Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Kharezmshakh
• Uʙᴀʏᴅᴜʟʟᴀʏᴇᴠ •
Orqa ko'chani balasi, sizni interneti past joyga 1 oy yashattirish kerakda keyn gapirishiz o'zgarishini korardik
Manam internet past joyda yashiyman shunga shukur qilib yashayapmiz internet ishlamas nma bo'lardi
Masofaviy ta’limga o’tish go’yoki chaqaloqning yurmasdan yugurishiga o’xshaydi. Ta’lim tizimimiz jar yoqasida turgan bir paytda bunaqa yo’l tutish shunchaki ushbu tizimning yanada botqoqqa botishiga zamin yaratadi
Online ta'lim - internet tezligi yuqori bo'lgan joylarda juda yaxshi! Chunki bunday ta'lim turida korrupsiya ancha kamayadi va talaba domlani vaqtini qidirib sarson bo'lmaydi! Fikrimcha shu ta'lim tizimini yanada rivojlantirish kerak. Xususan o'qituvchilar tomonidan yil boshidan joylashtirilgan barcha o'quv mashg'ulotlarini o'zlashtirgan talaba keyingi kursga o'tishiga imkon berilishi kerak ! Shunda iqtidori va xarakati bor talabalar o'qishni ertaroq tugatishi mumkin! O'ylashimcha bu ta'lim tizimida kerakli raqobatni shakllantiradi ta'lim tizimi sifatiga ijobiy ta'sir o'tkazadi
Kontraktni pasaytirsa bolar edi cunki u darajada jon berib dars otilmayapti tayyor ma'lumotlarni olob tawlawadi uni bzi tuwuniwimiz.qiyin
Бону Баратовна
Агар мана шу тарзда Яна Бир йил ишласак ахборот технологиялар асри эканлигини хис киламиз чунки одамларда АКТ саводхонлиги нуктаси Энди кузгалди
Assalom alekum Hushnud aka magistraturaga hujjat topshirish, imtihon qay shaklda testmi, yozmami shular haqida ma'lumot bersangiz.
Internetda muammo
☯︎͜͜͜͡͡͡͡͡🇰͜͡​͜͡🇦͜͡​͜͡🇲͜͡​͜͡🇷͜͡​͜͡🇴͜͡​͜͡🇳͜͜͜͜͡͡☯︎
Toʻgʻri Moodle platformasida ham ozgina kamchiliklar bor ammo oʻquvchida ishtiyoq boʻlsa hammasi yaxshi boʻladi chunki bizni universitet tashlab qoʻygani yoʻq qiyin boʻlsa ham nazoratda ushlayabdi maʼlum darajada bilim beraybdi
Qoldan kelgancha ótilmoqda darslar lekin internet sifati xam narxlari xam umuman talab darajasida emas
Moodle tizimi biroz qiyinlik qilyabdi kop holarda saytga kirib bolmaydi
Akzhan Abdumannap ENGLISH and TURKISH philology [302]
Assalom aleykum szga katta rahmat. Modul,zoom tizimlari hozirgi kun dolzarb mhammolaridan. Chunki kopchilik kursdowlarimning aytiwlaricha internet tizimi yaxshi emas shu sababdan zoom online darslarga qatnawiw buyoda tursin modulga topshiriqlarni joylay oliwmayapti. Lekin yakuniy imtihonlar zoomda bo'ladi diyishyapti bu mantiqqa zid narsa manimcha.
Dunyo 5g ga otayotgan paytda bizda hali hamon 3g tizimi ham yoq desa bolaveradi chunki 4g ning tezligi ham chet davlatlaridagi 3g chalik emas bizda internet jida tez ishlaydi qog'ozda amalda hech narsa yo'q
Masofaviy ta'lim sabab darslar keregidan ortiq kop ham platforma ishi juda sekin va bazibir payt ishlamidi, hama darslar tamal gandalf berilvoti qaysidr sana masalan 15maygacha topshirish shart deya har fandan kamida 2,3ta vazifa berilvoti mayli 1hafta oldin berilsa 2kun qogandamas dars axir 1haftada birmata otiladiku
Масофавий таълимга утиш ун аввало интернет тезлигини ошириш кере
Yaqinda EVEREST cho'qqisiga 5G o'ranitildi, lekin bizning Qir-u adirlarda Na "eplab"* 3G chiqadi Na Na 2G
Internet tezligi juda yomon. Ko'p imkoniyatlardan foydalanib bo'lmaydi. Qishloq joylariga internet tezligini oshirishni maslahat beraman!!!!
Жасмин Гулим
Салом узру лекин айрим оилалар куплпри кунлик ишда ишлашган бозор ошхоналарида. Хозир уларда кунлик пули йук нонинга пули йукку интернетга кандай пул тулайди? Масалан мени бир дугонам бор 3 фарзанди бор эри Ногирон ишламийди кишлок жойда яшайди кунлик ишда ишлар эди 30000 сумга. Уша пулига кунда боллари учун озик овкат олиб кетарди. Бугун гаплашдим онлайин дарс кандай булябди десам э кизиксан 3 болам нон топиб беролмаябману интернет нима керак деди
Online talimda talabalarning uyda ekanligini unitib qoyishyapti asosiy ish vafiza berish bilan cheklanyapti. Bu degani ular robit emasku tinimsiz dars qilgani uy ishlari degan narsalar bor. Undan keyin enternitga joylanyotgan darslarni talabani chontagi kotaradigan darajada joylashmayapti. Bazi fanlardan yarim soatlik vedio dars keladi 1 gegabaytlik talaba unaqa fandan 5 yo 6 tasini korib keyin bir oy dars qilmay yuradimi bu narsa enternet yaxshi ishlaydigan joylardaham muommo
Manda internet yaxshi va men 22 ta interneti yomon o'quvchilarga kirib beryapman tizimga. Va mustaqil ishlar tayorlashni kamoyyterda so'rashyapti. Kampyuteri yo'q imkonyati yo'qlar nima qiladi ? Savollar g'ij g'ij ammo... Ehh.
Show next 100 comments