Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 91 more comments
Internet yaxshi emasda Xushnud Xudoyberdiyev lekin buni OTM rahbariyati va o‘qituvchilari ham tushunmayapti platformaga kirmayapsan kirmayapsan kechalari uxlamay test yechishga harakat qilyapmiz lekin internet ishlamay qolsa vaqt sanashda davom etadi keyin esa urinish tugab qolyapti ayting qanday yo‘l tutaylik axir???
Masofaviy ta'lim orqali yanada korrupsiya koʻpayadi.modulda boshqa baho vedimisda boshqa baholar chiqadi.Hamma koʻchirib joylashadi.oʻzi mehnat qilganga mustaqil yozganga e'tibor ham berilmaydi.Onlayn tizim orqali faqat konspekt yozishni oʻrganish mumkin.Hech qanaqa oʻqituvchi tushunmagan narsalarga tushuncha berishmaydi.Buni yoʻqotgan afzal mani fikrimcha
Бизда умуман антена хам йук интернет хам йук бунда умуман укишни иложи йук авал интернет ва антеналарни тугирлаш керак
Assalom aleykum Qoraqolpog'istondanman internet mavzusini aytmasa xam bo'ladi. Masofaviy talimni sifati xam musr, domlalar mavzularni joylashni xam bilishmaydi
Masofaviy ta'lim qoniqarsiz deb o'ylayman.Chunki Tibbiyot instituti talabalarida amaliyot muhim ahamiyatga ega
Temur SHovkatovich
rasvo
Men Tibbiyot Akademiyasi talabasiman.
Bizda masofaviy talim uchun moodle platformasidan foydalaniladi. Berilayotgan talim sifati 5 ballik tizimda baholasak 4.
Ammo talimdan foydalanish uchun sharoitlar ancha qoniqarsiz. Ancha qoniqarsiz.
Тəлим сыпатына унамсыз тəсир етип атырыпты. Тəртипсизлик күшейип кетти.
Infinity
Hammasi yaxshilikka yaxshi ammo internet tarmog'ining yaxshi ishlamasligi hammasiga to'siq bo'ladi. Menimcha masofaviy ta'lim uchun bizga ancha bor😐😐
Kharezmshakh
O'qiwni xoxlagan odamga internet pasligiyu konspekt yozdiriwlar va Yana bir qancha baxonalarga qaramasdan ham o'qiwini davom ettiraveradi xoxiw bo'lsa bas
Internet yaxshimas.Telegramga kiryapti xolos.Platformaga kirib kirmayapti.4-kursmiz online examin boladi deyishyapti qanday boladi hayronman.
Temur SHovkatovich
nol
Samandar Zohidov
Na tizimga kirolasan na biror vazifani joylashtirolasan. Umrni tel chuqalash bilan õtkazib yuborasan. Telegram qulay edi.
Abdunazarova Zilola Ikromjon qizi
Internet yaxshi ishlamaydi hamma muammo shunda.
Assalomu alaykum. Platforma dastlabki ishga tushgan kunlari (asabni ado qilar darajada) juda yomon ishladi. Hozir yaxshi harqalay. Boshqa hududlarda qanday bilmadim lekin. Platformadagi fanlarga kirib, maʼruza matnlari yoki prezentatsiyalarni yuklab olsangiz avtomatik qayd etib qoʻyilar ekan. Bu koʻproq onlayn davomat olish uchun ishlab chiqilgandek taassurot qoldiryapti. )) Mavzuni maʼruzalarni oʻqib chiqib ham oʻzlashtirib olish mumkin.
Tez suratlarda joriy qilgani uchun kamchilik yoki rasmiyatchilik uchun bo'lib qoldi, keyingi yillarda yanada rivojlantrish zarur. Biz bu tizimga birdan o'tganimiz uchun qiyinchilik tu'gdirdi, va moslashish qiyin boldi. Online tizimni oddiydan murakkab darajasiga chiqish kerak deb o'ylayman.
Assalomu alaykum xohlaymizmi yo'qmi ta'limimizning kelajagi shu, talabalar tomonidan bildiriladigan eng katta e'tiroz markazdan olis manzillarda internet sifatiga borib taqaladi, o'qituvchilarning ba'zilarini e'tiborsizligi bu vaqtincha jarayon keyinchalik mas'uliyatsizlar raqobatga chidolmay bari-bir chetga chiqadi. Bizni qilishimiz kerak bo'lgan birinchi navbatdagi ishimiz internet sifatiga qaratish bo'lishi kerak qolgani o'z-o'zidan iziga tushadi inshaaloh.
Kharezmshakh
O'qiwni xoxlagan odamga internet pasligiyu konspekt yozdiriwlar va Yana bir qancha baxonalarga qaramasdan ham o'qiwini davom ettiraveradi xoxiw bo'lsa bas
Baxtiyor Sotvoldiyev
Mana shu masofaviy ta'lim ga ōtilganidan beri net yaxshilanishi ustida hech qanday ishlar amalga oshirilmadi .Bunday sharoitda hech qanday yaxshi natijaga umid qilib bōlmaydi
Assalomu alaykum men masofaviy ta'limdan ko'ra institutda olgan ta'limni afzal bilaman ustozlarimiz bergan tushuncha va malakalar baribir boshqacha
Bizlarga onlayn darslar yahshi o‘tildi,eng katta mummo intert yahshi ishlamasligi va qimmatligi.
Show next 100 comments