❗️Талабалар учун таълим кредити мавзусида овозли чат

📆 21-август, шанба
⏰ соат 20:00

Овозли чатда:

— Молия вазирлиги
— Марказий банк
— Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
— Ёшлар ишлари агентлиги
— тижорат банклари мутасаддилари саволларга жавоб қайтаришади.

Ушбу мавзу бўйича сизни қизиқтирган саволлар бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1197 comments

Show 100 more comments
Sirtqi ta'limda õqiydiganlarga ham kredit ajratilsin
̲̲̲Mahmud
Taʼlim krediti 18 ga toʻlmagan abituriyentlarha xam beriladimi
̲̲̲Mahmud
Davlat grantida oʻqiydiganlar xam olsa boʻladimi
Fariza🕊¹¹
Assalomu aleykum men xozi O'qishimni Toahkentdan Xorazmga ko'chirdim 2 qursda o'qiyman qontraqtimni to'lash uchun qredit olmoqchiman berishadimi va qanaqa shartlar bilan berishadi
Ta‘lim kreditini super kontraktlarga ajratilsin. 60mln kam pul emasda
Assalomu alaykum! Bir oilada ikki va undan ortiq farzand to'lov shartnoma asosida o'qiydigan talabalar uchun ta'lim shaklidan qat'iy nazar(kunduzgi,sirtqi,kechki) imtiyozli va uzoq muddatli ta'lim krediti ajratilishi bo'yicha qaror loyihasi bor edi. 2021-yilda ushbu toifadagi talabalarga ham imtiyozli ta'lim krediti ajratlishi kerak edi. Iltimos shu masalada ham batafsil ma'lumot berib o'tilsa
Perfecto Consulting
Assalomu Aleykum muddatli harbiy xizmatga borib.
Harbiy qism qo'mondonligi tavsiyanomasi (лигота) ga ega abiturentlarning ishi qanday bo'ladi.
Ular alohida tanlovda ishtirok etgan yoki etmaganini qanday aniqlasa bo'ladi. Shu mavzuda tushuncha bering iltimos.!!
Bitta oiladan 2 ta kantrakda uqisa davlat tomonidan qanaqa yordamlar Bor bilmoqchi edim
Kredit , talaba yaqinlari aniq boʻlgan ish joyiga ega boʻlmasa(m.u.mavsumiy ishlar bn shugʻullansa) ham beriladimi,tartibi qanday.
П.С.С
Assalomu alaykum bitta uyda ikki kontrakt bolsa men super kontrakt bolib qoldim qanday yordam beriladi oqishim kerak yordam beriladimi kredit berilmaydi deyishdi shuni yana korib beringlar iltimos
Assalomu allaykum bizning oilada ikki kishi tolov kontrakt asosida oqiydi savolim ta'lim kiridit bir kishiga beriladimi yo ikkalasiham olsa boloradimi
Assalomu alekum.Agar bu yil abiturent òqishga kontrakt asosida talaba bòlsa,oilasi temir daftarda tursa,bir yilligini tòliq davlat tolab beradimi yoki malum miqdorinimi?Shu xususda ham bir tòxtalib òtsangiz.Javob un oldindan rahmat
SALIMJONOV D
Xushnud aka perevod qiganlaram kridit olsa bo‘laemikan shuni xam so‘rasangiz.
Assalamu aleykum xalq xizmatida charcamayapszlami? Ta'lim kriditi magistirlarga nechchi yil muddatga qancha foizda qaysi banklar tomonidan olsa bularkin
719starsta
Sirtqi talim uchun ajratiladimi ta'lim krediti va 2savol foiz miqdorini hisoblashni soddaroq qilib tushuntirib berin
Assalomu alaykum hammaga. Hayrli kun. Uzr men yangi banknotlar haqidagi postizga comment ni ulamagan ekansiz. Shunga shu joyga yozyapman.
Xo'sh,Senatimizni bu haqdagi izohlariga juda qiziqyotgandim.
Xushnud aka, Senat qanday izoh berdi 5000 so'mlik va 10000 so'mlik banknotlarning yangi talqini uchun.
Shunchaki qiziqishda.
(Noshukurlikka yoyilmaydi degan umiddaman.)
Iloji bo'lsa shuniyam kanalga tashlasangiz degandim.
Assalomu alaykum biz ta‘lim krediti olmoqchimiz foizi qachon dan boshlab to‘lab boriladi universitet ni bitirgandan so‘ng kredit va foizini to‘lasa bo‘ladimi javob uchun oldindan rahmat.
ИХТИЁР
Ассалому алайкум, Хушнудбек. Таълим кредити кайси банклар оркали берилади ва аризалар качондан бошлаб кабул килинади? Кредитларни яшаш жойи буйича олиш шартми? Икки фарзандим шартнома асосида укияпти, бирорта енгиллик борми?
Assalomu aleykum.
1. Talim krediti olish uchun kafil shaxs kerakmi yoki boshqa yo`llari bormi, agar kafil kerak bo`lsa kafilning oylik ish haqi qanday tartibda hisoblanadi ?
2. Talim lrediti nechi yilga beriladi va misol uchun birinchi kurs uchun olingan kredit yopilmasidan ikkinchi kurs uchun kredit olish mumkinmi ?
3. Talim krediti faqat yashash manziliga biriktirilgan bankdan olinadimi. oliy talim muasasini o`ziga biriktirilgan bank bo`ladimi ?
4. Agarda talim krediti uchun bank bizda resurslar yetarli emas digan taqdirda kimga murojat qilish kerak ?
Ассалому алайкум.
Телеграм каналингизда жорий йил 26 февраль куни қуйидаги маълумотни бергансиз.
Шу лойиҳа нима бўлди, тасдиқландими?
Аниқлик киритсангиз.

Икки ва ундан ортиқ фарзандлари контрактда ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредитлари бериш тартиби жорий этилиши кутилмоқда

Норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар лойиҳалари муҳокамаси порталига жойланган Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра жорий ўқув йилидан бошлаб олий таълим муассасаларида бир вақтнинг ўзида икки ва ундан ортиқ фарзандлари тўлов-шартнома асосида ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредитлари бериш тартиби жорий этилиши мумкин.

Лойиҳага кўра, таълим кредитлари республикада фаолият кўрсатаётган барча олий таълим муассасалари — давлат, нодавлат, қўшма таълим дастурлари ва хорижий давлатлар олий таълим муассасалари филиалларида тўлов-шартнома асосида таҳсил олаётган Ўзбекистон фуқароларига, уларнинг ота-оналари ёки васийларига берилади.

Кредит фоизлари кредит ажратилгандан сўнг кейинги ойнинг 1 санасидан бошлаб ойма-ой тўланади, асосий қарз эса талабанинг ўқиши расман тугагач, уч ой ўтгандан кейин тўлаш бошланади.

Таълим кредити, ўқиш даврини ҳисобга олган ҳолда:
- бакалавр учун 15 йил;
- магистр учун 10 йилгача бўлган муддатга берилади.

Талаба муддатли ҳарбий хизматни ўтаётган даврда таълим кредитлари учун банк фоизи ставкалари ҳисобланмайди.

👉 @xushnudbek 👈
Show next 100 comments