Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
ЖАНОБ ХЕЧ КИМ???
O'qituvchilar masofaviy talimda dars o'tganligi uchun oylik maosh olmoqdalar. Oylik olish uchun esa talabalarning ijtimoiy ahvoli bilan qiziqib ham ko'rishmayapti. Agar karantin davri bo'lmagandan hamma o'z ishiga borib kelib yurganda masofaviy talim yomon emas. Lekin talabalarnig hammasini ham internetga birining puli yetmasa yana birining viloyatida internet ishlamaydi. Shunga etibor berilsa yaxshi bo'lardi talimning yaxshi yomonligiga emas. Zo'rg'a kun ko'rib kelayotgan bir vaqta oilasining bor yo'g'i pulini internetga sariflashga hammaning ham vijdoni qabul qilavermaydi.
Assalomu alaykum. Internet tezligi pastligi va trafik sotib olish juda ham qimmatligi sababli ko'p darslar qolib ketyapti. Zoom orqali o'tiladigan fanlarga oy oxirigacha trafik yetmaydi.
Hattoki Everestga ham 5G o'rnatishdi. Bizdagi internet tezligi yuqorida takidlanganidek ancha sust
Assalawma aleykum.
Bu masafaviy talim umuman togri kelmas ekan toģrisi.
Sababi, biz oqishga borib organamiz va oqtuvchilarni korib leksiyasini tinglab yozib tayorlanib kiyin aytib berishga organganmiz. Hozir esa na oqituvchi bor na qolimozga ushlaydigan kitob bor. Elektron kitob bilan oqiganday bolmaymiz hech. Dangasa baxona topadi deyishadi yu lekin rostan ham oqishga borib organamiz.
Bu ishlab chiqqan masofaviy talimi da na aloqa yashi boladi na oqtuvchi darsni togri otadi.
Kiyin bizga oqtuvchilar aytishyabti masofaviy talimga qatnashmasangiz sizni isim familyangizni tepaga berib yuboraman kiyin siz yozida kelib oqiysiz perezdachaga qolasiz avtomat tarizda deb,qatnashganlarimtixonni internetta topshirib kiyingi kursga otarkan.
Hamma biladi bazi joylarda aloqa umuman yoq. Bazilar tomga yoki daraxtga hullas balantlardan aloqa izlaaab kirishadi.
Men shaxsan umuman masofaviy talimdan bir narsa organdim deb ayta olmayman faqat aloqa izlab ketgan vaxtimga va chiqqan asablarimga achinaman
Masofaviy ta'lim tizimi so'ralgan ekan : albatta qachondir tizimga o'tishimiz shart edi, lekin bunday birdaniga o'tilgani studentlarga muammo katta bo'lmasada o'qituvchi professorlarga qiyinchilik katta tugʻildi, ular tizimni ishlashini tushunmay talabalarni qiynashmoqda ba'zilari alohida saytda turgan ishlar qolib telegram ijtimoiy tarmog'ida alohida vazifalar yuklashmoqda bu esa o'quvchini gangitadi, zoom dasturi bo'yicha o'tilayotgan online darslari esa o'quvchini vaqtini olishdan o'zga emas, chunki unda shunchaki bizda mavjud prezentatsiyani ekran ortida bir ustoz o'qib bermoqda holos, Internet tezligiga kelsak bizda undan muammo yo'q 4G teligi mavjud garchi O'zbekistonning boshqa davlat bilan chegaradosh hududlarida bo'lsakda
Norqulova Maloxat
Assalomu alaykum Xushnud aka. Dolzarb mavzu tanlangan.Platformada ishlash qiyin. Bizda ba'zida internet yaxshi ishlamaydi.Vazifalar vaqtidan kechikadi. O'qituvchi kech jo'natding deb baxolashni istamayapti.O'qituvchilar ko'pchiligi buni tushunishni xoxlamaydi. Hamma talabalar shaxarda yashamaydi-ku. Shular hisobga olinmagan .
