Тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар диққатига!
Аввалги йилларда битирган абитуриентлар 20 июлга қадар тестга кириш учун
111 минг 500 сўм миқдорида тўловни амалга ошириши керак эди. Лекин айрим сабабларга кўра, тўлов қилишга улгурмаган абитуриентлар ҳам бор экан.
Шу сабабли ДТМ тўлов муддатини яна бир кунга
узайтирди.
‼️ Онлайн рўйхатдан ўтган, лекин тўловга улгурмаган абитуриентлар
бугун, 21 июль куни соат 23:59 қадар тўловни амалга ошириши мумкин.
❗️Тўловни амалга оширмаганлар рўйхатдан ўтмаган ҳисобланади ва тест синовларида иштирок эта олмайди.
👉 @xushnudbek 👈
DTM to'lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar bugun 23:59 gacha to'lov qilishga imkon berdi.
Nima uchun faqat to'lovni amalga oshirmoqchi bo'lganlarga ⁉️ Ma'lum sabablarga ko'ra qolib ketgan abituriyentlar istagichi? Kuni kecha DTM ro'yxatga olish serveri katta kuchlanish bilan ishlab, hatto ayrim abituriyentlar o'z yo'nalishini o'zgartira olishmaganligiga ham guvoh bo'ldik. DTM pulini to'lamaganlar uchun "dostup" ochsa nega boshqalarga bunday imkoniyat yo'q? Nega? DTM bu savollarga javob bermaydi bilamiz, o'rganib ham qolganmiz DTMning "ayrim" ishlariga. Imkoniyat yaratilsa hammaga birdek imkoniyat yaratilishi kerak!
Hali bu mavzuga alohida qaytamiz.
Ma'lumot uchun o'tgan o'quv yilida abituriyentlarda 53 mlrd so'mga yaqin to'lov puli olingan.
© Oliygoh.uz jamoasi.
🎓 Oliygoh.uz rasmiy telegram kanali👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFNaVcMPO-9asGcKXg