Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Mohidil
Online darsga shunchaki davomat uchun kiryapmiz. Hammasi ko'zbo'yamachilik bo'lib yotibdi. Offline ta'limga yetmas ekan baribir.
Bugun eng kop ishlatilgan so‘zlar yo‘qdan ko‘ra bor.
Foydasidan ba'zida zarari ko‘p bunaqa ta'limni
Nurbek
yaratib bergandan kora yaratmagani yaxshi edi. karantin tugagandan keyin . davomidan o'qib keturardik. bir yil oldin bitirdiz nima-yu, bir yil keyin . muhimi bilimli bo'lib chiqqaniz
Talabalrga joy masalasi bu 1 orindagi muamo boladi va kadr yetishmovchiligi kontrakt tolash masalasi va 1 yil ketgan umr bu qanchalik qimat narsalar!!
Auditoriyadagi darslar yaxshi edi.
Assalomu alaykum, qadrli ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilari va Xushnudbek.uz kanali . Masofaviy taʼlim umuman samarasiz va betartib oʻtayaotgani barchaga maʼlum. Avvalo bunga internet sifati past ekanligi bosh sabab hisoblanadi. Qishloqda turgan talaba darslarga deyarli qatnashishning iloji yoʻq. Lekin OTM dekanati va oʻqtuvchilari Toshkent degan internet tez ishlaydigan ( boshaq viloyatlarga nisbatan) mamlakatchadan turib dars dars, dars, hamma narsa dars uchun hamma narsa kelajak uchun deb, majburlashlari toʻgʻrisi 22yoshli talabani ham insult, infark qiladi. Taʼlim sifati esa koʻzboʻyamachilikdan iborat. Sifatni shu bilan belgilash mumkin. Balandparvoz gaplarning hojati yoʻq. Buni hamma bilib turibdi. Fikrimcha, bu masaofa taʼlimiga avval sharoit yaratish kerak.
Xushnudbek aka sizdan iltimos OTM rahbarlariga butun Oʻzbekiston qishloqlaridagi talabalar nomindan yetkazing, ular bizning sharoitimizni hisobga olishsin. Hech kim internet ishlamagani sababli yakuniy nazorat imtihonlariga kirmay qolishni istamaydi.
❁𝒜𝓁𝒽𝒶𝓂𝒹𝓊𝓁𝒾𝓁𝓁𝒶𝒽❁
Temur SHovkatovich
✊🏻
Mujik bro
So'rovnomani kim tuzgan? so'rovnoma punktlari bilan tanishib chiqdingizmi? Kimdir nazorat qiladimi bunaqa savollar berilishini foydalanuvchilar uchun?
Axmoqona punktlarni ko'rib, so'rovnoma tuzganlarning saviyasi haqida bemalol xulosa qilsa bo'ladi
Wifi yoq honadonlar adashmasam oqishga qatnashi uchun oladigan proyezdnoyini pulidan kop pul sarflab internetga krvotti shekili
Kamchiliklar yetarli, baribir Universitetimni sog‘indim.❤❤❤
𝓢𝓪𝓻𝓭𝓸𝓻
Agar boxo qoyilmasa dars otilmaydi degani bu degani 1 kurs qaytatan oqiladi degani bu narsa ochigini aytsam kulgili shaxsan men uchun chunki kontrakt miqdori juda ham katta universitetlatmz qoshma universitet lar ham bor bu narsalarni ham oylashimiz lozim siz aytgan narsa har doimgidek darslarda ham boladi bu aniq kochirmachilik yoki tanish bilish qilishni toxtatib bolmaydi!!!!!
Internet sifatini tezlikda yaxshilab talabalarga har kuni onlayn darslarni tashkillashtiradi, sentyabr oyigacha o‘tgan bir yillik darslarni talabalar bemalol o‘zlashtira oladi. O‘qiyman degani hamma ishini yig‘ishtirib o‘qiydi. K.n talabalar u.n internetni tekin qilish k.k, yoki saytlarga ulanishni oson qilish k.k. Kerak bo‘lsa televizorda berilayotgan bema'ni seriallar o‘rniga ketma ketlikda tartib bilan darslarni berib borsin. Faqat svetni o‘chirmasin.
ℳ𝒶𝓁𝒾𝓀𝒶🌼
Vazifalar juda ko'p. Va ularni òqituvchilar òzlari ham tekshirishga ulgurishmay bilgan baholarini qoʻyishyapti....
Internet yaxshimas sifati pas
Bazilarning gapi ham to'g'ri platforma bo'lmaydi deb aytishayabdi lekin shu yerdagilar vijdonan aytsinchi karantin bo'lmagan hollarda kim vujdonan dars qilardi domlalardi vazifasini har doim bajardi he odamlar dars qilmayman degan ming zo'r sharoit bo'lsin qilmaydi qilaman degan o'zi o'qib o'zi izlanadi faqat hamma narsani yomonlamay bahona qidirib
Jon kuydirib aytilgan bu fikrlarimizni, 1 % ni bo‘lsa ham inobatga olisharmikin
Аудитория дарси ++++
moodlega bir aylanib kirib qolsam, mutaxassislikdan bir dunyo plan, konspektlar boru..... mavzu boshqa, ichidagi boshqa narsa ekan.
Baholashga kelsak, kim oldin qanday o'qigan bo'lsa, a'lochilar bir oyda g'irt ikkichi, yo past o'zlashtiradiganlar ajoyib o'qiydigan bo'p qolmaydi!!!
(Toshkentda wifi- Netco-internet provayderiga- ulash tekin, hech qanday tanish-bilishlarsiz, oyida 100minglikka ulandim, zo'rmasu, lekin bemalol ishlatsa bo'ladi.- REklama emas ;-)
Show next 100 comments