Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома
Ҳурматли талабалар! Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!
Сўровномада
исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва
барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhRТаълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
👉 @xushnudbek 👈
1) internet yaxshimas
2) bu berilayotgan ta'lim bn hec km oqishga kira olishmasligi kunday ravshan ya'ni ta'lim sifati menimca qoniqarli emas
3)togrisi bunday ta'lim umuman bizga togri kelmas ekan odam uyda otirib ta'lim olsa bosaskan "zerikib ketarkansz"
Mani fikrlarim shulardan iborat edi.
1.Masofaviy ta'lim tizmi haqida oddiy talaba sifatida aytadigan bo'lsak tuman va qishloqlarda avvalo birinchi muammo internet tezligi va sifat deb o'ylayman , menku internetga wifi orqali kirib online darslarni bajaryapman u lekin kursdoshlarim qishloqlarda yashashadi qishloqlar juda chekka qishloq emas tumanga juda yaqin shunday bo'lsa ham u yerda liniya yo'q deb shikoyat qilishadi.Uy interneti ya'ni (домашний интернет) ni qishloqlarga yetkazish birinchi o'rindagi masala deb o'ylayman.
2. Masofiy ta'limda yana shuni hohlardimki Online Video konferensiya ko'rinishida bo'lishini hohlardim , misol qilib Rossiya ni aytadigan bo'lsak ularda maktab o'quvchilar va o'qituvchi o'rtasida video ko'rinishda dars o'tishadi. Bizning O'zbekistonda xech bo'lmaganda Oliy ta'lim tizmi uchun tashkil qilish joiz deb o'ylayman.
3.Moddle tizmini yanada takomillashtirilib ishlab chiqish kerak deb o'ylayman.
Toshdau nukus filiali talabasi
Rashidov Dilshod