❗️Талабалар учун таълим кредити мавзусида овозли чат

📆 21-август, шанба
⏰ соат 20:00

Овозли чатда:

— Молия вазирлиги
— Марказий банк
— Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
— Ёшлар ишлари агентлиги
— тижорат банклари мутасаддилари саволларга жавоб қайтаришади.

Ушбу мавзу бўйича сизни қизиқтирган саволлар бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈

1197 comments

Show 100 more comments
Нуриллаев Бахриддин
Ассалому алаи́кум мени Икки нафар фарзандим кантрактда у́кии́ди кандаи́ имтиёзлар бор
Ассалому алейкум , Хушнудбек ака. Сизга бир саволлим бор еди , Саволим шундаки , Агар бир уйда 2та контракт асосида таълим олса, дадаси ва ойиси ишламаса хам. Таълим кредит бериладими?. Жавобингизни кутиб коламан. Олдиннан рахмат.
2-chi oliy ta'limga xam kredit bormikan.
Сапарова Муборак Рахматуллаевна
Ассалому алайкум.Сиртки талимда укиетган таьлабаларга хам талим кредити ажратиладими. Олдиндан Рахмат
Baxt Baxt
Assalomu alaykum men super kantrakda uqilmoqchi edim 2ball kam Termiz tashmi filiali qachon ariza berishim kerak va qancha miqdorda pul toʻlayman iltimos javoblaringizni kutaman
عبدالعزيز السمرقندي
Assalomu alaykum, super kotrakt uchun kredit olsa buladimi
Baxt Baxt
Men oilaliman 3 nafar yosh bolalarim bor agar uqishga kirsam masofadan turib oʻqisam boʻladimi onlayn Termiz tashmi filiali
Assalomalaykum!
Oilada ikki kiwi kontraktda oqimiz, taxminan 30 million kontrakt tolaymiz ukam ikkalamiz, bizda kredit oliw imkoni bormi (kunduzgi)
Galagaldim
Assalomu aleykum. Ta'lim krediti haqida bir necha bor eshitdim(faqat eshitdim). Chunki tumanimizdagi xalq bankiga borib so'rasam hali bunaqa kredit yoq degan javob oldim. Kimga yoki qayerga murojaat qilishim kerak. Oilada ikkitamiz kontraktda oqiymiz. Oyim va dadam hech qayerda ishlamaydi.
Мафтуна Арзикулова
Супер контрактгаям берсин
Assalomu aleykum

Men Otabek Davronov Toshkent davlat yuridik universiteti 2-bosqich talabasiman. Aynan ushbu o'quv yilini "Academic exchange" dasturi bo'yicha yevropada davom ettirish uchun kelgusi hafta 1 akademik o'quv yilga jo'nab ketaman.

Savolim quyidagicha:
1) Ta'lim kreditini olishim uchun aynan o'zim O'zbekistonda bo'lishim ta'lab etiladimi?

2) Ushbu kreditni aynan qaysi muddatdan boshlab olishim mumkin?


Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Assalomu aleykum Xushnudbek Oka yaxshmsz sovolm shundan iboratki man Webster university o’qish kirdim mnga kontrakt tulashimga davlat kridet beradmi rahmat kotta kon
Assalamu alaykum, yaxshimisiz, menham Webster universitetiga oqishga kirgandim, to'lovni 27 -avgustga qadar amalga oshirish kerak ekan, talim kreditini unga qadar solib bera oladimi?
шерзод Абдуллаев
Ассалому алайкум окишни кочиришдаги система адолатсизликни озику масалан Юрицпруденсия йоналишига кириш камида 163 бал болган.енди қаранг тошкентга кочириш 105 Бошка қорақалпоқ йуридикага 66 балми. 66 баллни хеч нарсани билмидиган тонкайам йиғадику 🤦🏻🤦🏻🤦🏻
Иқбол Бобоҳайдаров
Ассалому алейкум.Ота онаси иш жойи мавжуд эмаслар қандай таълим кредит олиши мумкин
Muhayyo
Assalomu alaykum ug'lim kredit asosida o'qiydi2yil qoldi hozir kredit olsam tulab boramanmi yo o'g'lim o'ishni tugallab o'zi tulaydimi( shunaqakredit bor deb eshitgan edim ) aniq javob berilsa 2yilligi tulanadimi 1 yilligi oldindan raxmat
ЖАЛОЛИДДИН РАХИМАЛИЕВ
Ассалому алайкум. Саволим шундан иборатки, таълим кредити олишда марказий банк томонидан қайси банклар белгиланди? ёки энди белгиланади? Қолаверса, таълим кредити ажратишдан ҳеч қайси банк манфаатдор эмаслигини ҳисобга олсак банклар таълим кредити сўраб борган фуқароларни турли баҳоналар билан қайтаришлари табиий. Шахсан гувоҳи ҳам бўлганман. Марказий банк вакилига саволим шуки, бу ҳолатларни олдини олиш учун сизлар томондан қандай таъсирчан чоралар кўрилмоқда? Мақсад талабаларни ва уларнинг оилаларини ижтимоий қўллаб қувватлаш бўлса буни охиригача амалга ошириш лозим деб ўйлайман. Фақатгини халқаро ҳамжамият олдида мақтаниш учун чиқариладиган норматив ҳуқуқий ҳужжатлардан ҳеч кимга(халққа) фойда йўқ. Жавобингиз учун олдиндан раҳмат.
Assalomu aleykum . Men Toshkent davlat pediatriya institutida 2 bosqich talabasiman. Oilamizda hech kim ishlamaydi. Dadam 1 guruh nogironi . Menga ham kredit olish imkoni bormi?
1.Assalomu aleykum. 1 kursni bitirib ikkinchi kursga ótdim. Kontrakt tólashga sharoitim yetmayapti. Ta'lim kreditini beriladimi menga agar berilsa qanday hujjatlar talab etiladi?
2. Ta'lim kreditini 1 yil un olsa bóladimi?
3. Ta'lim krediti necha foizga va necha yil muddatga beriladi?
4. Qaysi banklar beradi ta'lim kreditini? Oldindan rahmat Xushnudbek aka
Assalomu alaykum men hozirda abuturentman oladigan balim super kontrakt uchun ham ta'lim krediti olsam bo'ladimi? Javob uchun oldindan raxmat!
Assalomalekum. Talabalarni savollarini VA sayi xarakatlarini etiborsiz qoldirmanglar. Mening qizim xam talaba böldi alhamdulillah. Qölimda Bor tillolarimni sotib 6 oyligini töladim. Buyoğiga inshAllah xammamiz bel boğlab ishlaymiz. Nogiron yo ishsiz ota onalarni mana shu qoraköz talabalar uchun yaxshi maoshli ishlar bilan band qilishning xam imkoni bormi. Rassiyada tovuq baliq kerak bulsa axlatni qayta ishlash sehlari Bor ekan. Özimizda xam bormi. İmkoni bölsa shularni xam aytib ötinglar iltimos. Yoshlarni qöllab quvvatlayotganingiz uchun alohida tashakkur Alloh hayirli qilsin. İkki dunyoda xam bu ishlaringizga ajru mukofotla siylasin ilohim
Show next 78 comments