Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Shoxsanam👩 Omadbek👶
Agar shu aytilgan ishlar bolsa juda yaxshi bolardi. Chekka qishloqdan davlat xususiy sherikchiligida bog'cha qura olmay sarsonman. Sababi davlatda pul yoq deb javob berishmoqda. Bir aqilli xususiy bog'chani shaxarda oching foydasi zor qishloqda ochmang degandi. Hamma qishloq qishloq deyaversa qande rivojlansin desam ozizni o'ylang degandi. Murojaatnomani eshitib juda xursand boldim. Koshki endi masalam Hal bo'lsa. Juda yaxshi bolardi. 3yillik orzuim amalgam oshardi. Salbiy fikrim uchun uzr
Ajoyib! O'qituvchilarni oyligini oshirish judayam kerak edi!
Assalomu aleykum Xushnudbek aka mening taklifim va bu fikirga kopchilik qôshilsa kerak hozir talabalarga koplab imtiyozlar bor lekin bitirgandan keyin ish yôq , bilamizki kopchilik tanish bilish yoki boshqa yôllar bilan ishga kiradi ôshani uchun institutlar bilan ish tashkilotlari shartonama qilishi kerak deb ôylayman albatta bu juda qiyin lekin hozirgi kunda kopchilik bitiruvchilar ish topa olmayapdi . Keyin yana qoshimcha taklifim bu qandayfir bot ochish kerak yani yoshlar bo'ti unda kopchilik yoshlar talabalar uzlarining muommalarini uquv jarayonidagi karupsiyalar yoki boshaqa yomon holatlarini bn murojat qiladigan. Yana shuni aytish joizki men hozirgi paytda sizning talim uchun prezident kabi jon kuydirishkngiz albatta kôpchilik insonlar qalbidan joy olmoqda buning uchun shu insonlar nomidan sizga prezidentimizga va shu kabi ish kurayotgan insonlarga rahmat kattakon deyman
OTMlar haqidagi gaplarga shunday deyishim mumkin. OLDIN NAMUNAVIY FAN DASTURLARUNI INTERNETGA OCHIQ QILIB, U KIMGA KERAK BO'LSA BEMALOL OLSA BO'LADIGAN QILIB QO'YAYLIK.

bizda tayanch oliygohdan iltimos qilib, shirin so'z bilan shaxsan borib olish kerak.
Nega internetga hamma olsa bo'ladigan qilib qo'ymaydi, axir bu juda osonku?
Javob: Fan dasturlari shunchalar axmoqona va sharmandalidir. Uni ommaga ma'lum qilib bo'lmaydi
KHAMROEV
fizika fanini rivojlantirib tòģri ish qilishyapdi chunki fizika fanini òqigan yosh avlodni dunyoqarashi sezilarli darajada ulģayadi va creative ģoyalari ham kopayadi. Balki yaqin yillarda bizlardan ham kashfiyotlar chiqib qolsa ajab emas . Bu albatta fizikaga chambarchas boģliq deb òylayman!
Mamirov Asror
Hammasi yaxshi. Faqat shu ishlarni nazorat qilish shaffof bo‘lishi kerak, bo‘lmasa yana karrupsionerlarning tegirmoniga suv quygan bo‘lamiz.
Sulaymonova Nafisa
Assalomu alaykum.
Juda ajoyib yangilik. Olloh shunday xayrli ishlarni qalbiga solganlarga behisob shukur. O'zbekiston o'z milliardlarini kelajak uchun sarflayotgani aniq ko'rinib turibdi. Bu jarayonda yanada ko'proq ishlarni amalga oshirishga to'g'ri keladi. Ta'lim beruvchilarning ham saviyasini oshirishning , ta'lim oluvchilarning ham bilimini tekshirishning hech qanday dahlsizlikka ega elektron usuli ishlab chiqilsa bundan-da yuksalish tezlashib ketadi.
