Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Мен миллий университети магистрантиман. Бизда тизим анча яхши. (Бошқаларга нисбатан). Лекин тан олиш керак алоқа анча ёмон. Эртадан соат 13:00 ларгача яхши. Аммо айни дарс вақтида 14:00-16:00 ларгача "Е" бўлиб қоляпди.

Аммо бир аммаляпмиз. Ҳаммси ҳоҳишда менимча. (Қорақолпоғистон Рес. Беруний Тум.
TATUda o'qisamda qoniqarli emas
Yoq online talim yaxshimas yaxshi otilmayapti lekin yoqdan kora yaxshi.otilganga yarasha yaxshi otish kerak
Moodle o'zini oqlamadi menimcha
𝓜𝓪𝓭𝓲𝓷𝓪 𝓧𝓾𝓭𝓸𝔂𝓸𝓻𝓸𝓿𝓪🌸
Assalomu aleykum. Masofaviy ta'lim, online darslarga keladigan bo'lsak juda ham ajoyib. Qachondir biz ham online dasrga o'tishimiz kerak edi. Doimiy oddiy maruzlar, seminar, slaydlar tayyorlash, daftar to'ldirishdan ko'ra unumliroq bo'lmoqda. O'z ID va loginingiz bilan platformaga kirib berilgan topshiriqlar bajarish, zoom orqali fikr almashish juda ham maroqli nazarimda. Ayniqsa, bugungiToshkent Davlat pedagogika universiteti Maxsus pedagogika fakulteti “Yuksalish” umummilliy harakati raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Burxonov Akmal Eshondedaevich bilan o‘tkaziladigan onlayn uchrashuv ajoyib taassurotlarga boy bo'ldi🙂🙂🙂
Menimcha masofaviy ta'lim oddiy ko'z bo'yamachilik. Chunki internet qimmat joyda masofaviy ta'lim samara bermaydi!
O'qishni dabdalasi chiqib ketdi. Mana masalan men Tibbiyot institutida 3- kursda o'qiyman. bizga ko'ngildagidek dars bo'layotgani yo'q , hammasi ko'zbo'yamachilik, rasmiyatchilik. Tibbiyotda 3- bosqichda umumiy tibbiyot fanlari o'qitiladi va bu asosiy klinik fanlar hisoblanadi agar talaba shu kursda yaxshi o'qimasa keyin ko'rsqvod bo'lib chiqadi. Jumladan bizga aynan shu kurs dabdala bo'lyapti karantin munosabati bilan. Exxx ne ne niyatlar bn o'qimoqchi edik .
Assalomu alaykum hammaga. Internet sustligi sababli qiynalyapmiz.Òqituvchilardan iltimos oraliq yakuniy nazorat vaqtlarini belgilashdan avval internet sustligini ham inobatga olishsin.Endi oraliq yoki yakuniyga kirgan paytimiz internet sababli modulda qotib qolish holatlari bulyapdi
Online talimning yana bir yomon tomoni unda til organishning juda imkonsizligi. Biz endi organayotgan edik yangi tilni onlineda boriyam esdan chiqyapti. Balkim katta kurslarga bilinmas lekin 1 2 kurslarda bu juda sezilyapti
Har bir tomonini o'ylash kerak ba'zi hududlarda tok bazida bo'ladi ba'zida esa yo'q.Ba'zida ob-havo yomonligida 2-3 kunlab tok bo'lmaydi.
Moodle dan ko'ra telegramda dars bo'lgani yaxshi
Masofaviy ta'limni tadbiq qilish uchun avvalo internet yaxshi bo'lishi va aholini (talabalarni) shunga tayyorlash kerakligini hozir ko'rsatib qo'ydi.
Foydali tomonlari.
1. Vaqt tejash
2. Mablag' tejash (yo'l Kira va hak)
3. Talabalarning Zamonaviy tehnologiyadan foydalanishni o'rganib olishi.

Qiyinchiliklar (zararli tomonlar)
1. Aholining (talaba va o'quvchilarning) hali bunga tayyor emasligi.
2. Internet tezligining pastligi.
3. O'ziga xushyor bo'lmasa sog'liq uchun zararligi
4. Internet trafigining qimmatligi.
Va boshqalar.

Masofaviy ta'limda muvaffaqiyatga yetishish uchun avvalo shunga tayyor bo'lish (masofaviy ta'lim ongini berish kerak) tayyor bo'lmasa tayyorlash va internetni yaxshilash kerak.
Qisqa qilib aytganda oldingi dars jarayoni yaxshi edi, online o'qitishda talabalar bilim olishi anchagina susayib qolgan, agar bu ketish bolsa bilmadim ertaga universitet talabalari qanday mutaxasis bolib chiqadi bilmadim🤔🤔🤔
Show next 100 comments