Assalam alaikum! Birinchidan, Masofaviy ta'limga hamma birdek yondashmayabti nima qilinayotgan bo'lsa ham rahbariyat tomondan tekshirilsa ko'z bo'yamachilik uchun qilindi. Ma'ruza yoki semir ma'shg'ulotlari online o'tilmasdan domlalar tomonidan rejadan tashqari vazifalar berish holatlari kuzatildi. Bajarilgan vazifalarga qandaydir izoh berilmayabti, domlalarni vazifasi talabarga yo'nalish berish, tushunmagan jihatlar va vaziyatlarni tushuntirish! Lekin bir yoki ikki o'z kasbiga vijdonan yondashadigan odamlardan boshqalar bu narsaga befarq qarayotganlari achinarli! Domlalar rejim boyicha dars otishmadi, kopchilik yozma vazifa bering deb aytayotganini bunga sabab qilib keltirishdi. Mani fikrim kontrakt to'landimi dars vaqtida o'tilishi kerak internet orqali. Bilim olishi istagan odam online boladimi yoki darsga qatnab o'qiladimi har doim faol qatnashadi! Ko'pchilik baho uchun yozma vazifa olib o'qishi tugatib ketishi achinarli. Misol uchun manga baho olish emas balki oqiyotgan sohami mutahasisidan ko'nikma, yo'nalish olish, xalqaro hujjatlar va xalqaro tajribani tahlil qilish orqali 2-3 ta kuchli o'qidigan talabar bilan bilim almashish muhimroq! Nima bo'votgan bo'lsa ham hammani vijdoniga havola essiz ta'lim tizimi!
Internet tezligi muammo.Qolgan hammasi yaxshi✊🏻
Шералийева ш
Hamma kergan soatda enternet tezligi sekinlashadi boshqa vaqtda yaxshi ishlaydi
Hozir ko'rasizlar: masofaviy ta'limni "juda yaxshi" yo'lga qo'ygan OTMlar sharofati bilan bu post eng ko'p prosmotr yig'adi, sababi esa...
:::MATEMATIK:::
Assalomu alaykum hammaga hayrli kech masofaviy ta'lim yaxshi ishlab chiqildi lekin bir qator muammolar ham yõq emas masalan:men yashaydigan hududda aloqa sifati ota past shunga qaramay o'qituvchilar bunaqa muammolarni tushunishni istashmaydi va "Platformaga kirmayapsan kursdan qolasan" deya dag'dag'a qilishadi.Biz õzimiz atayin darsdan qochganimiz yõqku shuni tushinishni istashmaydi.
Masofaviy ta'lim bizda o'zini oqlamaydi. Uni joriy etish uchun odamlarning ongini o'zgartirishimiz kerak o'qish faqat diplom olish uchun emasligini. Ko'zbo'yamachilik ko'p. Ko'pchilik javoblar tarqalyapti oraliq nazoratlarniki yoki boshqa birovga yechtirishyapti nazoratni
Firdavs. Qurbonov
Internet sifati juda past ....
Maftunaxon Abdullayeva
Bitta ma'lumotni joylaguuncha telefoning tutab ketsin, kamiga kòzing qiynaladi bu qanaqasi endi
Adambayeva A.K 97
Online talim rasvo chunki sharoit hamma joyda bir xil emas,sharoiti borlar darslarga qatnashib bahosini olyapti na leksiyani eshtib tushunish mumkin na platformani zoom yoki skype imo twitter umuman ishlamaydigan joylar bor masalan men shunaqa joyda yashayman, internetning " E" harfini tomdan zorga topamiz,agar oqishdan chetlashtirilsam yoki kursdan kursga qolib ketsam yomon alam qilsa kerak,asablarimiz tugadi xullas men noroziman
Sh_Hasanova
Shokir Sharipov
Jonli dars otidhni hozrcha iloji bo'magani un majburmiz, azgina vaqt ajratishga majburmiz
Tug'ri lekin bu kupka kegan tuy tuwuniw kere sabr qilb chidemiz hudo hohlasa oz qoldi (mani uzimi fikrim manga institutdegi jonli dars maqul)😔
Kharezmshakh
Internet yo'q davrlarda maktab, institutlar yo'q davrda odamlar qanday ilm oliwgan hurmatli fuqari
Assalomu Alaykum men Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 4- kurs talabasiman menda masofaviy ta'lim tizimi moodle bo'yicha muammo yoq tizim a'lo darajada
Bizda internet juda qimmat. Ko‘p davlatlarda internet shunchalik arzonligidan odamlar wi-fi ga kod qo‘yishmaydi. Bemalol ishlataverasiz. Arzimagan summaga bezlimit internet olasiz. Bizdachi?
Mirjalol Dusmanov
Masofaviy talimga o'tishdan avval bizda bunga yaxshi sharoit yaratish kerak internet tezligi judayam pas va sifatsiz shu sababli talabalar ko'plab muammolar bo'lmoqda . Avval shu muammolarga yechim topmasdan masofaviy talim tizimiga o'tish hech qanday effekt bermaydi talim tizimi pasayadi xolos
Moodle ga topshiriqlarni joylayapmiz ammo o‘qituvchilarimiz mustaqil talim bajarib pasilka qilib jònatishimizni talab qilishyapti agar bajarmasak yiqilarkanmiz shu to‘grimi
Show next 100 comments