This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❓ Xalqaro olimpiadalar tashkil qilishdan maqsad nima?

📌 So‘nggi yillarda o‘quvchilar, ayniqsa boshlang‘ich sinf o‘quvchilari orasida matematika faniga qiziqish juda yuqori. O‘quvchilar faqat mahalliy olimpiadalarda emas, balki xalqaro nufuzli olimpiadalarda ham qatnashib, dunyo miqyosida O‘zbekistonlik yoshlarning matematika fanida qay darajada kuchli ekanliklarini namoyon etishlari, shuningdek, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarini oshirishlari kerak.

🇺🇸 Shularni inobatga olgan holda, O‘zbekistonda ilk bor xalqaro Copernicus olimpiadasining Preliminary Roundi (saralash bosqichi) tashkil etdik. 40% dan yuqori natijani qoʻlga kiritgan oʻquvchilar iyul oyining oxirida Amerikaning Nyu-York shahrida boʻlib oʻtadigan final yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi!

⌛️ 18-may kuni respublikamizning 12 ta hududida bir vaqtning o‘zida avval KHISO olimpiadasi, so‘ng esa Copernicus xalqaro olimpiadasining final oldi saralash bosqichi bo‘lib o‘tadi. Copernicus xalqaro olimpiadasida qatnashish uchun to‘lovni amalga oshirgan o‘quvchilar KHISO olimpiadasida shu kuni bepul qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


➡️ Hoziroq ro‘yxatdan o‘ting

30 comments

Show 19 more comments
Nafisa O'rinboyeva
Assalomu alaykum khisoga qanday ro‘yhatdan o‘tiladi
Assalomu alaykum!

18-may kungi Copernicus xalqaro olimpiadasiga roʻyxatdan oʻtgan oʻquvchilar, shu kuni boʻlib oʻtadigan KHISO olimpiadasida toʻlovsiz ishtirok etish imkoniyatini qoʻlga kiritadilar! Bitta olimpiadaga badal toʻlash orqali ikkita olimpiadada qatnashish huquqini qoʻlga kiritishingiz mumkin!

Eslatib oʻtamiz, shu kuni dastlab 09:00 da KHISO olimpiadasi, undan soʻng 11:00 da Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi boʻlib oʻtadi. Qancha erta roʻyxatdan oʻtsangiz, badal toʻlovi shuncha kamroq boʻladi.

25-apreldan buyon Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi haqida batafsil KHISO olimpiada kanalida maʼlumotlar ulashib kelayapmiz!

25-apreldan boshlab ushbu kanalda ulashib kelinayotgan video va video ostidagi maʼlumotlar bilan yaxshilab tanishib chiqishingizni tavsiya qilamiz!
Shu olimpiyadan utganlar Amerikaga uzining xisobidan boradimi?
Qahramon
Shu olimpiyadan utganlar Amerikaga uzining xisobidan boradimi?
Assalomu alaykum!

1-oʻrin 10%, 2-oʻrin 5% chegirmaga ega boʻladi Amerikadagi final bosqichida qatnashish xarajatlari boʻyicha. Iqtidori va bilimi yuqori boʻlgan ayrim oʻquvchilarni moliyalashtirish masalasi koʻrib chiqilmoqda.
Muslima cho‘tpilatovna
Assalomu alaykum biz 270 utqazdik
Muslima cho‘tpilatovna
Ro'yxatdan uzganini qayerdan bilsak buladi
Assalomu alaykum. Olimpiadaga qaysi manzilda bo'ladi.
Mamadaliyev Azimjon
Assalomu alaykum. Olimpiadaga qaysi manzilda bo'ladi.
Assalomu alaykum!

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri va respublikamizning qolgan barcha viloyatlarida oflayn tarzda oʻtkaziladi Copernicus xalqaro olimpiadasi final oldi saralash bosqichi hamda KHISO olimpiadasi bir kunda.
Assalomu alaykum, biz Qoʻqondan roʻyxatga oʻtganmiz, tel nomer kiritganmiz test qayerda qachon boʻlishi haqida qanday xabar keladi