Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Hammasi rasvo o'qituvchilar sessiya BMI ishi uchun clickdan pul tashlashni so'rashyapti o'qituvchilarning plastik kartalarini tekshirsa prokratura hammasi ayon bo'ladi O'ZB dagi oliy o'quv yurtlari qanaqa ekanligi
Oldin lotincha yozishni o'rgansin bu inspeksiya.
√√π÷×¶∆∆°°°
Online dars sababli biz umuman maruza bilan tanishmasdan wunchaki test iwlayapmz tabiyki bu jarayonda yangi bilimga ega bolmaymiz
Hadeb yo‘q narsalarni maqtab maddohlik qilish juda bo‘lmaganda yaxshi ish emas. Noshukurlik qilmaymiz, shunchaki soxtalikni inson tabiati ko‘tarmaydi
Bizda offline ta'lim uzi oqlamidiku on-line voobshe 1 tiyin bupketti. Domlalar uzlari nima qilarini bilishmaydi. Zoom orqali ham atigi 3martagina dars buldi shu ikki oy ichida.
Hammasi yaxshi ustozla malakali 👍👍👍. Kamchilikla yõq!!
Darslar yaxshi o'z vaqtida o'tilyabdi domlalar ham vaqtida baholani qo'ymoqda ln yuqorida etilganidek hamma joyda ham imkon yo online darslaga qatnashishga. Menda hammasi yaxshi lekin ko'pchilida hammasi a'lo darajada deb aytib bo'lmaydi
Sessiya endi boladi. Sabaqlar jaqsi o‘tip atir. Test, tapsirmalar islep atirmiz
Xozirga vaziyatga nisbatan yaxshi yoqdan kora o'qib turipmiz. Ustozlar ham baholarni õrnida qoyib hatolarni tushuntrb ketishmoqda. Lekin bira tola shu tizimga o'tib ketish katta xato bosa kere. Face to face õqish boshqacha. Ustozni maruzasini darsni his qlmayapman shaxsan man. Online dars odamni dangasa qb qoyarkan. Vaqt belgilanmasa hoxlagan paytizda dars qlasz. Deadline bir haftayu deb. Universitetni sogindim talaba sifatida. Real darslar qadrli baribir. Odam intiladi. Albatta hozir intilamiz oqisak avvalo ozimizga foyda. Lekin avvalgidek emas buni tan olish kerak. Telefon va kampyuterga termulib qachon ustoz yozib qolarkin deb rejimsz ilm olish qisqasi manga yoqmadi. Tartibli va soatlarga taqsimlangan real va foydasi koproq darslarni , kozni nurini yeb qoyayotgan online darslarga almashmasdm.
Masofaviy talim qoniqarli . Oz bolsa ham oquvchi talabalar oqiyabdi. Oqtuvchilarmizga ming rahmat . Asta sekinlik onlayn talimni sifati oshadi. Lekin ozbekning 70 % hududida internet yaxshi ishlamidi. Telefon kotarib yurasan hovlini qaysi burchakida svyaz yaxshi ekan deb.....Yana bir muommo internet toplamlar qimmat .
Akmalovna
Masofaviy ta’lim qaysidir jihati albatta qulay misol uchun oilali qizlarga qaysidir taraflama qulay, oldingiga nisbatan ancha mustaqil o’qivommiz, lekin ayrim sabablarga ko’ra o’qituvchilarimizdan ko’ynimiz to’lmayapti, negaki juda katta talab qo’yilyapti, vazifalar hozirgi davrga mos imkoniyat darajasida berilish kerak edi, chunki bizning o’quv ta’limimiz va Internet tezligi va programmadagi bowqa noqulayliklar vazifani 100% bajariwka to’sqinlik qiladi Albatta, hali bizning davlat bunday sistemaga tayyor emas
Mohidil
Online darsga shunchaki davomat uchun kiryapmiz. Hammasi ko'zbo'yamachilik bo'lib yotibdi. Offline ta'limga yetmas ekan baribir.
Bugun eng kop ishlatilgan so‘zlar yo‘qdan ko‘ra bor.
Foydasidan ba'zida zarari ko‘p bunaqa ta'limni
Nurbek
yaratib bergandan kora yaratmagani yaxshi edi. karantin tugagandan keyin . davomidan o'qib keturardik. bir yil oldin bitirdiz nima-yu, bir yil keyin . muhimi bilimli bo'lib chiqqaniz
Talabalrga joy masalasi bu 1 orindagi muamo boladi va kadr yetishmovchiligi kontrakt tolash masalasi va 1 yil ketgan umr bu qanchalik qimat narsalar!!
Auditoriyadagi darslar yaxshi edi.
Assalomu alaykum, qadrli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va Xushnudbek.uz kanali . Masofaviy taʼlim umuman samarasiz va betartib oʻtayaotgani barchaga maʼlum. Avvalo bunga internet sifati past ekanligi bosh sabab hisoblanadi. Qishloqda turgan talaba darslarga deyarli qatnashishning iloji yoʻq. Lekin OTM dekanati va oʻqtuvchilari Toshkent degan internet tez ishlaydigan ( boshaq viloyatlarga nisbatan) mamlakatchadan turib dars dars, dars, hamma narsa dars uchun hamma narsa kelajak uchun deb, majburlashlari toʻgʻrisi 22yoshli talabani ham insult, infark qiladi. Taʼlim sifati esa koʻzboʻyamachilikdan iborat. Sifatni shu bilan belgilash mumkin. Balandparvoz gaplarning hojati yoʻq. Buni hamma bilib turibdi. Fikrimcha, bu masaofa taʼlimiga avval sharoit yaratish kerak.
Xushnudbek aka sizdan iltimos OTM rahbarlariga butun Oʻzbekiston qishloqlaridagi talabalar nomindan yetkazing, ular bizning sharoitimizni hisobga olishsin. Hech kim internet ishlamagani sababli yakuniy nazorat imtihonlariga kirmay qolishni istamaydi.
Show next 100 comments