Apreldagi imtihonlarga roʻyxatga oʻtish tugaganmi? Rostan ham tugagandan keyin bilarkanmizda? Oldin roʻyxatdan oʻtish boʻlib, keyin namunaviy test chiqariladimi? Aniq javob bormi? Roʻyxatdan hozir oʻtsak ham boʻladimi yoʻqmi???
Hammaga assalomu alaykum. Bu test uchun hujjat topshirish vaqti dekabrda tugagan. Hujjat topshirish va to'lov qilish onlayn amalga oshirildi. To'lovi 345000 so'm. Bu test hamma abituriyentlar uchun emas, ixtiyoriy. Xuddi IELTS dagidek oldindan ball yig'ish imkoniyati mavjud. Testdan yig'ish mumkin bo'lgan maksimal ball 129 ball. Agar shu maksimal ballning 60 % idan yuqori ball to'plansa, sertifikat beriladi. Bu sertifikat OTM uchun o'tkaziladigan kirish imtihonlarida shu fandan ishtirok etmasdan turib ball yig'ish imkonini beradi, xuddi IELTS dagidek. Milliy sertifikat haqida bilganlarim shu
Milliy sertifikat haqida bilganlarim shu