Hurmatli ota-onalar!

Koʻpchilik bilan maslahatlashib, eng qulay va eng xavfsiz transport vositasi poyezd degan xulosaga keldik.

13-iyul kuni 18:15 da Urganch shahridan yurib, 14-iyul kuni soat 08:02 da Toshkent shahriga yetib keladigan poyezd eng maqbul reys ekan. Bu reysda chiptalar ham yetarlicha (plaskartga ham, kupe ga).

Biz tomondan qoʻyilgan kuzatuvchiga (zarur boʻlsa yana koʻpaytiramiz) 10-vagon (boʻsh joy eng koʻp boʻlgan) dan chipta olindi.

14-iyul kuni kutib olish va yotoqxonaga yetkazishni tashkillashtiramiz. “Yozgi maktab”da qatnashishni rejalashtirganlar aynan shu sana va shu reysga chipta olishlari kerak boʻladi.

Izoh: Hozircha 90 ta oʻquvchi aniq qatnashishini, 5 ta aniq qatnasha olmasligini va 10 ta “maslahatlashib javob berishi”ni ma’lum qildi. Bugun yana bir marta bogʻlanganimizdan keyin qoʻshimcha joylarni e’lon qilamiz. Hozirgi holatda 5 tadan 15 tagacha joy boʻlishi mumkin.

🥇 Yozgi ilm bilan oʻtkazing!

24 comments

Raximova Nargiza
Assalomu alaykum, konditsioneri bormi, ishlatib bilamizmakan
Мухаммадали .
биз хам шу поездга блет олдик
Мухаммадали .
бизлар бн хечким боглонмоди тел оркали сардор ака
Ассалому алайкум. Ташкилотчиларга яна бир илтимос. Тошкентда поезддан тушгандан кейин бирорта автобус ташкиллаштирсаларингиз яхши булар эди. Хамма бир автобусга утириб вокзалдан университет ётокхонасига борган булар эди.
ZARINA
Qaytish bileti qanday olinadi
Мухаммадали .
хамага тел килиндими
Мухаммадали .
бизарга хечким тел урип сурамади
Nargiza Hamidjanovna
Bir- bir tel qilinadi deyilgandi, bizga tel qilishdi
Мухаммадали .
бизлар бн хечким боглонмоди тел оркали сардор ака
Raqamingiz ishlamagan boʻlishi mumkin. Iskandarov Muhammad va Sotimboyev Shahriyor bilan bogʻlana olmadik hozircha. Boshqalar koʻtarmadi.

939290006 bilan bogʻlaning
Show next 13 comments