Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома
Ҳурматли талабалар! Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг.
Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!
Сўровномада
исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва
барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади. Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!
Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhRТаълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси
👉 @xushnudbek 👈
O‘etuvchilarga ham rahmat shunchalik vaqt ajratib, ular ham harakat qilmoqda. Lekin ko‘zbo‘yamachilik keragidan ortiq!!!
Yo‘qdan ko‘ra bor... ba'zilarni fikri, o‘qiydigan talaba o‘qiyveradi qayerda bo‘lsa ham, deyishmoqda ham.
Man tibbiyot oliygohida tahsil olaman. Hozir biz aynan klinik fanlarni o‘zlashtiryapmiz. Xo‘sh klinik fanlarni masofaviy o‘qitish usuli orqali o‘qitsa bo‘ladimi???
Har bir sikldan so‘ng test tizimi joriy qilindi, masalan umuman o‘qimagan talaba ham testni 100%ishlash imkoniyatiga ega. Talabani o‘ziga bog‘liq, o‘qib keyin ishlasa ham bo‘ladi deb, baland parvoz gaplar qilmaylik iltimos! O‘ziz bilib turibsiz nimalar bo‘layotganini. To‘g‘ri bu hozirgi og‘ir vaziyatda bundan boshqa chora ham yo‘q. Lekin nima uchun talabalar baholanib borishyapti??? Modul tizimidagi va tarmoqlarda tashkil etilgan ko‘zbo‘yamachilik guruhlarida soxta ishtirok uchunmi??? Ilm olish masofaviy bo‘lmaydi azizlar! O‘tilgan hamma mavzularni karantindan so‘ng boshqatdan o‘qish kerak. Bu mani fikrim tibbiyot sohasida shunaqa, boshqa oliy o‘quv yurtidagi talabalar buni oqlamasligi mumkin. O‘zimizni o‘zimiz aldabyapmiz, ta'lim vazirligidan kelgan qarorlar "qattiqlashib" kelyapti o‘quv yurtlariga.