Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Yaxshi mavzu ko'tarilibdi. Talaba bo'lmasam ham yaginda jiyanim iltimosi bilan Moodle.uz tizimi kirib mutaxassisligim bo'lgan ingliz tili fanidan yordamlashmoqchi bo'ldim. Taassotlarim ijobiy emas. Yordam so'ragani ham bejiz emas ekan.
Birinchidan, sayt qotib - qotib ishlaydi. Berilgan topshiriqni sayt sahifasining o'zida bajarish amri mahol. bir sahifada audio keyingisida topshiriq. Ammo eng asosiysi, kontent juda achinarli darajada o'quvchilar bilim saviyasi qiziqishiga umuman mos kelmaydi, spesifik mavzularda. Arxivizmga aylanayotgan iste'molda kam ishlatiladigan so'zlar ham anchagina. Psixologiya yo'nalishi talabasiga menejmentning turlari haqidagi darajasi C1 maqola nimaga kerak? Tizim baholash uchunmi yoki bilim berish uchunmi bilib bo'maydi. Ingliz tilini o'qitishga doir millionlab materiallar tayyorlangan bu zamonda, ta'limning bunday sifat darajasini ko'rish achinarli.
Hammasi joyida. Zoom dasturi orqali auditoriya atmosferasi yaratilgan Modul tizimi boshqalarniki singari emas. Barqaror ishlamoqda. Ustozlardan yetarli sifatli ta'lim berilmoqda. Bunday sinovli kunlarda nolishga haqqimiz yo'q deb o'ylayman. Uni o'rniga bor imkoniyatdan maximal foydalanish zarur. Kerak bo'lsa tomda dars o'tayotgan o'qituvchilar haqida eshitayapmiz. Hali u viloyatda hali bu viloyatda tabiiy ofatlardan fuqorolarimiz aziyat chekmoqda,uysiz qolmoqda. Internet sifati bahona bo'la olmaydi. Tuyaga yantoq kerak bo'lsa bo'yini cho'zadi. Bilim kerakmi? Intil,harakat qil. Muhimi nolima,to'xtama,kelajak yoshlarniki....
Assalamu alaykum! Bizda 1dan internt juda sekin ishlaydi 2dan ayrim OTM lari fanlarni tuliq kiritib ulgurmagan 3dan talabalarimizni kub qismi nomiga gina kirib chiqib ketshyapdi
Masofaviy ta'lim sistemasi, bizda javob bermaydi. Qisqa va londa qilib aytganda
Mani fikrimcha online darslarda muamolar:
1. Internet tezligi.
2. Aksariyat o'qituvchilar online darslar berish
3. ayrim talabalarning ( smartfon, notebook, kompyuter yo'qligi)
Yutuqlar:
1. Juda qulay darsliklarni o'qish uchun vaqt bo'ldi.
Oqituvchila bizani uylawmidi ham uy ishi man Dars voht kam ulgiromiyamz prezidentimz etganlaku konspektladan voz kechiladi db ln biz varolab yozivomiz bu nimadgan gap.......
Doston
Bir narsa ajoyib boʻlmoqda internet tezligi ortmadi va narxi pastlamadi. Bu esa karantin davrida qiyin ahvolda qolgan talabalar uchun fojia bilan tengdir
Abdulbosit
Muhit o'zgarishi har kimga har xil tasir qilmoqda.
Vidyo darslik ochmayapti mustaqil ish testlarni topshira olmayapman
🌼 Hermione Granger🌼
Internet sekin ishlaydi ustozlardan kop narsa ola olmayabmiz 👍shunaqa smiledan boshqa
Man hursand buganim domlalar 2-semestrda pul qilalmedi.Chunki domlalar sessiya kelishidan 1 hafta oldin burnilari kutarilip hech kimni tanime qolishadi bulmasa sessiyagacha umuman yuvosh bulgan domlalar sesiyada korrupsiya va tanish bilish qilishadi.Hamma biladi usha domlalar 5 quyip turgan talabalar albatta kelajakda uzini yulini topolmasdan yurishadi.Bu achchiq haqiqat.
Judayam tartibsiz va fanlar rossa ko'p ulgurish qiyin to'g'risi kerakli fanlar qo'yilsa faqat maqsadga muvoffiq bo'lafdi va biz talabalar ham mazza qilib o'qirdik
Kõpchilikda internet muammo
Sarvar Ahmedov
Mani singlim talaba ammo bizda simli enternet yuq mobil enternit tezligi yaxshi emas deyarli dars qilolmayapti. Ammo har kuni qayerdan busa ham bir bor kirib pitichka qiliwi wart
Online 'oqish menimcha bizlarga emas internet sifat xamma joyda yaxshi emas unday uqigandan uqimagan yaxshi
Milliy universitet talabasiman. Darslar a‘lo darajada o‘tilmoqda. Umuman olaganda ma‘sofaviy ta‘lim vaqtni tejash ko‘proq ilm olish uchun chinakam ko‘makchi bo‘ldi. Men darslar sifati va darajasidan minnatdorman.
Assalomu alaykum Xushnud aka Oʻzbekiston toʻla qonli masofaviy taʼlimga tayyor emasdi buni hammamiz bilamiz lekin karantin boʻlmaganda masofaviy taʼlim nima ? Moodle dasturi qanday ishlaydi degan narsalarni birorta student mukammal bilmasdi yoki bormi ?Oʻzbekiston talabasi man bilardim oldindan degan, Yevropa avvaldan shu tizimdan foydalanib kelgan bizda internet problema qachongacha tayyor emassiz, tayyor emassiz degan gaplarni eshitamiz, talabalar tayyor davlat internetga javob bersin keyin biz taʼlimda javob beramiz, chett el talabalar bilan raqobatlashamiz , 100 % platformadan foydalanish kerak kelgusida ham. toʻliq OTM lar kredit tizimga oʻtish kerak man chettelda oʻqib shunday xulosa qildim bizni OTM lar Yevropa OTM lar bilan deyarli tenglasholmas ekan, tezroq chettel qoʻllayotgan tizimlarni amaliyotga tadbiq etish kerak boʻlmasa shamollashni koronavirus deb izalatsiyaga oladigan mutaxassislar yetishib chiqishi davom etadi.
Show next 100 comments