Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum. Hozirda olib borilayotgan masofaviy ta'lim yaxshilikka yaxshiku lekin qishloq joyda turadigan, interneti yaxshi ishlamaydiganlar ham borligin unutish kk emas deb o'ylayman. Ko'p joyda zoom programmasi orqali dars o'tilyapti lekin imkoniyati yo'qlar darsni tushunmay qolib ketyapti. Agar hamma joyda internet sifatini yaxshilasa a'lo natijalarga erishish mumkin deb o'ylayman.
Xushnudbek Qilichov
Masofaviy ta'lim qoniqarsiz deb o'ylayman.Chunki Tibbiyot instituti talabalarida amaliyot muhim ahamiyatga ega
Online darslarni faqat nazariy darslarga qõllasa bõladi. Tibbiyotda online amaliyot bu juda ģalati bõladi.😀
Internet telegramga zo'rg'a ishlayaptiyu
Ассалом алейкум хурматли муштарийлар, онлайн талим хакида гапирадиган булсак вилоятдаги олий талим муассасаларида вазият жуда огир сабаби укитувчиларни узида дарсларни жойлаштиришга иштиёк ёк вазифалар куйидаги шаклда берилади мавзуга тегишли биринчи келган китоб укувчиларга пдф шаклида ташалади укинглар дейишади, видео роликлар ёк. Хаммаси кузбоямагарчилик оралик назорат саволлари утилмаган мавзулардан тузилади талабаларни атайлаб йикитиш учун вазифалар хар доим конспект, гапирай десак гап куп, тизим устида анча хали ишлаш керак талабалар эмас укитувчиларни таёрлаш керак олдин бунака тизимга кейин талабаларни таёрлаш керак.
Masofaviy ta'lim juda yomon Internet yaxshi ishlamaydi
Online dars umuman tushunarsiz talim.5 para dars o'tildi yozgi semestrda keyin karantin boshlandi.endi to'liq semesterni vazifalari so'rolmoqda.online darslar davlat grandda o'qiydiganlar juda qiyinchilik bo'lyapdi.OTM talabalarga yuklamalar juda ko'p
Gallandiya, Germaniya masofaviy ta'limga faqat ayrim ta'lim muassasalarda bo'lib o'tmoqda.
Assalomu alaykum barchaga.
Masofaviy ta'lim platformasi dasturi bizda yangidan ishga tushirilganligi sababli, nafaqat Toshkent hududida, balki viloyat hududlarida ham aloqa tizimi yaxshi emas. Menimcha ushbu dastur orqali bu yilni yakunlab olsak, eson-omon yangi òquv yilini boshqacha kayfiyatda boshlaymiz nasib.
Moodle tizimi uncalikham ozini oqlay olmayabti shahsan ozimni kursdoshlarim hammasi internet yahshi emas joylarda yashashadi haligacha topshiriqlarni tashlay olishmayapti yoki tushunmayabti
Xayrulla
Ta'limning yangicha ko'rinishi va uslubi birdaniga joriy etligani uchun,albatta,kamchiliklar bo'lishi tabiiy hol. Lekin boriga shukir,shuncha qilinayotgan harkatlar uchun davlatimizga tashakkurlar aytsa bo'ladi.Sababi,hozir hukumatimiz oldida faqatgina masofaviy ta'lim sifatini yaxshilash yoki rivojlantirish turgani yo'q.Bundan boshqa qanday muammolar bo'layotgani barchaga kundek ravshan.Shu sababli,kamchiliklarga kechirish munosabatida qarasa ham bir tomondan bo'ladi.Ammo yurtimizdagi internet tezligi va sifati mutlaqo kechirib bo'lmaydigan holatdir.Chunki internet kompaniyalari kecha chiqqani yo'q. Tan olib aytish joizki,masofaviy ta'lim universiteyda bevosita o'qishning 1/3 % ni ham bermaydi va bermayabdi. Sababi,biz Yaponiya yoki Germaniya emasmiz.Talabalarimizning ko'pchiligi bu platformaga moslashishi qiyin bo'lmoqda. Bundan tashqari,platformaning o'zi ham talabga ko'ngildagidej javob bermaydi.
Samarasiz ish 👎👎👎👎
Ozodova Shakhzoda
Assalomalekum biza qowni davlatlardan perevod qganmiz perevod 12 fevral kuni bogan wundan ken darsga deyarli bormadik ozbekistondayam 16 martdan karantin bowlandi bzaga 1 maydan online dars bowlandi 1 iyul kuni sessiya bowlanarkan bza oqiwda yaxw oqimagamz sessiya topwromasak kengi oquv ylidan yana 1 kursdan davom qlarkamz wu masalani yana br marta korip cqila iltimos
Хуллас хаммада интернет муаммоси экан !!!
Ra'no🌹
Masofaviy ta'lim bir tarafdan qaraganda juda qulay talabalarga bir qancha qulayliklarni yaratadi. Izlagan imkon topar degandek online ta'lim olib ham òz ustimizda ishlab bormoqdamiz darslar onlineligini hisobga olmaganda hudda avvalgidek.Bilmaganlarimizdni ustozlarimizdan so'rab o'rganib olyapmiz lekin internet , trafik masalasi ko'pchilik talabalarda muammolar tug'dirmoqda bu borada mobil kompanyalar tomonidan bir qancha yangiliklar kiritilsa yaxshi bo'lar edi.
Ba'zida bahona emas imkon izlash zarur.
Yuqorida bir qancha kommentaryalar yozilgan salbiy tomonlari ham ijobiy tomonlari bor o'z fikrimni bildirib o'tmoqchiman salbiy tomonidan boshlasam ish bor joyda kamchilk bo'ladi bu xatoliklarga yaqin kunlarda nuqta qo'yiladi.Ijobiy tomonlar ham ko'p emas sayt tezligi ham ancha yaxshilanib o'qituvchilar ham yordam berib qo'llab quvvatlashmoqda.Bu kunlar tezroq tugashiga tilakdoshman, hamma o'z Oliygohiga borib dars jarayonlarini qo'nt bilan o'qituvchini tinglash nasib qilsin
FARANGIS😊😊😊😊
Assalomu alaykum online darslardan shaxsan òzim qoniqganim yòq boshqa talabalarni bilmadim shaharlarda internet tezligi qanday bilmadimu lekin shaharda umuman yòq desa ham bòladi bitta darsni yuborish uchun kamida 1 2 soat vaqt ketadi oraliq yakuniylar hali oldinda qanday topshirarkanmiz deb òylayapman mening fikrimcha online tizimga òtishimizga ancha bor ekan chunki hammada online darslar uchun imkoniyat yòq
Onlayn dars umumna bizni sharoitga to‘g‘ri kelmaydi
Dabdalaaaaa ekan wunaqa bòliwi aniq edi chunki . Real darslani kòpi dabdala edi òzi
Bizning oliygoxda moodle tizimi bor shundan foydalanib darslar namunali utqazilayapti lekin internet sifati yomonligi sababli kup talabalarimiz bunday imkonyatdan foydalana olmaydi.natijalarni dekanatga yuborolmayapti
Show next 100 comments