Savol: Repetitor o'tishni yaxshi ko'raman bir o'quv markazda to'rt oy dars o'tdim keyin Yana boshqa o'quv markaz ikkita guruh qilib menu taklif qilishdi uyerdayam bir oy ishladim. Ham maktabda ishlab yurdim. Menu puli umuman qiziqtirmadi faqat juda band bo'lsam xursand yurardim. Katta oilada yashayman kichik o'g'ilga tushganman. Qaynona qaynotam bor. Ko'p ko'chada bo'lib qilganim uchun uydagilarga qiyin bo'ldi.Turmush o'rtog'im Zuhra bu ishlangni keyinroq qilasan uyga qara o'sha joydan topgan pulingni o'zim beraman deb repetitorlikni to'xtatib qo'ydi. Endi maktabdagi ishim bo'lsayam bo'shliqda yurganga o'xshayman. Bu yo'g'da qaynona qaynotam qarib qolishsa yana boshlasam yana to'xtab qolishdan qo'rqaman. Ikkita bolam bor. Ikinchim 2yoshda. Shuning uchun o'ylab onlayn dars o'tsam qanaqa bo'larkin. Uyimizda internet uncha yaxshimas o'zim bo'lsa, telegramdan boshqasini bilmayman. Shunga harakat qilsam bo'larmikin harakatlarimni natijasi bo'larmikin deb o'ylab turibman. Bu borada menga yaxshi ustoz kerak shu tehnikalarni o'rganishga. Shu bo'yicha maslahat berolasizmi. Biron ustoz topib berolasizmi?
Javob: Avvalo eringizni ko'proq roziligini olishga harakat qiling. Qaynona va qaynotangizni xizmatini qilib ko'proq duolarini olib qoling. Bu narsalar juda muhim. Farzandingiz tarbiyasi va bilimiga ko'prqo e'tibor bering. Shular sizga jannatni kalitini, tojini beradi. Ularni insofli, solih qilib o'stirishga harakat qiling. Bu juda katta mexnatni va ko'p vaqtni talab qiladi. Oson bo'lmaydi, ammo lekin buni shu darajada ko'p rohatini kelajakda ko'rasizki, o'zingizdan mamnun bo'lasiz. Shuning uchun bu ishlarga ko'proq e'tibor qarating. Aslida yashashdan asosiy maqsad va mahiyati ham shunda. Imtihondamiz, yaxshi tayyorlanishimiz muhim. Dunyoni o'zgartirishimiz uchun, avvalo o'zimizdan, oilamizdan boshlamog'imiz kerak. Siz ummatga, xalqqa qiladigan eng katta yaxshilingiz, bu solih farzandlarni tarbiyalab berishingizdir. qolgani yo'l-yo'lakay bo'laveradi. Bo'sh vaqtingiz borligiga siqilmang. Undan ko'proq foydalanib olishga harakat qiling. Kitoblar o'qing. Sohangizga oidlarni, aktual kitoblarni va farzandizga foydali bo'lgan adabiyotlarni. Hullas bundan oqilona foydalanib oling. Vaqt juda tez o'tib ketmoqda, ertaga qilingan ishlardan ko'ra, qilinmagan ishlarga afsuslanish ko'proq afsuslanish bo'ladi. Bularni faqat tavsiya sifatida qabul qilishingizni so'rayman, menga shu narsalar to'g'ridek tuyuldi. Alloh ishingizni hayrli va barakali qilsin. O'zi yaxshi niyatlaringizga yetkazsin. Doim qo'llab tursin. Duolaringizga muxtojligim bor. Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh