Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Platporma bir kun yaxshi ishlasa ikkinchi kun umuman ishlamaydi. Mana bugun umuman kirolmadim. Yana telegrammda NB qoyamiz deydi.
Saidazizxon Saidahmadov
Toshkent Tibbiyot Akademiyasida magistrman.
Tibbiy fanlardan online ta'lim deyarli imkonsiz. Ba'zi "kerakmas" ikkinchi darajali fanlar online ta'limni boshlab yuborishgan. Albatta konspekt so'rash tarzida 😅
Moodle degan tushunarsiz tizimni ishga tushirishdi. Lekin u Yahshi ishlamayabdi.
Masofaviy ta'lim uchun internet tezligi past bu 1-muammo
2-muammo bu olgan ma'lumotlaringiz ketgan megabaytingizga arzimasligi, ya'ni joylash va yuklash muammoli
Biz har kuni kiryapmiz moodlega ammo kirolmaydiganlar ham bor (tel. net. antena va tushunmasliklari sababli)
Xulosa o‘rnida, biz hali tayyor emas ekanmiz masofaviy ta'limga
𝑲𝒂𝒓𝒊𝒎𝒐𝒗𝒂 𝑺𝒂𝒌𝒊𝒏𝒂
Masofaviy talim umuman togri kemirkan. Hichnimaga tushunmayammiza online darsda qatnashsakham baribir tushunarsiz. Institutda òtgan darslaga yetmidi baribir
Zo'r deb bolmaydi 😏
Нсним
Модул тизими тез ва фавкулотда ишга тушган учун камчиликлари коп, агар масофавий талим ишга коилса кеенги йиларда бу камчилик лар толдирилади деб ойлайман.
Абдуллаев Хамид Сахибназарович
Албатта,Узбекистон бундай даражадаги,кенг куламли,масофавий таьлимга тайёр эмаслигини хаммамиз билардик,лекин бундай вазиятда мамлакатимиз кулдан келганча харакат килаётганини таъкидлаш керак.Мавжуд вазиятни хисобга олиб юртимизда мобил алокалар сифатини ва интернет тармоги сифатини ошириш керак.
Samandar Zohidov
Internetni amalda yaxshilash vaqti kelgandir balki...
Piknik
Internet tezligini hisobga olmaganda masofaviy ta'limning ijobiy tomonlari bor hususan u vaqtni tejash imkonini beradi albatta. Biroq, o'quv xonalarida talabalar va domla hamrohligida o'tiladigan darslar baribir boshqacha. Masofaviy ta'limda hama 100%uzi tayyorlanadi deb etish mushkulroq
Masofaviy talim bizda unca rivojlanmaganligi sababli yaxwi mas cunki domlalar mavzularni tawlamoqda oquvcilardan faqatgina konspekt talab qiliwivoti xolos bu degani hecqanday talabaga foyda bermaydi cunki bowqa birovga yozirib ham tawalwi mumkin konspetlarni buni bowqa yolini izlab topiw kk Deb oyliman
Интернет муаммосини айтмаса. 1 марта учун анча яхши
Maftunaxon Abdullayeva
Men tòlagan kontraktimga rozi emasman
Endi bu taʼlimni ham rivojlantirish kerak
Assalomu alaykum. Hozirda olib borilayotgan masofaviy ta'lim yaxshilikka yaxshiku lekin qishloq joyda turadigan, interneti yaxshi ishlamaydiganlar ham borligin unutish kk emas deb o'ylayman. Ko'p joyda zoom programmasi orqali dars o'tilyapti lekin imkoniyati yo'qlar darsni tushunmay qolib ketyapti. Agar hamma joyda internet sifatini yaxshilasa a'lo natijalarga erishish mumkin deb o'ylayman.
Xushnudbek Qilichov
Masofaviy ta'lim qoniqarsiz deb o'ylayman.Chunki Tibbiyot instituti talabalarida amaliyot muhim ahamiyatga ega
Online darslarni faqat nazariy darslarga qõllasa bõladi. Tibbiyotda online amaliyot bu juda ģalati bõladi.😀
Internet telegramga zo'rg'a ishlayaptiyu
Ассалом алейкум хурматли муштарийлар, онлайн талим хакида гапирадиган булсак вилоятдаги олий талим муассасаларида вазият жуда огир сабаби укитувчиларни узида дарсларни жойлаштиришга иштиёк ёк вазифалар куйидаги шаклда берилади мавзуга тегишли биринчи келган китоб укувчиларга пдф шаклида ташалади укинглар дейишади, видео роликлар ёк. Хаммаси кузбоямагарчилик оралик назорат саволлари утилмаган мавзулардан тузилади талабаларни атайлаб йикитиш учун вазифалар хар доим конспект, гапирай десак гап куп, тизим устида анча хали ишлаш керак талабалар эмас укитувчиларни таёрлаш керак олдин бунака тизимга кейин талабаларни таёрлаш керак.
Masofaviy ta'lim juda yomon Internet yaxshi ishlamaydi
Online dars umuman tushunarsiz talim.5 para dars o'tildi yozgi semestrda keyin karantin boshlandi.endi to'liq semesterni vazifalari so'rolmoqda.online darslar davlat grandda o'qiydiganlar juda qiyinchilik bo'lyapdi.OTM talabalarga yuklamalar juda ko'p
Gallandiya, Germaniya masofaviy ta'limga faqat ayrim ta'lim muassasalarda bo'lib o'tmoqda.
Assalomu alaykum barchaga.
Masofaviy ta'lim platformasi dasturi bizda yangidan ishga tushirilganligi sababli, nafaqat Toshkent hududida, balki viloyat hududlarida ham aloqa tizimi yaxshi emas. Menimcha ushbu dastur orqali bu yilni yakunlab olsak, eson-omon yangi òquv yilini boshqacha kayfiyatda boshlaymiz nasib.
Show next 100 comments