Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Assalomu Alaykum men Toshkent Axborot texnologiyalari Universiteti Urganch filiali 4- kurs talabasiman menda masofaviy ta'lim tizimi moodle bo'yicha muammo yoq tizim a'lo darajada
Bizda internet juda qimmat. Ko‘p davlatlarda internet shunchalik arzonligidan odamlar wi-fi ga kod qo‘yishmaydi. Bemalol ishlataverasiz. Arzimagan summaga bezlimit internet olasiz. Bizdachi?
Mirjalol Dusmanov
Masofaviy talimga o'tishdan avval bizda bunga yaxshi sharoit yaratish kerak internet tezligi judayam pas va sifatsiz shu sababli talabalar ko'plab muammolar bo'lmoqda . Avval shu muammolarga yechim topmasdan masofaviy talim tizimiga o'tish hech qanday effekt bermaydi talim tizimi pasayadi xolos
Moodle ga topshiriqlarni joylayapmiz ammo o‘qituvchilarimiz mustaqil talim bajarib pasilka qilib jònatishimizni talab qilishyapti agar bajarmasak yiqilarkanmiz shu to‘grimi
Assalomu alaykum. Vaziyatdan kelib chiqsak, masofaviy ta'lim hozir eng ma'qul variant. Masofaviy ta'lim eski tizimdagi ta'limdek natija bermasligi aniq. Bunga o`nlab sabab keltirishimiz mumkin. Oddiy misol o`qituvchi va boshqa talabalar bilan muhokama qilishning iloji yo`qligi. Ammo masofaviy ta`lim olish orqali ham o`qish mumkin. Faqat buning uchun avvalo o`qituvchilarni bunga tayyorlash kerak. Oddiy misol aksariyat o`qituvchilar modul platformasidan foydalanishni, savol va topshiriqlarni yuklash va tekshirib, baholashni bilishmaydi. Umuman olganda kompyuter va umuman zamonaviy texnologik savodxonligini juda past. Agar o`qituvchilar topshiriqni to`g`ri yuklab, shunga yarasha talab qo`ysa talabalar ham bajarishadi. Hech qanday topshiriq yo`q lekin vazifa bajarish kerak. Bu esa axmoqona holat.
So'rovnomani o'zi juda ayanchli ahvoldaku!
Qachon internet tezligi oshirilsa shunda bu tizimga o'tsa bo'ladi.
Meni shaxsiy fikrimcha, hozirda masofaviy ta'limni ustun tomonlari anchagina. Masalan, mamlakatimizdagi nufuzli ta'lim muassasalarida uydan chiqmasdan sifatli ta'lim olish juda zo'r. Undan tashqari harajatlarning keskin darajada kamayishini ham ijobiy baholashga arziydi. Poytaxtda o'qiydigan viloyatlik talabalar uchun bu zo'r imkoniyat nazarimda. Faqat, masofaviy ta'limni to'g'ri va sifatli tashkil etish uchun avvalo, mamlakatimizda internet tizimiga ulangan birorta ham xonadon qolmasligi va internet sifat darajasi yetarli bo'lishi kerak. Yana masofaviy ta'lim beradigan professor o'qituvchilar alohida tayinlanishi kerak. Shuningdek har bir OTM ning masofaviy ta'lim platformasini turlicha baholab boradigan tizimni joriy etish zarur. Bu tizim nafaqat OTM bilan balki masofadan turib ta'lim oladigan talaba bilan ham muntazam aloqada bo'lishi kerak. Masofaviy ta'limni tashkil etishda kuzatilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni barchasi kuzatilib bo'ldi. Albatta bu favqulodda holatda tashkil qilinishi bilan bog'liq. Menimcha, mavjud kamchiliklardan to'g'ri xulosa qilib bemalol masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'ysa, bo'ladi.
Hozirgi kunda men tahsil oladigan O'zbekiston Milliy Universitetda o'qiydigan talabalarning masofaviy ta'limdan noliydiganlarining deyarli 99%ida internet sifatining yomonligi bilan bog'liq. Lekin tizim shaxsan menga yoqdi va ko'pgina qulayliklarni taqdim qildi. Menimcha inovatsion va online rejimga o'tish vaqti keldi.
