov
ÕTUVCHILARNI ERTAROQ NAFAQAGA CHIQARISH KERAK ERKAK ÕQTUCHILAR 55 AYOLAR 50 YOSHDAN
Bitta qaror bilan qamrovdi 25% dan 50% ga oshirish mumkin bu bilan maqtanish mantiqsizlik
FirdavS
Mani fikrim Biologiya va Kimyo faniga katta etibor berish kk. Hozirgi kunda hamma narsalar shunga bog'liq bolb qoldiku. Silar nima deysilar
Meni fikrim har yili maktab oqituvchilariga dars soat berishdan oldin oqituvchilarni mutaxassislik fanlari boyicha yozma ish yoki test natijalariga qarab dars berilsa.
2. Tumanda bitta ishchi gurux tashkil qilinib xar ikki oyda maktab oqivchilaridan yozma ish olish tashkillansa va natijalarga qarab maktab raxbarlarini tayinlansa yaxshi bolarmidi
Shoxsanam👩 Omadbek👶
Agar shu aytilgan ishlar bolsa juda yaxshi bolardi. Chekka qishloqdan davlat xususiy sherikchiligida bog'cha qura olmay sarsonman. Sababi davlatda pul yoq deb javob berishmoqda. Bir aqilli xususiy bog'chani shaxarda oching foydasi zor qishloqda ochmang degandi. Hamma qishloq qishloq deyaversa qande rivojlansin desam ozizni o'ylang degandi. Murojaatnomani eshitib juda xursand boldim. Koshki endi masalam Hal bo'lsa. Juda yaxshi bolardi. 3yillik orzuim amalgam oshardi. Salbiy fikrim uchun uzr
Ajoyib! O'qituvchilarni oyligini oshirish judayam kerak edi!
Assalomu aleykum Xushnudbek aka mening taklifim va bu fikirga kopchilik qôshilsa kerak hozir talabalarga koplab imtiyozlar bor lekin bitirgandan keyin ish yôq , bilamizki kopchilik tanish bilish yoki boshqa yôllar bilan ishga kiradi ôshani uchun institutlar bilan ish tashkilotlari shartonama qilishi kerak deb ôylayman albatta bu juda qiyin lekin hozirgi kunda kopchilik bitiruvchilar ish topa olmayapdi . Keyin yana qoshimcha taklifim bu qandayfir bot ochish kerak yani yoshlar bo'ti unda kopchilik yoshlar talabalar uzlarining muommalarini uquv jarayonidagi karupsiyalar yoki boshaqa yomon holatlarini bn murojat qiladigan. Yana shuni aytish joizki men hozirgi paytda sizning talim uchun prezident kabi jon kuydirishkngiz albatta kôpchilik insonlar qalbidan joy olmoqda buning uchun shu insonlar nomidan sizga prezidentimizga va shu kabi ish kurayotgan insonlarga rahmat kattakon deyman
OTMlar haqidagi gaplarga shunday deyishim mumkin. OLDIN NAMUNAVIY FAN DASTURLARUNI INTERNETGA OCHIQ QILIB, U KIMGA KERAK BO'LSA BEMALOL OLSA BO'LADIGAN QILIB QO'YAYLIK.

bizda tayanch oliygohdan iltimos qilib, shirin so'z bilan shaxsan borib olish kerak.
Nega internetga hamma olsa bo'ladigan qilib qo'ymaydi, axir bu juda osonku?
Javob: Fan dasturlari shunchalar axmoqona va sharmandalidir. Uni ommaga ma'lum qilib bo'lmaydi
Show next 100 comments