Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
𝒜̅𝓁̅𝒽̅𝒶̅𝓂̅𝒹̅𝓊̅𝓁̅𝒾̅𝓁̅𝓁̅𝒶̅𝒽
Ассалом алейкум.умуман талабга жавоб бермайди.талабалар учун нокулай шароит.бу талофатлар сабабли купчилик киролмайди сетьга.умуман мудлга тушуниш хам кийин.бази пайт пайнет килиш имконияти хам булмайди
Интернет тезлиги Н+ бўлмаяпти. Қандай дарс қилади талабалар.
Jaxongirbek Toyirov
Assalomu alaykum talabalar koʻpchiligi online darslarga faol qatnashmayapti qatnashayotganlari ham oʻzlashtirish uncha qoniqtirmayapti menimcha boʻlayapti qatnashaolmayotgalri esa 70%i qishloq joylarda bilamizki hozi ish mavsumi dalada ish bilan band albatta bu mening fikrim...
Bu masofaviy ta'lim oldingi ko'z bo'yamachilikni oshirdi holos kim kirdi platformaga kim dars bajaryapti kim kimdi nomidan kiryapdi oraliqlar nima bo'lyapti bu nima demoqchiman shu semestr tatilday o'tdi demoqchiman hech narsa qilmaganday platformalari mukammal emas
Kantrakt pulini kamaytirishni tavsiya qilaman,
Saodat Narziyeva
Masofaviy talim umuman bo‘lmaydigan ish ekan. Shaxsan o‘zim ham o‘qib ham ishlar edim. Maktablar telegram tarmog‘ida ishlayabdi 5 6 qatnashadi. O‘qiyotgan oliy talim dargohimning masofaviy platformasiga zo‘rg‘a kirib olaman. Kirganga yarasha bir dunyo topshiriq bajargunizcha vaqti tugaydi. Buni ustiga internet hech qachon 4 G tugul H+ yonganini ko‘rmaysiz, buni ustiga qimmat. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda vodiyda bir jonkuyar o‘qituvchi uyining tomida ars tayyorlayabdi ekan degan xabarni o‘qidim. O‘rtoqlar bu bor gap va o‘sha o‘qituvchilardan bir mana men. Qisqasi bilmadim online darsni sifatidan ko‘ra tezroq tugashini kutyabman. Telefon, noutbok...umuman ko‘z nuridan ajralish hech gap emas bu ahvolda!
❁𝒜𝓁𝒽𝒶𝓂𝒹𝓊𝓁𝒾𝓁𝓁𝒶𝒽❁
Tfuu borku bu online darsiga maynavozcli hammasi tzim holasa iwlidi holamasa yo nma bu ahvol karoce bitta gap bn tfuuuude bu online darsiga 😉
👑👑👑👑 👑👑👑👑
Bunday qiyin davirlarda bizga shunchalik imkoniyat yaratib berayotga insonlarga davlat raxbarlariga ustozlarga minadorchilik bildiramiz. Ustozlar xam o'z imkoniyatidan kelib chiqan xolda imkon darajasida sayitlarda va talabalarga oson bo'sin dep telegramlarga xam mavzularni tashlab berishyapti lekin ochiq gap baribir dars xonasida o'trip tushunganga va fikir almashinish savolardi to'liq berishdek erkin bo'lmayapti. interneta savol javob qilish yuzma yuz savol javobdek bo'la olmaydi albata. Manimcha bu o'g'ir damlar o'tib albata karantin tugap o'qishga qaytsak insofli domlalarimiz bizga albata bir boshidan qaytadan tushuntrip berishadi bunga ishonchim komil eng qiyin holat bu bitiruvchi kurs talabalariga bo'ldi manimcha chunki ularga qaytadan tushuntirib berilmaydi. Vidyo darslar kam lekin. Bo'lsaxam mb ko'p. Albata ustozlarga xam qiyin. Ularning xam oyligi internetga ketayotgani aniq. Uzimiz vazifalarimiz uchun ketgan mb qanchayu bizdaqa talbalarni vazifasini tekshirayotgan ustozlar mb qancha sarflayapti. Bu kunlardan barchamiz eson omon o'tib olishni xudodan so'rab qolamiz. Insofli va diyonatli bizga iloji boricha tushunib yordam berayotgan va qo'lab kelayotgan jon kuydirayotgan ustozlarimga raxmat.
