Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Bizda hali masofaviy talimga shart sharoitlar yetarlicha emas. Kuni kecha ixtisoslashtirilgan maktab oqituvchisi bilan gaplashib qoldim . Oqituvchi chekka qishloqda turar ekan. Oquvchilariga dars otish uchun esa tuman markaziga kelib topshiriqlarni berib ketar ekan. Bundan korinib turiptiki nafaqat oquvchi va talabalar balki oqituvchilarga ham ancha muncha qiyinchiliklar yaratmoqda
SpoiledRabbit
Mahammadjonov
Meni shaxsiy fikrimcha, hozirda masofaviy ta'limni ustun tomonlari anchagina. Masalan, mamlakatimizdagi nufuzli ta'lim muassasalarida uydan chiqmasdan sifatli ta'lim olish juda zo'r. Undan tashqari harajatlarning keskin darajada kamayishini ham ijobiy baholashga arziydi. Poytaxtda o'qiydigan viloyatlik talabalar uchun bu zo'r imkoniyat nazarimda. Faqat, masofaviy ta'limni to'g'ri va sifatli tashkil etish uchun avvalo, mamlakatimizda internet tizimiga ulangan birorta ham xonadon qolmasligi va internet sifat darajasi yetarli bo'lishi kerak. Yana masofaviy ta'lim beradigan professor o'qituvchilar alohida tayinlanishi kerak. Shuningdek har bir OTM ning masofaviy ta'lim platformasini turlicha baholab boradigan tizimni joriy etish zarur. Bu tizim nafaqat OTM bilan balki masofadan turib ta'lim oladigan talaba bilan ham muntazam aloqada bo'lishi kerak. Masofaviy ta'limni tashkil etishda kuzatilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni barchasi kuzatilib bo'ldi. Albatta bu favqulodda holatda tashkil qilinishi bilan bog'liq. Menimcha, mavjud kamchiliklardan to'g'ri xulosa qilib bemalol masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'ysa, bo'ladi. Hozirgi kunda men tahsil oladigan O'zbekiston Milliy Universitetda o'qiydigan talabalarning masofaviy ta'limdan noliydiganlarining deyarli 99%ida internet sifatining yomonligi bilan bog'liq. Lekin tizim shaxsan menga yoqdi va ko'pgina qulayliklarni taqdim qildi. Menimcha inovatsion va online rejimga o'tish vaqti keldi.
+++
Karantinga rahmat. Biz uchun tajriba bo'lishi kerak. Online ta'limga tezroq o'tish kerak. Shunga yarasha internet tezligi ham yaxshi bo'lishi lozim. Pandemiya biz online darslarga tayyor emasligimizni ko'rsatdi.
Otni yaxshi chopishi uchun birinchidan yaxshi ot bólish kere ikkinchidan chopishga mos maydon bólish kere. A lekin chavandozam harakat qilishe kereda.😉😉😉😃
Abdulatif Juraboev
Afsuski asosan nomiga bo'lyapti. Avval interneti to'g'rilash kerak.
Gulsanam Abdullayeva
Menda internet yaxshi.Lekin ko‘p kurdoshlarimda internet yaxshimas.Hattoki o‘qituvchilarda ham internet yaxshimas.Menimcha online ta'lim tizimiga o‘tishimizga 5 10 yil bor
Assalomu Alaykum
Masofaviy ta'limning yaxshi va yomon taraflari bisyor. Shulardan yaxshi taraflari bo'sh vaqtning ko'pligi, boshqa sohalarni ham o'zlashtirib borilishi, xarajatlar ammo shu tufayli juda ko'pchilik ko'plab fanlarini o'qimayapti balki shunchaki bor yo'q uchun kiradi shu tufayli yakuniy nazoratlarda ko'plab muammolar paydo bo'lishi mumkin(poraxo'rlik,vazifalarni o'zi bajarmaslik)... .Yomon tomoni esa Ustozlar bilan to'liq suhbatlar tashkillashtira olmaslik ayniqsa debatlarning juda kamligi va asosiysi internet pastligi endi 3 tomondan tahlil qilsak adashmasam baribir ko'pchilikda hech bo'lmasa 3g net bor to'g'ri bu hamma imkoniyatlardan foydalangan holda o'qishga yetmas ammo izlagan imkon topadi, izlamagan bahona deganlaridek Talabalarda ya'ni bizda ham ayb bor ya'ni imkoniyatimiz bo'lib turib o'qimaymiz lekin o'qimaslikka ham sabablar bor ko'pchilik qiziqib topshirmagan balki qandaydir majbut=riyatlar bilan topshirgan shuning uchun ham bunday paytda qiziqqan sohasiga qarab ketadi yoki net ummoniga cho'kadi. bu shunchaki haqiqat talabalar bo'lsa juda yaxshi biladi, o'zimizning ham boshimizdan o'tmoqda!
