Мурожаатномада айтилган таълимга оид энг муҳим гаплар:

👉 хусусий олийгоҳларга ҳам керакли мутахассисларни тайёрлаш бўйича давлат буюртмаси бериш тизими йўлга қўйилади;

👉 кейинги йилдан олий таълимга ажратиладиган давлат грантлари сони камида 25 фоизга оширилади;

👉 ОТМларга қабул қилишда эҳтиёжманд оилалар қизлари учун грантлар сони 2 баробарга кўпайтирилиб, 2 мингтага етказилади;

👉 аъло баҳоларга ўқиётган, ижтимоий ҳимояга муҳтож қизлар учун махсус стипендиялар жорий этилади;

👉 “Эл-юрт умиди” жамғармаси орқали етакчи хорижий олий ўқув юртларининг магистратура ва докторантурасида ўқишга юбориладиган ёшлар сони 5 баробарга оширилади;

👉 30 та етакчи ОТМга ўқув дастурларини ишлаб чиқиш, қабул квотаси ва молиявий масалаларни мустақил ҳал қилиш ҳуқуқи берилади;

👉 240 мингдан зиёд мактаб ўқитувчиларига синф раҳбарлиги учун устама тўловлар 1,5 бараварга оширилиб, бюджетдан 400 млрд сўм қўшимча маблағ ажратилади;

👉 бошқа тумандаги олис мактабга бориб, дарс берадиган ўқитувчилар ойлигига 50 фоиз, бошқа вилоятдаги олис туманга бориб ишласа – 100 фоиз устама ҳақ тўланади;

👉 Халқ таълими ходимларини рағбатлантириш ҳудудий жамғармаларига 330 млрд сўм йўналтирилади;

👉 келгуси йил мактабгача таълим қамрови 65 фоизга, 2023 йил охирида эса 75 фоизга етказилади. Бу ишларга бюджетдан 600 миллиард сўм субсидия бериш ҳисобидан қўшимча 2 мингта нодавлат боғча ташкил этилиб, хусусий сектор улуши 25 фоизга етказилади;

👉 2021 йили докторантлар сони 4,5 мингтага етказилади ёки 2017 йилга нисбатан 3 баробарга оширилади. Ушбу мақсадлар учун бюджетдан қўшимча 240 миллиард сўм ажратилади;

👉 2021 йилда физика ва чет тилларини ўрганиш устувор йўналиш этиб белгиланди.


Юқоридаги ўзгаришлар бўйича Сиз қандай фикрдасиз? Таълим соҳасида яна нималар қилишни таклиф этасиз?


