Милодий тақвим бўйича яна бир йил тугаб, янгиси бошланишига оз фурсатлар қолди.
Аллоҳга беҳисоб шукрлар бўлсинки, ортда қолган йил ҳам шахсий, ҳам касбий, ҳам ижодий фаолиятимда мен учун жуда баракали ва хайрли йил бўлди. Синовли кунларимдан қувончли кунларим кўпроқ бўлди.
Яратган ўзининг кўплаб неъматлари ва мукофотлари билан сийлади. Асосийси саломатлик, хотиржамлик ҳамда ҳалол ризқидан айирмади.
Ютуқлардан қувондим, хатоларимдан хулоса қилдим. Бир сўз билан айтганда ортда қолган йилнинг ҳар бир кунидан миннатдорман.
Азиз юртдошлар, ҳурматли дўстлар!
Кириб келаётган 2020 йилнинг ҳар куни Сизлар учун хайрли бўлишини, соғлиқ, бахт ва қувонч доимий ҳамроҳлик қилишини тилайман.
Она ватанимиз Ўзбекистон келаётган йилда янада гуллаб-яшнасин, хатоларимиздан ғалабаларимиз кўпроқ бўлсин, халқимизнинг ҳар бир вакили ўзини бугунги кундан ҳам кўпроқ бахтли ҳис қилсин, юртимизни тинчлик тарк этмасин.
Йил давомида яхши-ёмон гапларимга чидаб, мени кузатиб, хатоларимни кечириб, қўллаб-қувватлаб борган барча муштарийлардан миннатдорман. Саломат бўлинг!
94 comments
Show 68 more comments
У...Х...М.
Ассалому алайкум Хушнудбек ака Янги 2020 йил Билан табриклайман бахт ва омад хеч качон тарк этмасин. Байрам муборак!
Шахло
Рахмат яхши тилаклар узизга хам хамрох булсин Оллохим узи асрасин янги йилингиз муборак булсин
Assalomu alaykum Xushnudbek aka .szni kelayotgan yangi 2020 yil bn chin qalbimdan tabrikliyman.uahbu yilda ushalmagan orzularingiz kelasi yilda ushalsin.2020 yil hayotizdagi eeeng omadli barokatli yillardan biri bo'lsin.kelayotgan yil oila a'zolaringiz un ham ajoyib yil bolsin.ishlaringizga omad.hecham charchamang tolmang OMAD
Обидахон Мухторовна
Рахмат, хамиша шундай шижоат ва холислик билан олиб бораётган ишларингизда Оллох мададкор булсин!
Farhod Muradov
Fayzboguz bong urayotgan, Safari kimdandir repost qilgan blogger Otabek Nuriddinov borasida fikringizni bildirsangiz yaxshi bo'lardi. Kuzatuvchilaringiz ko'pligi sababli ta'sir doirangiz ham balandroq.
Assalomu Alaykum inshallah 2020 yil barokotli fayzli bolsin Yurtimizda tinchlik farovonlik bolsin Elim yurtim xalqim oilam deb yahshi niyatda yurganlarga Allah madadkor bolsin!
Assalomu aleykum Xushnudbek! Yil davomidagi faoliyatiz uchun avvalo rahmat sizga! 2020 yil xalqimiz uchun ham omadli boʻlsin hammaga oilaviy baxt saodat tilayman!
Har yili yuksalishda davom eting. Bu yo'lda yaratganning o'zi qo'llasin!!!
F C B mucci(ache)
Ajoyib yil boldi. Omadli barakali fayzli yil boldi. Misolcun uylandm😁😁😁😁. Xushnud aka ajoyib yil boldi waxsan kanalizi faol kuztuvcisi sifatida aytiwm mumkn siz u ucunam yaxwi yil boldi sizga raxmat xalqqa foydasi teyadgan ajoyb insonsz
Ishlarizga rivoj OLLOH HAMISHA PANOHIDA ASRASIN. Har kim oʻzligini oʻzbekligini unutmasin Men xalqimizni chumoliga qiyosleman chunki mehnatkash Endi boʻlsa hoy chumolilarni kattalari sizlar ham oz boʻlsa ham vijdonan mehnat qilinglar yurtimiz yanada rivojlansin zahmatkash xalqimiz oz boʻlsada erkin nafas olsin. Birdamlik aslo yoʻqolmasin Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin Yurtimiz ravnaqini koʻrolmeydigan gʻalamiz kimsalar va choʻntagini oʻyleydigan amaldorlar (hoinlar) niyatlariga yeta olmasin Asosiysi tinchlik boʻlsin qolgani topiladi
Ассалому алйкум. Сизга котта рахмат йил довомида кулиздан келганча халк учун ёрдамизи аямадиз. Бошлаган хайрли ишизга Аллох мададкор булсин. Тепадиги дустимиза эслаб утканидек Отабек Нуриддинов масаласига хам бир этибор каратворинг.
Xanifa Karimovna
Assalomu alaykum Xushnudbek aka! Sizni ham oilamiz nomidan tabriklayman. Avvalo ishlaringizda omad ! Hech qachon yiqilib qolmang. Doim olg‘a yuravering.
ASSALOM Xushnudbek yangi yil muborak. Sizga, podpischiklarga savol: 1 fevraldan 7 % ga oylik oshdi shundaymi bazaviy tarif miqdori oshdi. Shunga nisbatan oylik ish haqi oshishi kerak edi. Shtat birligidagi razyadni koeffisentini kamaytirib 223000 to'g'rilab qo'yishgan. Masalan 9 razyadda 3.331 edi 1.222 shunday qilishgan natija bir xil oyliklar sizni avgust oyidagi bir postizda oyliklar 3 barobar oshadi degandiz unday bo''lmadi
Yangi 2020 yil siz uchun va butun Oʻzbekiston ahli uchun yangi zafarlar, muvaffaqiyatlar hamda quvonchlarga limmo-lim boʻlsin. Barcha-barchaga sogʻlik-omonlik, baxt-omad yor boʻlsin! Yangi yilingiz bilan!
Shokirjon Giyosov Mubinaxon
Xushnudbek sizlarga xam muborak bulsin yangi yil yangicha yaxshiliklar olib kelsin.
Hech qachon "oyliklar 3 barobar oshadi" demaganman. Aksincha mana shunaqa 3 barobar oshadi deb o'ylab yurganlarning fikri noto'g'ri ekanligini, bunaqa oshmasligini tushuntirganman. Menimcha, biroz noto'g'ri tushungan ekansiz o'sha postni.
Joʻrayev Abdixoliq
Sizni va oia a'zolaringizni yangi yil bilantabriklayman. Omad...
Yurtimizda tinchlik farovonlik bolsin
Elim yurtim xalqim oilam deb yahshi niyatda yurganlarga Allah madadkor bolsin!
OLLOH HAMISHA PANOHIDA ASRASIN.
Har kim oʻzligini oʻzbekligini unutmasin
Men xalqimizni chumoliga qiyosleman chunki mehnatkash
Endi boʻlsa hoy chumolilarni kattalari sizlar ham oz boʻlsa ham vijdonan mehnat qilinglar yurtimiz yanada rivojlansin zahmatkash xalqimiz oz boʻlsada erkin nafas olsin.
Birdamlik aslo yoʻqolmasin
Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin
Yurtimiz ravnaqini koʻrolmeydigan gʻalamiz kimsalar va choʻntagini oʻyleydigan amaldorlar (hoinlar) niyatlariga yeta olmasin
Asosiysi tinchlik boʻlsin qolgani topiladi
Yangi yilingiz bilan!