❗️Талабалар учун таълим кредити мавзусида овозли чат

📆 21-август, шанба
⏰ соат 20:00

Овозли чатда:

— Молия вазирлиги
— Марказий банк
— Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
— Ёшлар ишлари агентлиги
— тижорат банклари мутасаддилари саволларга жавоб қайтаришади.

Ушбу мавзу бўйича сизни қизиқтирган саволлар бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1197 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum ! Xususiy ta'lim dargohida òqiyman , òtkan yili ta'lim krediti berishmadi sababi "xususiy" formatdagi yònalishlarga berilmaydi degan qarorni aytishdi !

Yangilangan qonun bóyicha bu yil talabim qondiriladimi ! Agar ijobiy javob olmasam qayerga murojaat qilishim mumkun !
Javob uchun rahmat
Ассалом алайкум.
1. Кизимга 2,5 йил олдин оилавий тадбиркорлик буйича кредит олганмиз, 3 йил муддатга, яна 6 ойи колди.(тикув машиналари). Кизим 4-курс контрактда укийди. Таълим кредитини беришадими?
2. Таълим кредитини беришда махаллалар банкларга бириктириладими?
Turdiyev Zuxriddin. Nurafshon M.F.Y.ㅤㅤ
Assalomu alaykum ikkinchi mutaxassislikka óqiydigan talabalar ham olsa bóladimi taʼlim kreditini
Taʼlim krediti har yili olsa boʻladimi yo bir marta beriladimi
Shamsiddin
Assalomu alekum, men joriy yilda Andijon Mashinasozlik Institutini grand asosida tamomladim va yaqinda ikkinchi sirtqi talim yo'nalishiga hujjat topshirdim, agarda kirsam menga ham beriladimi bu kredit?
Ассалому алайкум. Ҳозирги кунда контрактда ўқийдиган талабалар учун "Стипедияли" ва "Стипедиясиз" шаклда таълим олиш имконияти яратилган. Савол: Талаба таълим кредити олмоқчи ва таълимнинг "Стипедтияли" шаклида ўқимоқчи. Шу тўғрими ? Таълим кредити "Стипедиясиз" таҳсил олаётган талабаларга ажратилса ва у меъёрий хужжатларда аълоҳида белгилаб қўйилса мақсадга мувофиқ эмасми ? Олдиндан рахмат !
Ta'lim kriditini qaysi bankdan olsa buladi qanday hujjatlar talab qilinadi ta'lim kriditini qancha summagacha olsa buladi
Shamsiddin
Bu kredit o'qishni tamomlagunimcha beriladimi?
Sherali
Ассалому алейкум, 1- талим кредит олган талаба 4курс якунигача кредит ва фоизларини 100 фоиз туласа, кредит шартномасидаги ишлаб бериш ва бошка мажбуриятлардан озод буладими, агар имконияти булмаса шуни йулга куйиб булмайдими ? 2-Ваксина олган талабага контрактни 10фоиз микдорда чегирма айтилганди шу амалда бажариладими.
Ботир Хамдамов
Assalomu alaykum , barchamizni xabarimiz bor kuni kecha ta'lim krediti berish masalasi bo'yicha Vazirlar mahkamasining yangi qarori chiqdi . Men ta'lim krediti masalasi bo'yicha markaziy bankga murojaat qildim bilan ( kredit bo'lim boshlig'i bilan) bog'langanimda moliyalashtirish 1 oktabrdan rejalashtirilgan , undan tashqari biz qaysi banklarga mablag' ajratishimiz masalasi bo'yicha hali Moliya vazirligi ma'lumot bermadi , bizga ma'lumotlar kelgan kuni siz bilan bog'lanamiz deb javob berishdi . Endi savolim quyidagicha 15 sentabr kunigacha dastlabgi to'lovni qilishi lozim bo'lgan talaba qanday yechim topishi mumkun , ikkinchidan haqiqatdan ham hali Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bankning qaysi banklar bilan faoliyat yuritishi bo'yicha qaror chiqmadimi yoki chiqqan bo'lsa bu yerda boshqa tushunmovchiliklar bormi ?
Kechkilarga nima uchun talim krediti ajratilmaydi? Yotoqxona ham berilmaydi. Hamma imtiyoz faqat kunduzgiga. Biz ham har kuni o'qiymiz.
Assalomu alaykum nega supir kontrakt uchun ta'lim krediti ajratilmaydi supir kontrakt uchun ham ajratilsa yaxshi bulardi
Assalomu alaykum kontrakt summasi qachon chiqadi
Мафтуна
Assalom aleykum Nimaga toshkentdagi Britaniya menejment universitetiga kredit berilmadi ? Aniq sabab aytilmadi ammo 4 oy sarsin qilishdi oxiri universitetidan chetlashtirildi.
OTABEK MAMADIYEV 91-20 EMS ( uz )
Oddiy talabalargayam ta'lim krediti beriladimi yoki faqat bir oiladan bir necha farzandi oliy uquv yurtida uqiydiganlargami ,uzi qachon beriladi ,biz kimga murojat qilishimiz kerak ,tugri kelish kelmasligimizni , keyin nega hujjatlarni yigish buncha kup , javob uchun oldindan rahmat Xushnudbek
Ta'lim krediti haqidagi qarorlar yoki ular ning ijrosi qachondan boshlab kuchga kiradi ? O'zbekistondagi banklar qachondan boshlab ushbu yangi qaror bo'yicha kreditlar ajratadi? Negaki , men mana 1 yildan beriki ta'lim krediti ololmayapman. Bankka qachon bormay bunaqa qaror yo'q yoki bizga hali yetib kelmagan kabi vaj va bahonalarni eshityapman. 2020 yilda hokimlar tomonidan 2 va undan ortiq kam taminlanganlarning farzandlari uchun kontrakt to'lovlari to'lab berildi biroq men va singlim murojaat qilganimizda bunaqa narsa yoq deb qaytarishdi. Yaqindagina shu yangi ta'lim krediti bo'yicha bankka murojaat qilganimda ham bu hali bizga yetib kelmagan deyishdi . O'zi bu qaror qachondan boshlab banklarga to'liq yetib boradi? Qachondan boshlab banklar bahona qilmasdan bu talim kreditlarini ajratadi ?!
€€€@@@
Ассалому алейкум. 2+2 кушма дастурида таьлим олаётган талабалар учун факат Узбекистонга таьлим даврида кредит бериладими ёки кейинги 2 йилини бошка республикада укиш даври учун хам олса буладими? Шу саволни хам беринг.
Assalomu alaykum savolim:ta'lim krediti olishda stipendiyali yoki stipendiyasiz "kontrakt" ni ahamiyati yo'qmi. Talaba istalgan shaklni tanlay oladimi
Dunyo bundanda adolatli bo‘lmog‘i lozim.
Assalomu alaykum xurmatli mutasaddilar bankdan kredit ya‘ni ta‘lim krediti olish uchun tumanlarda resurs yetarlimi. Buni onlayn aniqlashtirish imkoni mavjudmi. Resurs bo‘lsayu ammo shaxs omili natijasida yo‘q deb javob berilsa kimga murojat qilish kk. Prezidentimiz qarorlarini bank qanchalik bajaradi. Shu ta‘lim krediti bo‘yicha murojatlani aniq va qonuniy bajara oladigan tizim bormi. Shartnoma shartlari o‘zgarmaydimi istisno tariqasida.
Javob uchun raxmat javobiz 100 nafar talabaga bank tizimiga va hukumatimiz siyosatiga bo‘lgan ishonchini orttiradi manimcha.
Show next 100 comments