👉 @xushnudbek 👈

667 comments

Show 100 more comments
Киме, биология,физика, математике,информатика, жахон адабиёти ва Имом ал Бухорий.
Dotsentlar, fan doktorlari kopchiliki bilimi yoq. 4 yil talaba bolib tankasiz baho olgan talabani kormadim. Kafedrani egallab olgan . Faqat talabani haqorat qb xurmatga erishmoqchi boladilar.
Бурхонжон Халилов
Хокимнинг курилиш фирмасига 20 миллиард синф рахбарига 139 Минг .Ажойиб!
Muazzam Salimova
Salom Xushnudbek aka bir IIB faoliyati bilan ham qiziqinglar o'zi inson degan mahluqot nechi soat ishlab nechi soat dam olishi kk xo'jayinim Profilaktila inspektor uyga soat 23 yoki 00 00da kelib 6 da chiqib ketadi kelgandan keyin gapirishni hojati yo'q
Ish ish ish bola ota ona uy ro'zg'or degan narsa yo'q ummuman dam olish kuni yo'q shuncha ishga yarasha mablag' yetarli bo'lsa mayli derdungiz oylik degan narsa u oydan bu oyga yetmaydi bu ham mayli
Bu dunyoga inson bir marta keladi qachon o'zi uchun yashaydi bu tarzda ishlayversa bu to'rt muchali sog' odam ham yaramaydi ku bularni ish faoliyati bn ham qiziqadigan odam bormi qayga murojaat qilsa bo'ladi
Z
Dotsentlar, fan doktorlari kopchiliki bilimi yoq. 4 yil talaba bolib tankasiz baho olgan talabani kormadim. Kafedrani egallab olgan . Faqat talabani haqorat qb xurmatga erishmoqchi boladilar.
99 % TOG'RI GAP AGAR TALABA KATTAROQIGA ALOQADOR BO'LSA BULAR QO'LLARINI KO'KSIGA QO'YADI AXMOQLAR (LEKIN ICHIDA ODAMGARCHILIK BOR TOPILIB QOLADI ULAR JUDA KAMYOBBBBBBBB)
Men o‘qituvchiman. Shaxsan men oylik maoshim kamligidan qiynalamam, va imkon qadar darsdan bo‘sh vaqtimda ustachilik qilib qo‘shimcha daromad topishga majburman. Qizig‘a darsdan so‘ng yoki dam olish kunlari o‘quvchingizning uyida ishlasangiz.
Akademik litseylar uchun hech nima aytilmadimi
Eshitishimcha bizni tumandagi maktablardagi o‘qituvchilardan test olibdi tuman XTB buning sababi adashmasam Viloyat XTB mudiri almashganidan va u kishi o‘qituvchilarni bilim saviyasini aniqlash ekan. Men biologiya fanining bitta varyantini ishlab ko‘rdim oson. Lekin usha varyantni menga ishlatgan o‘qituvchi JizDPI ni biologiya o‘qitish metodikadiga 4chi o‘rinda bujet kirgan va bitirib ishlayotganinga 6 yilcha bo‘lib qoldi. Keyin test qanday bo‘ldi deb so‘rasam 10 ming so‘mdan yig‘ib berdik bo‘ldi o‘tub kettik dedi. Rayonada ishlaydiganlar ham o‘zini shunchalik yerga uradimi ularni sotib olish un 10 ming so‘m kifoya ekan qoyil
Халқ таълим тизимида, Олий ва ўрта махсус таълим тизимида: Таълим жараёнида ўқув режаларни стандартларидан воз кечиш керак, ҳар бир мактаб/лицей/олий таълим муассаса ўқув режани ўзи яратиши керак ва ўқувчи/талабага фанларни танлаш имконини бериши зарур, яъни ўқув режа асосида ҳамма бир хил йўналишда бир хил таълим бериш ўқувчиларни/талабаларни ўз қизиқишлари бўйича билим олишга тўсқинлик қилади, натижада етук билим ва кўникмага эга бўлган кадрлар тайёрланмайди, фақатгина рамкага солинган кадрлар тайёрланади. Таклиф: ўрта мактаб тизимидан бошлаб ўқувчиларга ўз қизиқишлари бўйича фанларни танлаш, академик лицей ва техникумларда ўзи қизиқган йўналиш бўйича таълим олиш, ва олий таълимда ўзи қизиқган фанларни танлаб ўқиши ва талаба ўзи учун ўзи ўқув режасини шакллантириши келгусида инновацион фикрлайдиган кадрларни тайёрлашга олиб келади. "Таълим ҳар бир ўқувчи/талабанинг хохишига кўра ташкил қилиниши керак".
Meni bir narsa juda o'ylantirib qo'ydi🤔 Agarda shifokor barcha turdagi bemorlarni faqatgina bitta turdagi dori (davolash usuli) bilan davolamoqchi bo'lsa, bemorlarning oqibati qay tarzda tus oladi? Aksariyat ko'p bemorlarning ahvollari oldingidan ko'ra jiddiylashib boraveradi. Bu esa shifokorning aybi emasmi? Ha, albatta o'z kasbiga bo'lgan layoqatsizligi va bemorlarning oldida hoyinga aylanishi turgan gap emas-mi?!

Endi shuni ta'lim tizimiga o'girsak? Barchaga birdek yondashishlik qanchalik mantiqga ega? Axir hammanining qiziqishi, moyyilligi, qobiliyati har xil bo'lsa, ularga bir xil ta'lim (sifatsiz) va standartlar to'g'ri keladimi?
To'g'ri keladi desangiz nega unda 12 yillik majburiy ta'limdan so'ng aksariyat yoshlarimiz, o'zlarini eng kuchga to'lgan, shijoatli payitlarida nega chet ellarda, qora ishchi bo'lib ishlashlari kerak? Axir ular ham 12 yillik majburiy ta'limni olishgan ediku?
Ayib odamlarni o'zida desangiz, demak shifokor ham hoyin emas, shunday-mi??


Ta'lim tizimi uchun taklifim shundan iboratki:

1. Barchaga, faqat 6-sinfgacha boshlang'ich ya'ni umumiy ta'lim berish kerak xolos.
2. 6-sinfdan boshlab bolani qiziqishiga, qobiliyatiga va moyilligiga qarab o'sha sahaga yo'naltirish kerak.
3. O'qituvchilarimizni salohiyati va bilimini mustahkamlash kerak.