Online dars bo‘lsa-bo‘lmasa o‘zingizni biling. Oraliq yoki yakuniy nazoratda qachon haqqoniy javob berganingizni eslang. Eslay olasizmi? Umuman bo‘lmagan narsani qanday eslash mumkin. O‘zingiz bu narsalarga tayyormisiz? Internet narxiga kelsak, o‘zim talabaman, online dars bo‘layotgan platformadagi materiallar ko‘pi bilan besh megabayt'dan oshmaydi. Kerak bo‘lmagan videolar uchun shuncha mb'laringizni ishlatasiz. Avval o‘zingizga baho bering.
Temur SHovkatovich
uqituvchilar harakat qilishopti olloh rozi bulsin
Assolomu aleykum.biz yashaydigan joyda internet E da ishlaydi.lekin bizdan 2-3km joyda internet Norm ishlaydi.bizdagi talabalar shuncha joyga BoRiB karantinda shuncha masofa bosib internet kirib kelishadi.bunda karantin qoidalari buziladi,internet narxlarini aytmasa ham bo'ladi.qachongacha Bu axvol davom etsa eNDi.😠😤
Шароф Эргашев
Mahammadjonov
Meni shaxsiy fikrimcha, hozirda masofaviy ta'limni ustun tomonlari anchagina. Masalan, mamlakatimizdagi nufuzli ta'lim muassasalarida uydan chiqmasdan sifatli ta'lim olish juda zo'r. Undan tashqari harajatlarning keskin darajada kamayishini ham ijobiy baholashga arziydi. Poytaxtda o'qiydigan viloyatlik talabalar uchun bu zo'r imkoniyat nazarimda. Faqat, masofaviy ta'limni to'g'ri va sifatli tashkil etish uchun avvalo, mamlakatimizda internet tizimiga ulangan birorta ham xonadon qolmasligi va internet sifat darajasi yetarli bo'lishi kerak. Yana masofaviy ta'lim beradigan professor o'qituvchilar alohida tayinlanishi kerak. Shuningdek har bir OTM ning masofaviy ta'lim platformasini turlicha baholab boradigan tizimni joriy etish zarur. Bu tizim nafaqat OTM bilan balki masofadan turib ta'lim oladigan talaba bilan ham muntazam aloqada bo'lishi kerak. Masofaviy ta'limni tashkil etishda kuzatilishi mumkin bo'lgan kamchiliklarni barchasi kuzatilib bo'ldi. Albatta bu favqulodda holatda tashkil qilinishi bilan bog'liq. Menimcha, mavjud kamchiliklardan to'g'ri xulosa qilib bemalol masofaviy ta'lim tizimini yo'lga qo'ysa, bo'ladi. Hozirgi kunda men tahsil oladigan O'zbekiston Milliy Universitetda o'qiydigan talabalarning masofaviy ta'limdan noliydiganlarining deyarli 99%ida internet sifatining yomonligi bilan bog'liq. Lekin tizim shaxsan menga yoqdi va ko'pgina qulayliklarni taqdim qildi. Menimcha inovatsion va online rejimga o'tish vaqti keldi.
👍
Masofaviy taʼlim tizimi hozirgi zamon talabi. Bu oʻrganish uchun ajoyib imkoniyat. AMMO! Bugungi sharoitda ilojsiz hayolot mahsuloti.
Assalomu aleykum avvalo biz talabalar shu pandemiya sabab shu vaziyatda ta'lim olmoqdamiz o'qtuvchilar ham ko'p sonli talabalarga dars o'tishvatti bu yaxshi lekin internet tezligi juda ham yomon institut platformasida ham nosozliklar uchramoqda bu holat shaxsan manda ko'p kuzatilmoqda umuman ham ta'lim sifatiga ham sog'liqqa ham ta'sirini ko'rish mumkum
Tuģri bizda sinovdan òtmasdan birdaniga masofaviy ta'limga òtib ketildi. Avvalo bir narsani boshlashda pastdan boshlab yuqoriga chiqish kerak ammo biz esa doim bunaqa narsalarni yuqori pick nuqtadan boshlaymiz buni natijasi doim nolga teng bop chiquradi. Respublika bòyicha aksariyat talabalar qishloq hududida yashaydi aloqa sifati past joylarda ularda iloj bolmasa nima qilsin ular. Eyyy hurmatli yuqorida òtirgan "kattalar" bu narsani bilasizlarku sizlar ham. Nima sizlarning oddiy aholi bn ishingiz yuqmi. Faqat buyruqni bajarishga òrganib qolmaylik. Statistika uchun ishlash nima kerak natija bolmasa. Iltimos realni hayotdan kelib chiqaylik. Yana bitta qiynagan savol hechkqanday blogerlar yoki vakolatli organlar aloqa sifati internet tezligi haqida hech oģiz ochmaydi. Kimlar bunga jabobgar aslida?????
Saydullo Axtamov
Judayam qulay tizimga o'tdik .Xudoga shukr. Yo'lda vaqt , pul sarflamaysan.Ovqatlanishda muammo yo'q.(talabalarning asosiy muammosi) Ota onalarimiz oldida hamma narsa muhayyo faqat ilojini qilib netga ulanish kk. Mustaqil (self study ) talimga moslashish endi zamon talabi
Онлайн таьлим зу́р.
Молодое яхши ишлаяпти.
У́кишни шу холла тугатсак зу́р бу́ларди.
Show next 100 comments