Oqtuchila qiynavotti Oqshga wans berwmayabti Bunaqa sistemada 1 marta oqiwimiz azgina moslawvogunca bita ikta kamchiligiga koz yumb turwsa yaxwi bolardi
Menda internet G ishlayapti😢
Sal ixcham va lo'ndaroq so'rovnoma qilishni iloji bo'lmaptimi?
Talabada xohish bo‘lsa onlayn darslardan ham o‘rganaveradi. Lekin hozirgi zamonda 1ta gruppadan 1ta yoki 2ta shunaqa talabani topish mumkin. Undan tashqari net tezligini ham hisobga olish kerak edi.
moodle programmasi orqali o‘qiyotgan juda ko‘plab talabalrning onlayn o‘qishga qatnashmayapti degan ustozlarning fikrlari to‘g‘rimi?
avval o‘zlari shu dastur orqali o‘qishni tavfsiya qilishgandiku
Institutlani ozida tuzik dars bolmagan online bogandan keyin yanayam rasvo boldi
O'qtuvchilarimizga ming rahmattt
Men Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti(Narxoz)da o'qiyman. Bizada online ta'lim sifatininyaxshilashga iloji boricha harakat qilishkan. Platforma tashkil qilishgan. Har bir mavzuga videodarslar, ma'ruza matnlari, testla joylashtirishgan. Ammo sifat juda past. Platformaga kirish juda qiyin. Rosa qotib ishlidi.
Sh_Hasanova
Tug'ri lekin bu kupka kegan tuy tuwuniw kere sabr qilb chidemiz hudo hohlasa oz qoldi (mani uzimi fikrim manga institutdegi jonli dars maqul)😔
Bizga ham jonli dars ma'qul kompyuter bn yuzma yuz o'trgandan ustoz bn yuzma yuz o'trgan yaxshi, azgina sabr qilaylik😉😉, sabr tileman szga😁, bu tizim manmcha keyin keyin zavushnilaga as qotadi
Bizda hali masofaviy talimga shart sharoitlar yetarlicha emas. Kuni kecha ixtisoslashtirilgan maktab oqituvchisi bilan gaplashib qoldim . Oqituvchi chekka qishloqda turar ekan. Oquvchilariga dars otish uchun esa tuman markaziga kelib topshiriqlarni berib ketar ekan. Bundan korinib turiptiki nafaqat oquvchi va talabalar balki oqituvchilarga ham ancha muncha qiyinchiliklar yaratmoqda
SpoiledRabbit
Mahammadjonov
Meni shaxsiy fikrimcha, hozirda masofaviy ta'limni ustun tomonlari anchagina. Masalan, mamlakatimizdagi nufuzli ta'lim muassasalarida uydan chiqmasdan sifatli ta'lim olish juda zo'r. Undan tashqari harajatlarning keskin darajada kamayishini ham ijobiy baholashga arziydi. Poytaxtda o'qiydigan viloyatlik talabalar uchun bu zo'r imkoniyat nazarimda. Faqat, masofaviy ta'limni to'g'ri va sifatli tashkil etish uchun avvalo, mamlakatimizda internet tizimiga ulangan birorta ham xonadon qolmasligi va internet sifat darajasi yetarli bo'lishi kerak. Yana masofaviy ta'lim beradigan professor o'qituvchilar alohida tayinlanishi kerak. Shuningdek har bir OTM ning masofaviy ta'lim platformasini turlicha baholab boradigan tizimni joriy etish zarur. Bu tizim nafaqat OTM bilan balki masofadan turib ta'lim oladigan talaba bilan ham muntazam aloqada bo'lishi kerak. Masofaviy ta'limni tashkil etishda kuzatilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni barchasi kuzatilib bo'ldi. Albatta bu favqulodda holatda tashkil qilinishi bilan bog'liq. Menimcha, mavjud kamchiliklardan to'g'ri xulosa qilib bemalol masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'ysa, bo'ladi. Hozirgi kunda men tahsil oladigan O'zbekiston Milliy Universitetda o'qiydigan talabalarning masofaviy ta'limdan noliydiganlarining deyarli 99%ida internet sifatining yomonligi bilan bog'liq. Lekin tizim shaxsan menga yoqdi va ko'pgina qulayliklarni taqdim qildi. Menimcha inovatsion va online rejimga o'tish vaqti keldi.
+++
Show next 100 comments