12 yillik hozirda esa 11 yillik hammaga bir xildagi ta'lim tizimi o'zini oqlamadi. Yoshlarimizni har tomonlama yetuk qilamiz deb bir tomonlama ham qila olmayapmiz-ku?!
Мактаблар/Олий таълим Муассасалар ўртасидага республикадаги рейтингни аниқлашдан воз кечиш керак, бу механизмни ўйлаган одам таълим/илм-фан сифатини ортади ёки рақобат муҳити шаклланади деб ўйлаган, бизда ушбу механизм иш бермайди аксинча ёлғон статистик маълумотларни кўпайишига олиб келади. Бир-бирини ўртасида рақобат бўлган мактаб/ОТМ лар кўрсаткичларни орттириш учун ўқитувчиларга қўшимча юклама ташлайди натижада дарс беришга тайёргарлик кўриш ўрнига таълим сифатини орттириш ўрнига рейтинг тизимидаги индикаторларни орттиришга интилиш бошланади. Рейтинг тизимидан кўра мактаблар ўртасида, ОТМлар ўртасида ҳамкорликни ривожлантириш зарур, бир-биридан тажриба олишсин, ўқувчи ва талабаларга сифатли таълим бериш бўйича.
Assalomu alaykum.Hamma yerda faqat bajariladi,amalga oshiriladi degan gap.qilindi,bajarildi degan gapni uchratmaysiza,afsus.shu yerda yizilgan fikrlar ajoyib ewitildi lekin.faqat bajarilishidada gap.Mansabdor shaxslar miyasi bn fikrlash kk.ular nima qilgan bõlardi shu pullarni,xalq uchun ajratilgan pullarni👀🤔.adashmasam zõr mashina olgan yoki õziga saroy qurgan bdi🤨.Nima deb õylash mumkun.qogozda ajoyib hammasi.Ammo Qachongacha😒😡😠🤯
Fizika bilan Chet tilllarini o'rganish ustuvor vazifasi sifatida belgilanganligi juda zo'r. Lekin qanday qilib o'rgatish aytilmagan. Bu yo'nalishda katta yutuqlarga erishish uchun avvalombor fizika fanidan yoshlarimizning nima uchun bilim darajasi pastligini ilmiy yo'nalishda ilmiy ishlar qilib aniqlashimiz kerak. Muammolarni ilmiy izlanishlar natijasida aniqlaganimizdan keyin, bu muammolarning yechimini ham ilmiy ishlar qilib aniqlashamiz kerak. Nimaga hammasiga ilmiy yondoshaylik deb aytyapman? Chunki har qanday muammoni unga doir informatsiyalarni to'plash va ularni tahlil qilish, kuzatish yo'li bilan aniq yechimini topsa bo'ladi.
Тугри юкорида утирганлар тухтамасдан халкни пулини талаётгандур. Лекин бунга узимиз сабабчимиз. Узимиз билимимизга ишонмаймиз. Узимизни устимизда ишламаймиз. Тест оламан деса дархол йулини (тешик ёки таниш) кидириб коламиз. Яна тухтамасдан нолиймиз. Узини билимига, узига ишонадиган одам хеч качон пора бермасликка харакат килади
Mani fikrimcha hamma imtiyozlarni yòqotish kerak. hamma òzini bilimi yetgan darajada òqishga qabul qilinsa adolatli bòlardi. Shu yil 170 ball bn kontraktga òqishga kirdim lk 93 ball bn budjetga qabul qilindi tanishim. Sababi dadasi militsiya ekanligi😏
1Gap aytay,nega endi 201-yil emas hozirdan renessans g'oyasi ilgari surilmoqda,nega barcha tashkilotlarda yoppasiga ahamyat berilib minglab qaror,farmoyishlar chiqarildiyu amalda 30% xalq ham o'zgarishni sezmadi,xullas gapirsa gap ko'p,o'zimizga 1asar nomidagi savolni bershimiz kk,nega ayrim davlatlar bot,biz kambag'al? O'qigan insonlar uje tushundi,lekin amaldor bilib turib bunday qarorni chiqarmaydi,bo'lmasa shu davrgacha qande tashkilotlar tarqatilib yuborilganda uzavto qolarmidi,tan olish kk barcha davlayda monopoliya tamagirlik bor lekin bizda bular rivojlanishimizdan ko'ra bir necha qadam oldinda,xulosa shuki 500dan oshiq o'z sohasida tamagirlik qilgan har qanday kimsani osish kk,kk bo'lsa namoyishkorona! Dinga qarshi deydiganlarga gapim yevropayam dinni o'z o'rniga tushuribgina renesans qildi,biz bilgan buyuklar ham din qurbonlari bo'lishgani rost
Show next 63 comments