❗️Талабалар учун таълим кредити мавзусида овозли чат

📆 21-август, шанба
⏰ соат 20:00

Овозли чатда:

— Молия вазирлиги
— Марказий банк
— Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
— Ёшлар ишлари агентлиги
— тижорат банклари мутасаддилари саволларга жавоб қайтаришади.

Ушбу мавзу бўйича сизни қизиқтирган саволлар бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1197 comments

Show 100 more comments
Shoxjaxon
Bormi ubu kimdir savolimga javob beradigan
Ma'ruf Mansurov
Iltimos shu savol berilsin ta'lim krediti 14 % qilib belgilanadi lekin tijorat banklari tomonidan bazur 20% qilib ta'lim kreditini olamiz. Nega shunday ? Shunday hol kuzatilsa bizga murojat qiling unga murojat qiling demasdan qarorni amalda bajarishni isloh qilingizlar iltimos!
Nodirbek
Ассалому алейкум мен АДУ да сиртки булим 2 чи курсда укийман.ота онам вафот этган оилалиман,4 нафар фарзандим бор узим мактаб интернатда ишлайман менга таълим кредити жуда зарур кимга мурожаат киламан.жавоб учун олдиндан рахмат
Assalom alekum, man O'zbekiston universitetlariga emas boshqa chet el davlati universitetida o'qimoxchiman shu holatda ham ta'lim krediti berildaimi?, keyin ta'lim krediti Prezidentimiz aytgani bo'yicha 7 yilga 14% bilan MB stavkasida beriladigan bo'ldi, shunga ko'ra ta'lim kreditini har o'quv yili olsa bo'ladimi ya'ni 1chi yil 20 million so'm olinsa u 7yilga 14% bilan berilsa keyingi 2chi o'quv yilida ham 20 million 7 yilga olsa bo'ladimi yoki faqat bir martami?, yana qo'shimcha 7 yilga berilsa ta'lim krediti 14% 7 yilga bo'ladimi yoki har yili ya'ni 7 yil davomida 14% dan bo'ladimi? Javob uchun oldindan rahmat!
Салом Хушнудбек! Иккинчи мутахассисликда ўқиётган, иш билан банд бўлган ва олдин истъемол кредити олиб ҳозир уни тўлаётган талабалар ҳам таълим кредитидан фойдаланса бўладими? Ҳозир 3-курсга ўтди. Иш билан банд бўлса ҳам ҳозирги маоши билан контрактга қийналяпти. Чунки ойлиги истъемол ктедитини тўлашга кетяпти.(бу менинг синглимнинг муоммолари)
Shoxjaxon
Ushbu savolniyam berilar birodarlar ! Agarda bizning islom dinida foiz pul olish joizmas diyilgan bo'sa nima qilish kerey ?
Kam taminlangan oilalarning farzandlariga sirtqi talimda o'qishlari uchun kreditlar beriladimi
Sen yagonasan. Òzbekistonim.
Assalomu alaykum ta'lim krediti super kontraktga ham beriladimi
❌ супер-контракт учун ёки махсус сиртқи, кечки ва сиртқи таълим шакллари учун таълим кредити берилмайди
Shoxjaxon
Bormi ubu kimdir savolimga javob beradigan
Qarzga pulnolib turishingiz va huddi shuncha miqdorda qaytarishingiz lozim, shariyat bo'yicha, lekin shu zamonda qarzga kim ham pul berar edi. Majbur kredit olamiz, olmasak o'qishdan chetlatilamiz. Menda shunday bo'lgan, hech kim bermagan. Majburan kredit olganman
Gulchehra Azimova
Assalomu alaykum.Xushnudbek.Meni 2 ta farzandim biri 3-kurs ,ikkinchisi 4-kursda òqiydi.Ikkalasiga ham imtiyozli ta'lim kredit i olsam bòladimi.òzim òqituvchiman.
H.n BERDIQULOV "STARSTA"
Kam taminlangan oilalarning farzandlariga sirtqi talimda o'qishlari uchun kreditlar beriladimi
❌ супер-контракт учун ёки махсус сиртқи, кечки ва сиртқи таълим шакллари учун таълим кредити берилмайди
1та контракт 1та грант 1та литсейда укийдиганларга отаси 2грух ногирони ёлгиз узим ишлайман ойлтгим 1млн500сум булса кредит бериладими
Boqiyev.
Assalomu aleykum Xushnudbek aka Savolim shuki eng kopi bilan qancha pul olish mumkin va u pulni bizga naq pulda beriladimi
Кредит миқдори: талаба ва ОТМ ўртасида тузилган тўлов-контракт шартномаси миқдорида
М.Уматалиева
Салом хушнудбек чет элдан укишни кучираётган студентлар учун кайси кундан имтихон бошланади санаси аник булдими олдиндан рахмат жавоб учун
SALIMJONOV D
Shoxjaxon bek siz o‘ziga to‘q oylani bolasi bo‘siz kerak shuning uchun shunday deyapsiz kamtamilanganlar bor uyida hechkim davlat ishida ishlamaydiganlar bor ular nima qilsin ularga kridit foyadaliroq bo‘lyapti o‘qishni bitirgandan so‘ng o‘zlari ishlab uzadilar.
#Savol. Ta'lim kreditini qaytarish bilan bog'liq muommlar qay tartibda xal qilinadi. Shu haqida edi savolim
Abdukarim Esanov
Assalomu alaykum . Bu yil birinchi kurs boʻlaman nasib boʻlsa . Sirtqi taʼlim uchun ham kredit ololamanmi . Oldindan rahmat
супер-контракт учун ёки махсус сиртқи, кечки ва сиртқи таълим шакллари учун таълим кредити берилмайди.
Бир йулга, бир йиллик контрактга кредит бериладими ёки 6 ойлик утказиб берилармикан
Show next 100 comments