Onayn dars òtishga hali tayyor emas talabalar
Masofadan ta'lim olish ma'lum bir darajada qoniqarli.Darslar òz vaqtida bulyapti lekin tanganing ikki tomoni bulganidek koplab svyaz yaxshi bulmagan xududlarda masofadan turib darslarda ishtrok etish ba'zibir talabalar uchun kòplab muommolarni keltirib chiqazyapti
Umuman olganda institut yoki unversitetda utilgande darslar qizgin darajada emas lekin talabalar bilim olishi uchun hamma sharoitlar yaratilgan moodle platformasida
☀GÜNEŞ☀
.
О'збекистон хали масофавий таълимга Тайер эмас экан
Lekin tayyor emas deb shunchaki voz kecholmaymiz. Kamchiliklar bor. Hammasi vaqti bn bo'ladiku. Bu tizimga o'tish to'satdan bo'lgani un hammamiz xohlagandek mukammal bo'lmadi
Hozir talablarga hech qanday baho qo‘ymay ochiq qoldirishni tavsiya qilgan bo‘lardim. Biz yana bir yillik bilimli yoshlarni boy berib qo‘yamiz agar hammaga imtixonsiz baho qo‘yib beriladigan bo‘lsa. Bu yerda hech narsani bilmaydigan dumbul talabalar foydalanib qoladi. Natijada yana bilimsiz malakasiz kadr bosh og‘rig‘i bo‘ladi
Darslar yaxshi faqat bilmadimku bizani fikrmiz faqat uyga vazifani bajarish va qolib ketmaslik. Mavzu nima haqidaligi tushuncha yoq deyarli chunki matematika fizika va yana koplab fanlarni berilgan materialarga qarab organib ozlashtirib bolmaydi natijada talabalar qisam bolsa ham bilm darajasi pasaymoqda va bor etborini qayerdan bolsa ham uyga vazifani bajarish bolib qolayabdi holos. Agar darsliklarni domlalarimiz tushuntirib beradgan video konfrensiya bolsa yaxshi lekin salbiy tarafi bor bilamzki viloyatlarda internet tezligi deyarli yoq olik tezlikda ishlaydi kongil uchun yoqiladi holos nafaqat viloyatlar chetga chiqmaylik ozimz yashayotgan Toshkent shahrida internet tezliki past yani bu tezlik bilan ochigi telegramdan yoki googledan boshqa joyga kirib bolmaydi masalan Moodle ga kerak bolsa 1 soatlab 2,3 mb lik narsalarni joylaymiz wifi qoydiraman desak hamma joy tanish bilish bolib ketgan ana qoyamiz mana qoyamizdan boshqasiga otishmaydi. Ayrim domlalar platformaga hatoki kirmaydi vazifa uchun kun beradi biz osha vaqtgacha ulgurib qoyamiz ammo domla kerak bolsa 1 2 haftalab tekshirmay keynchalik kirib tekshirib 2 qoyadi chunarsiz holatlar juda ham kop hali ancha ishlash kerak qovun hali ancha hom shu sababli masofaviy talim bizga hech qanday foydasi yoq foydasi bolish uchun ayrim qovus ichidagi domlalarni va internet tezlikgini kotarib sharoyitni yaxshilashimz lozim bu shahsiy fikrm
Otabek Hasanboyev
Internet yaxshi ishlasa xam masofaviy talimni oqlameman. Oqish sifati juda pastlab ketdi.
 🕊
Maruzalar otilmay turib oraliqlarni qoyib qoyiwgan bu qancalik togri
Shu yerdan Troll larni isi kelmoqda😆😆😆
Bu yerda kimnidir maqtab yozing deb ochishmadi. Fikr bildiring deyishdi RAHMATNOMA yozing deyishmadi. Shunchalik xursandlar bo‘lsa g‘oyibona duo qilib qo‘yinglar RAHMATNOMA yozmasdan!!!
Я Элита✌👈
Perevodi bo'ganlar qachondan boshlanadi o'qishi????
Show next 100 comments