Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Abdunazarova Zilola Ikromjon qizi
Internet yaxshi ishlamaydi hamma muammo shunda.
Assalomu alaykum. Platforma dastlabki ishga tushgan kunlari (asabni ado qilar darajada) juda yomon ishladi. Hozir yaxshi harqalay. Boshqa hududlarda qanday bilmadim lekin. Platformadagi fanlarga kirib, maʼruza matnlari yoki prezentatsiyalarni yuklab olsangiz avtomatik qayd etib qoʻyilar ekan. Bu koʻproq onlayn davomat olish uchun ishlab chiqilgandek taassurot qoldiryapti. )) Mavzuni maʼruzalarni oʻqib chiqib ham oʻzlashtirib olish mumkin.
Tez suratlarda joriy qilgani uchun kamchilik yoki rasmiyatchilik uchun bo'lib qoldi, keyingi yillarda yanada rivojlantrish zarur. Biz bu tizimga birdan o'tganimiz uchun qiyinchilik tu'gdirdi, va moslashish qiyin boldi. Online tizimni oddiydan murakkab darajasiga chiqish kerak deb o'ylayman.
Assalomu alaykum xohlaymizmi yo'qmi ta'limimizning kelajagi shu, talabalar tomonidan bildiriladigan eng katta e'tiroz markazdan olis manzillarda internet sifatiga borib taqaladi, o'qituvchilarning ba'zilarini e'tiborsizligi bu vaqtincha jarayon keyinchalik mas'uliyatsizlar raqobatga chidolmay bari-bir chetga chiqadi. Bizni qilishimiz kerak bo'lgan birinchi navbatdagi ishimiz internet sifatiga qaratish bo'lishi kerak qolgani o'z-o'zidan iziga tushadi inshaaloh.
Kharezmshakh
O'qiwni xoxlagan odamga internet pasligiyu konspekt yozdiriwlar va Yana bir qancha baxonalarga qaramasdan ham o'qiwini davom ettiraveradi xoxiw bo'lsa bas
Baxtiyor Sotvoldiyev
Mana shu masofaviy ta'lim ga ōtilganidan beri net yaxshilanishi ustida hech qanday ishlar amalga oshirilmadi .Bunday sharoitda hech qanday yaxshi natijaga umid qilib bōlmaydi
Assalomu alaykum men masofaviy ta'limdan ko'ra institutda olgan ta'limni afzal bilaman ustozlarimiz bergan tushuncha va malakalar baribir boshqacha
Bizlarga onlayn darslar yahshi o‘tildi,eng katta mummo intert yahshi ishlamasligi va qimmatligi.
Men masofaviy taʼlimdan juda xursandman
Toʻgʻri kamchiliklar juda koʻp
Internet sifati .qimmatligi masalasi
Darslarning toʻgʻri tashkil etilmaganligi, talabalarning darsga koʻzboʻyamachilik uchun kirayotgani....
Muammo bor ,lekin bizga yangi bir tizim kirib keldi
Bizning bitirish oldi chiqish testlarimiz zoom dasturida olinadi deya xabar berishmoqda, axir zoom tugul telegram bazoʻr ishlaydigan hududlarda ham talabalar yashashadi... Nima endi ularda zoom ishlamasa universitetni bu yili bitiraolishmaydimi???
Maftunaxon Abdullayeva
Òldi, jar yoqasida turgan ta'lim-jarga aģanadi
Erishboyeva Nilufar
Internet tezligi ancha yaxshi boldi belieneda hozirda 4G ishlayapdi.Lekin talim sifati yaxshi emas bizda faqat davomat uchun har kun ertalab davomat so'rab tez kirishimizni so'rashadi bu faqat davomat uchun holos talimda oddatiy konspekt qilib telegram orqali konspektni tashlaymiz. Biz shu uchun kontrak toladikmi bu talimdan qoniqmadim shaxsan men.
Assalomu alaykum avvalo, Ramazon oyi muborak. Bu favqulodda holat bôogani uchun kamchiliklari yaqqol kôrinib qoldi. Chunki Ôzbekiston 100% hududi internet bn ulangan degan xabar berishdiln ln bu qishloqlarda umuman yaxshimas! sifatiga kelsak hamma universitet darajasiga qaran har xil deb uyliman. Tashkent poytaxtdagi vuzlarda ancha sifatli viloyatlarga qaragabda
Platporma bir kun yaxshi ishlasa ikkinchi kun umuman ishlamaydi. Mana bugun umuman kirolmadim. Yana telegrammda NB qoyamiz deydi.
Saidazizxon Saidahmadov
Toshkent Tibbiyot Akademiyasida magistrman.
Tibbiy fanlardan online ta'lim deyarli imkonsiz. Ba'zi "kerakmas" ikkinchi darajali fanlar online ta'limni boshlab yuborishgan. Albatta konspekt so'rash tarzida 😅
Moodle degan tushunarsiz tizimni ishga tushirishdi. Lekin u Yahshi ishlamayabdi.
Masofaviy ta'lim uchun internet tezligi past bu 1-muammo
2-muammo bu olgan ma'lumotlaringiz ketgan megabaytingizga arzimasligi, ya'ni joylash va yuklash muammoli
Biz har kuni kiryapmiz moodlega ammo kirolmaydiganlar ham bor (tel. net. antena va tushunmasliklari sababli)
Xulosa o‘rnida, biz hali tayyor emas ekanmiz masofaviy ta'limga
𝑲𝒂𝒓𝒊𝒎𝒐𝒗𝒂 𝑺𝒂𝒌𝒊𝒏𝒂
Masofaviy talim umuman togri kemirkan. Hichnimaga tushunmayammiza online darsda qatnashsakham baribir tushunarsiz. Institutda òtgan darslaga yetmidi baribir
Zo'r deb bolmaydi 😏
Нсним
Модул тизими тез ва фавкулотда ишга тушган учун камчиликлари коп, агар масофавий талим ишга коилса кеенги йиларда бу камчилик лар толдирилади деб ойлайман.
Абдуллаев Хамид Сахибназарович
Албатта,Узбекистон бундай даражадаги,кенг куламли,масофавий таьлимга тайёр эмаслигини хаммамиз билардик,лекин бундай вазиятда мамлакатимиз кулдан келганча харакат килаётганини таъкидлаш керак.Мавжуд вазиятни хисобга олиб юртимизда мобил алокалар сифатини ва интернет тармоги сифатини ошириш керак.
Samandar Zohidov
Internetni amalda yaxshilash vaqti kelgandir balki...
Show next 100 comments