Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 75 more comments
Men ham yoqlamayman. Auditoriyadagi dars bilan masofaviy ta'lim orasida anchagina farq bor
Hozrgi paytda biz talabalar bir ilojini qilib vazifalarni moodlega yuklayapmiz ln shunday boloshiga qaramay ustozlar ham bizni chunishini xohlardik baho qoyishganda haqqoniylikka yol qoyishmayapti negaki biz qanchalik harakat qilib ilojini topib online darslarga qatnashsagu ln ustozdan motivatsiya olish orniga qilgan harakatizga yarasha baho qoyilmasa unda odamni shashti pasayaib qoladi internet tezligini hammamiz qanday ekanligini yaxwi bilamiz ayniqsa mana bunday tabiat injiqliklari paytida ancha susayb qoladi shunday ekan ustozlar ham bizni qollab quvatlashsin
Internet tezligi yomon vawe past. Bu internet bn bilim tugur rasm ochib bòmidi. Internet ishlamasa qanaqib bilim olamis chunmagam fanlani ishlasayam institutde dars òtilmidi u yerdagi domlani dars berish boshqa baribir yosh katta domlala bor ula net unchali mukammal chunmidi. Lekin darslarini yosh domlalaga qaraganda zòr berishadi. Masofaviy talim bòmidi umuman
Har narsani yaxshi tarafi bilgandek yomon tarafi ham bor darslarda tushinmaslik amaliy bilim yetishmasligi bular barchasi odamni charchatyabdi. Internerdagi muommolar odamni konglini ozdirib yuboryabdi. Umuman internet ishlamayabdi. Bu ketishda baholarimiz qanaqa bo'ladi hudo biladi. Birinchidan bilim sifati tushib, ketgan va biz bilmagan narsalarimizi bildik deyolmimiz u oqituvchida bizdaqa talabalardan qanchaku....
Ассалому алейкум ман Самарканд давлат тиббиёт институтида укийман бизда онлайн дарслар жуда мукаммал тарзда утилмокда доим хамма назоратда
Xojimirzayev Bobur
Assalomu aleykum. Masofaviy ta'limnining sifatini biz qachonki shu masofaviy ta'lim jarayonida ishtrok etsakkina bilib olishimiz mumkin. Men nima demoqchiman, siz va har bir kishi yaxshi biladiki, bizda internet sifati qoniqarsiz darajada va har kimda imkoniyat (kompyuter va wi fi ) har xil. Avvolosi, masofaviy ta'limni sifatidan ko'ra, shu imkoniyatlarga ega yoki yo'qligimizi bilish menimcha birinchi o'rinda deb o'ylayman.
Unversitetda bilim olishga yetmaydi ekan , ta'lim sifati pasayib ketadi
Elyorbek Raximov
Manimcha masofaviy talim boyicha ancha tajriba ottirishimiz kerak. Bu boshlanishi albatta qiyin boladi. Umid qilamiz yaxshi bolishiga
Shu yakuniylardan bitta urinish ekan biz ozi oraliqlarni zoʻrgʻa yechdim internet yaxshimas shu yakuniyni ishlayotgan paytimizda internet yaxshi ishlamay qolsa urinishimiz tugedi va biz oʻtolmadim bop qilamz shunga koʻra imkoniyatni ikkita bersa yaxshi bolardi
Усмонов Урол
Sifatsiz o'tilayotgan dars kelajakka xiyonat
Масофавий таълим жуда яхши качонки интернет тармоги барча худудларда хеч булмаганда яхши булса. Мухтарам Президентимизнинг апрел ойи охирида интернет тармогини яхшилаш хакидаги карори шунчаки когозда колиб кетгани юзага чикмокда. Узбекистон барча худудларига интернет етиб бормаган. Биринчи навбатда ушбу худудлар интернет билан таъминлаб куйилса, масофавий таълим уз сифатини курсатади деб уйлайман
Ko'pchilikni fikrlarini ko'rdik avvalo Xudoga shukr qilishni bilisgimiz kerak telegram imo messenjerlariga bemalol kirsak internetdan xohlagan ma'lumotlarni olsak buncha pastga urish menimcha yashi emas. Xudoga shukr chunchasiga yetdik nasib bundanda yaxshirog'iga erishamiz!
Uzavto GM qanaqa bosa Online Ta'lim sifati ham shunday
Sardor Sharifjonov
Masofaviy ta'lim Buyuk Britaniyadek davlatda o'zini oqlamadi. O'zbekistonni gapirmasayam bo'ladi, chunki internet............
Internetni yaxshilash kerak keyin talab qilsa boladi
Sharoitga qarab talab qoyishi kere
Dunyodagi Eng Boy Insonman Chunki Yonginamda Ota-Onam Bor
Qishloqlardagi talabalar nima qiladi. Gaplashish qiyin. Internet umuman ishlamaydi.
Internet yaxshi emasda Xushnud Xudoyberdiyev lekin buni OTM rahbariyati va o‘qituvchilari ham tushunmayapti platformaga kirmayapsan kirmayapsan kechalari uxlamay test yechishga harakat qilyapmiz lekin internet ishlamay qolsa vaqt sanashda davom etadi keyin esa urinish tugab qolyapti ayting qanday yo‘l tutaylik axir???
Masofaviy ta'lim orqali yanada korrupsiya koʻpayadi.modulda boshqa baho vedimisda boshqa baholar chiqadi.Hamma koʻchirib joylashadi.oʻzi mehnat qilganga mustaqil yozganga e'tibor ham berilmaydi.Onlayn tizim orqali faqat konspekt yozishni oʻrganish mumkin.Hech qanaqa oʻqituvchi tushunmagan narsalarga tushuncha berishmaydi.Buni yoʻqotgan afzal mani fikrimcha
Бизда умуман антена хам йук интернет хам йук бунда умуман укишни иложи йук авал интернет ва антеналарни тугирлаш керак
Assalom aleykum Qoraqolpog'istondanman internet mavzusini aytmasa xam bo'ladi. Masofaviy talimni sifati xam musr, domlalar mavzularni joylashni xam bilishmaydi
Masofaviy ta'lim qoniqarsiz deb o'ylayman.Chunki Tibbiyot instituti talabalarida amaliyot muhim ahamiyatga ega
Show next 100 comments