Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Moodle dan ko'ra telegramda dars bo'lgani yaxshi
Masofaviy ta'limni tadbiq qilish uchun avvalo internet yaxshi bo'lishi va aholini (talabalarni) shunga tayyorlash kerakligini hozir ko'rsatib qo'ydi.
Foydali tomonlari.
1. Vaqt tejash
2. Mablag' tejash (yo'l Kira va hak)
3. Talabalarning Zamonaviy tehnologiyadan foydalanishni o'rganib olishi.

Qiyinchiliklar (zararli tomonlar)
1. Aholining (talaba va o'quvchilarning) hali bunga tayyor emasligi.
2. Internet tezligining pastligi.
3. O'ziga xushyor bo'lmasa sog'liq uchun zararligi
4. Internet trafigining qimmatligi.
Va boshqalar.

Masofaviy ta'limda muvaffaqiyatga yetishish uchun avvalo shunga tayyor bo'lish (masofaviy ta'lim ongini berish kerak) tayyor bo'lmasa tayyorlash va internetni yaxshilash kerak.
Qisqa qilib aytganda oldingi dars jarayoni yaxshi edi, online o'qitishda talabalar bilim olishi anchagina susayib qolgan, agar bu ketish bolsa bilmadim ertaga universitet talabalari qanday mutaxasis bolib chiqadi bilmadim🤔🤔🤔
Xushnudbek aka bizlarni tortishishimizga emas fikrimizga qiziqmoqda, kelila qisqa qisqa fikr yozik boldi tortishgandan foyda yo'q
Assalomu aleykum. Onlayn darslarga kirib dars o'tilmoqda va bu judda qoniqarli deyolmiyman. Masalan bizni univerisitedimiz yo'lga qoygan platformasi ishlatish uchun judda noqulay. Hattoki prezintatsiya tayyorlab platformaga jo'natib bo'lmaydi mavzulariham karantindan oldin o'tilgan darslarni yozuv materilli orqali joylab qoyilgan borortaham vido dars yoq biz bu joylangan mavzularni tushundikmi yoqmi o'qtuvchilarni ishi ham yoq. Shu platforma tashkil qilingandan beri nechta mavzu joylangan bo'lsa Mana 2 oy bo'ldiki birorta yangi mavzu joylanmagan. Bu shunchaki ko'zboyamachilik bo'lmoqda g'o'yoki hamma dars qilib qatnashayotgandek faqatgina davomatdan o'tayapmiz holos. Mavzular yuzasidan savollarga javob yozsakham 3_4 kun deganda tekshiriladi . Hullas talabga ummuman javob bermaydi
Hozir vaziyat sababli masofaviy ta‘lim yaxshi ammo hamma talabalar ham darsga to‘liq ishtirok eta olmayapti . Agar darslarga to‘liq qatnasha olmasa kursdan kursga qoladi yoki 1-kurslar talabalar safidan chiqariladi deyishyapti ammo ba‘zi chekka joylarda internet yaxshi emasligi sababli talabalarning hammasi ham tizimga kira olmayapti shunday ekan internetni yaxshi ishlamaganligi sababli darslarga to‘liq ishtirok eta olmaslik bu talabalarning aybi emasku
Masofaviy ta'lim tizimi tibbiyot soxasiga to'g"ri kelmaydi bizda fanlar qiyin va odam salomatligi bn bo'g'liq bo'lgani uchun bu ta'limni tibbiyot institutlarida qo'llashni maqullamayman internet tezligi xam past chekka xududlarda yashaydigan talabalar darslarni vaqtida o'zlashtirolmay qolib ketishadi ummuman olganda amaliyot bo'lmasa xammasi bekor
Gulbonu Asrorova
Xushnudbek aka iltimos bu yilgi yakuniylar qanday bo'lishi haqida ma'lumot bersangiz. Ko'pchilikda internet yaxshimasku ular nima qiladi?Masalan menda😥😥😥😥
Модульди медтерм тестларини ози конкретно йетарли. Чунки унга тайорланиш вохтидаям жовоб лани кидирб анча мунча программани озлаштирволади одам. Бунака онлайн дарс киб уй ишила бериб хар хил сабаблага Кора уй иш ни киломаган одамла ни балани пасайтирб эгзамендан йекитиш учун сабаб килиш дан кора.
Koʻpchilik talaba yoshlar va hatto oliy maʼlumotli oʻqituvchilar ham masofaviy taʼlim tizimini qoralashmoqda. Bugungi sharoitda bundanda maqbul oʻquv uslubi yoʻq!! Telegramda tengdoshlari bilan bemani yozishmalar uchun tomga chiqsa nolimagan talabalar nega endi ta'limga kelganda asabiylashganiga hayron qolasan kishi. Axir bu oʻzingiz va kelajagingiz uchun. Bilim olishingiz davlatga, rektorga, kuratorga emas balki oʻzingizga kerak! Sharoit yomon lekin u bor! Shu boʻlmagandachi?! Internet yaxshi ishlamaydigan joylarda talabalar umuman internetga kirmayapti ekanmi?! Bir tanishim internet tezligidan nolib gapirdi lekin u telegrammda ancha faol foylalanuvchilardan. Bu noshukurlik xolos.
Salom.onlayin dars bo'lmas ekan umuman qaniqarsiz.
Mening fikrim bo'yicha bu qulay bo'ldi, sababi biz universitetga borish uchun qancha vaqt mablag' sarflardik endi esa uyda vazifani vaqti aniq belgilangan o'zimiz xoxlagan paytda bajaramiz o'zimiz izlanyapmiz. Faqat bitta muommo internet tezligimizni juda pastligi ikkinchi kamchilik ko'p o'qituvchilarimiz online talimni qanday bo'lishi borasida tajribasi kamligi
To‘g‘risi meni online ta‘lim tizimi qoniqtirmadi. Har holda o‘zimiz o‘rgangan, yillar davomida shakllangan an‘anaviy o‘qitish tizimi online o‘qitish tizimidan ancha samarali edi deb o‘ylayman. Bizda hali online o‘qitish tizimiga o‘tishga ancha bor!!!
Iltimos, boshqa bunaqa dars o'tilmasin!!! Hammasi rasvo bo'ldi man uchun...
Ассалому алайкум! Берилган ссылкадаги суровнамини тулдирдим. У ерда ёзолмаган фикрларим эса; 1-дан бу пандемия даврида моодле тизими тусатдан кириб келди, тугри хамма жойда камчилик булади лекин шу давр ичида хам шунчалик даражада тизимни юлга куйиш осон эмас. Шунинг учун куп норозилиг билдирмай берилган имкониятдан етарлича даражада фойдаланишни ургансак яхширок буларди!!!
Show next 100 comments