Милодий тақвим бўйича яна бир йил тугаб, янгиси бошланишига оз фурсатлар қолди.
Аллоҳга беҳисоб шукрлар бўлсинки, ортда қолган йил ҳам шахсий, ҳам касбий, ҳам ижодий фаолиятимда мен учун жуда баракали ва хайрли йил бўлди. Синовли кунларимдан қувончли кунларим кўпроқ бўлди.
Яратган ўзининг кўплаб неъматлари ва мукофотлари билан сийлади. Асосийси саломатлик, хотиржамлик ҳамда ҳалол ризқидан айирмади.
Ютуқлардан қувондим, хатоларимдан хулоса қилдим. Бир сўз билан айтганда ортда қолган йилнинг ҳар бир кунидан миннатдорман.
Азиз юртдошлар, ҳурматли дўстлар!
Кириб келаётган 2020 йилнинг ҳар куни Сизлар учун хайрли бўлишини, соғлиқ, бахт ва қувонч доимий ҳамроҳлик қилишини тилайман.
Она ватанимиз Ўзбекистон келаётган йилда янада гуллаб-яшнасин, хатоларимиздан ғалабаларимиз кўпроқ бўлсин, халқимизнинг ҳар бир вакили ўзини бугунги кундан ҳам кўпроқ бахтли ҳис қилсин, юртимизни тинчлик тарк этмасин.
Йил давомида яхши-ёмон гапларимга чидаб, мени кузатиб, хатоларимни кечириб, қўллаб-қувватлаб борган барча муштарийлардан миннатдорман. Саломат бўлинг!
✨Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo’lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug’ bo’lsin!
Rahmat Xushnud aka, bayram muborak bo'lsin. Yangi 2020-yil bu yildagidanda barakali, sermazmun va go'zal damlarga boy bo'lsin ilohim. Baxtimizga sog'salomat bo'ling. Yangi yil barchamizga qutlug' kelsin.
Nargiza G'aniyeva 00326
Rahmat, sizga ham bayram muborak bo'lsin... 2020-yil barchamizga omadli, rizqli, quvonchli kelsin. Huquqiy bilimlaringiz bilan el-yurtimiz xizmatidan hech charchamang. Oilaviy baxt, tinchlik, hotirjamlik sizni tark etmasin...
Азиз Исмоилович👔🎓
Xushnudbek sizga ham yangi yil baxt omad muvaffaqiyatlarga to‘la yil bo‘lsin! Qilayotgan barcha ishlaringiz uchun Olloh sizdan rozi bo‘lsin. Oilangizga tinchlik xotirjamlik o‘zingizga mustahkam Sog‘lik tilayman. Bayram muborak bo‘lsin.
Sizga ham kirib kelayatgan yangi yil muborak bõlsin yangi yilda ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Og'abek Hikmetov
Xushnud og'o sizga ham bayram muborak bo'lsin. Biz uchun siz dilimizdagilarni tilimizga baralla chiqarishda haqiqiy yo'lchi yulduz vazifasini o'tab berdingiz. Kelgusi yilda ham, umuman kelajakda ham yurtimiz manfaati uchun sizdek xalqning "o'tkir tig'li qilichlari" ko'payevrsin
Avvalambor Assalom-u alekum.eshik qoqib kelayotgan yangi yillar muborak bolsin! Olib borayotgan ishlaringizni yanada rivoj tilayman.sizdek blogerlar kopoooq bolsa yaxshi bolardi.bu ishlaringiz xalqning huquqiy bilimini oshirishga katta yordam bermoqda.ishingizga yuksak parvoz tilayman. Humat bilan Isoqova Orzigul.
✨Yangi yilda barcha hayrli ishlaringizda sizga omad yor bo’lsin. Qalbingizdan quvonch, dasturxoningizdan qut -baraka va oilangizdan shodu hurramlik aslo arimasin. Yangi yil qutlug’ bo’lsin!
Дегаймиз янги йил бўлсин омадли.
Бугунги шодликлар тарк этмай бизни,
Оллоҳим мўл қилсин насибамизни.
Кириб келаётган ЯНГИ 2020-ЙИЛ билан табриклайман.