MTM tarbiyalanuvchilar, maktab, kollej , akademik litsey , OTM talabalarining ta'lim sifati YAGONA TIZIM orqali muntazam (har 6 oyda bir marta ) nazorat qilib borilishi kerak (ta'lim oluvchining shaxsiy ixtiyoriga va talabiga ko'ra ).
O'qiituvchilarni zarur dars materiallari, ishlanmalari bilan ta'minlash, maktablardagi wi-fi, kompeturlaradan faqat "komissiya" kelganda emas, balki boshqa paytlarda ham o'quvchilar foydalanishi uchun yo'l ochib berish kerak
A_Qahharov
Ассалому алейкум намунавий дастурларни очиқ платформага қўйиш керак. Бу ўқув йилига тегишли намунавий дастурлар халигача тасдиқланмади. Бундан ташқари намунавий дастур тайёрлаш хам худди монопологияга ўхшаб вазирлик томонидан белгиланган ОТМлар тайёрлайди холос. Ўшалар нимани хохласа ўқитувчилар ўтишга мажбурмиз. Фан номига ва мазмунига эътибор бериш замонавий технологиялар асосида тузиш лозим. Мисол учун Муҳандислик ва компьютер графикаси фанида шундай муаммолар бор.
Мактаблар синфларда 15 нафардан ортиқ ўқувчи ўқитилмаса яхши бўларди
MANSURBEK NIYAZIMBETOV
Ассалому алейкум пенсия ёшида бўлиб ишлаб келаётган ходимлар масаласини ҳам кўриб чиқиш бўйича таклиф берилиши керак эди. Олий ўқув юртини тамомлаб мактаблардан дарс ололмай юрганлар сони хам кўп.
Ozoda Jumanova
Assalom alaykum . Yangi farmonlarni eshitib juda xursand boʻldim. Chet elda yani qoʻshni davlatlarda taʼlim olayotgan yoshlarning koʻpchiligini oʻqishni oʻzimizning oliy taʼlim muassasalariga koʻchirib oʻtqazish masalasida bilimga qarab imtiyozlar berilishi kerak bu masala hali ham koʻplarni choʻntagini toʻldirib kelmoqda.
Javohir
Yaxshi yangilik qilishibdi
Olloberdi ALIJON OʻGʻLI
Faqatgina bir javob shunday sharoitdan biz yoshlar endi ham foydalanmasak faqat oʻzimizdan nuqson qidirishimiz kerak.
Assalom Aleykum hammaga 11 sinf òquvchilariga oila psixologiya quyilsa yaxshi bulardi shunda usib keliyotga yoshlar oila nimaligini sal busa ham tushunardi ertsngi kun ajrimlar kamroq bulardi.Keyingisi 10-11 sinflarga ertangi kun uzi uqiydigan mutaxasislikga yunaltirilga qiziqishga qarab fanlar kuproq utilsa yani darsliklar kuproq quyilsan yaxshi bulardi ?
Quvondiq Yaxshiboyev
Oshiramiz deyabduku oshirsinda shu yil nima bo'lgandayam
Мактабгача таълим тизимини маошларини хам бир куриб чикса лар яхши булади 12соат Болаларга караб узини болалари дан хам купрок вакт ажратиб мехр бериб эвазига арзимаган маош олади Укитувчини маошини минг доллар килган да уша укитувчига тайер укишни ёзишни санаб кушишни ургатиб берган тарбиячи ларни хам маошини хеч булмаган да 6 ёки 7доллар килсалара тарбиячиларни МТТ ходимлари ни машаккатли мехнатларини. МУНОСИБ бахолаган булардилар
ㅤㅤㅤ
Kurrupsiyani yoʻq qilmasa bu ishlarning hech qaysi boʻlmaydi
Oyliklar, pensiyalar, stipendiyalar oshishi haqida gap bulmadimi?? Axir dollar kursi haftasiga oshmoqda, lekin oyliklar, stipendiyalar oshishidan darak yuq???
_F_Azamatov
Хар бир синфларда ўқувчиларнинг ўзлаштириш рейтинги, синфлар рейтинги ва ўқитувчилар рейтинги тузилиб бориши керак
Show next 100 comments