Koʻpchilik bilan maslahatlashib, eng qulay va eng xavfsiz transport vositasi poyezd degan xulosaga keldik.
13-iyul kuni 18:15 da Urganch shahridan yurib, 14-iyul kuni soat 08:02 da Toshkent shahriga yetib keladigan poyezd eng maqbul reys ekan. Bu reysda chiptalar ham yetarlicha (plaskartga ham, kupe ga).
Biz tomondan qoʻyilgan kuzatuvchiga (zarur boʻlsa yana koʻpaytiramiz) 10-vagon (boʻsh joy eng koʻp boʻlgan) dan chipta olindi.
14-iyul kuni kutib olish va yotoqxonaga yetkazishni tashkillashtiramiz. “Yozgi maktab”da qatnashishni rejalashtirganlar aynan shu sana va shu reysga chipta olishlari kerak boʻladi.
Izoh: Hozircha 90 ta oʻquvchi aniq qatnashishini, 5 ta aniq qatnasha olmasligini va 10 ta “maslahatlashib javob berishi”ni ma’lum qildi. Bugun yana bir marta bogʻlanganimizdan keyin qoʻshimcha joylarni e’lon qilamiz. Hozirgi holatda 5 tadan 15 tagacha joy boʻlishi mumkin.
🥇 Yozgi ilm bilan oʻtkazing!
24 comments
Show 6 more comments
Мухаммадали .
бизарга хечким тел урип сурамади
Nargiza Hamidjanovna
Bir- bir tel qilinadi deyilgandi, bizga tel qilishdi
939290006 bilan bogʻlaning
Qaytishga biletni hozir olib qo'yaveraylikmi?