Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Moodle тизими тулик хали узлаштирилмаган. Укитувчи учун тизим тулик функцияси ишламайди. Тест юклаш учун плагини урнатилмаган Факат pdf еки ppt файлларни юклаш мумкин. Хеч кандай интерактив функционал екилмаган. Энг кулгилиги ЯН саволлари pdf файлда юкланади ва талаба езма равишда когозга езиб телеграмдан юборади. Нима эмуш ракамли иктисодга утармуш бу уктувчилар билан тош асрига кайтамиз. 90% укитувчи мудл тизимини ишлатишни билмайди. Олдин домлажонларни укитилар кандай килиб компьютерни екишни, старт тугмасини босишни, гугл деган сехиргар билан таништиринг. Хуллас продвинутый укитувчилар гугл формс оркали тест оламан деса рахбарият езма ездирасан дейди. Эски хамом эски тоз. Ректор, проректорларни, декан ва кафедра мудирларини имтихон килиб пичокка илинадиганини колдириб ва уларни укитиш керак.
Masofaviy ta'limni ta'lim deb ayta olmayman.😑
Asliddin
Siz aytayotgan o‘sha ustozlar yaxshi dars o‘tmayotgan bo‘lsa nega arz qilmaysiz? Adolatni avval o‘zingizdan boshlashingiz kerak emasmi? Siz ham shu yurtning farzandisiz. Uni ertangi kuni uchun qayg‘urasiz. Shunday ekan nega siz bilgan o‘sha ustozlar sizdan keyingi avlodda ham norozilik kayfiyatini uyg‘otishiga qarab turibsiz.
Tugri gaplariz lekin arz qilgan bilan hech Kim siz haqsiz demaydi. Yoshi ulug' xurmat qilinglar ustidan yozmanglar deyishadi. Biz buni kop guvohi bolganmiz. Prorektorlar ham bir tiyinga qimmat. Manimcha xammasi 2 tomondan xam talablar xam ustozlar.
Sarvar aka Kuchimov
Qisman roziman degan jbni belgilab bumadida ahir
unda bilmadm kereli joyini belgilomidgan qp qòyilga bòsa kere 😂😂
Sarvar aka Kuchimov
Institutdagi talimnichi))
Har holda masofaviy ta'limdan tuzuk. Mukammal darajada bo'lmasa ham
Onlayn tizimda o'qitilsa juda yaxshi natijaga erishish mumkin.
Birinchidan,talabalarning mustaqil ishlash va o'zlashtirish kompotenciyasi shakllanadi.
Ikkinchidan,korrupciyaga ozgina bo'lsa ham barham beriladi.Sababi,poraxo'rlar onlayn tizimda pora olish yo'llarini ishlab chiqib o'lgurmadi(afsuski buni ham uddalashadi).
Uchinchidan,talabalarning harajatlari kamayadi(masalan,yo'lkira,kiyim-kechak,oziq-ovqat,kvartira puli).
Talabalar agar bilishsa onlayn tizimda ham yaxchi natijaga erisha oladi.3 pora darsda o'tirib,davomatta bor bo'lgani bilan "ta'lim olayotgan" hisoblanmaydi-ku.🤔Aksariyati shunday.
Bu onlayn tizim natija berishi uchun hammamizning ongimiz o'zgarishi kerak.
С_М
Балки масофавий таълим яхшидр. Кмлагадр ёквотгандр. Лкн буни хамма инстлагям куллаб бумиди. Масалан мед инст лага. Ула ун устоз кере. Ула курб урганиши кере.
Шохрух
widget
Sizga qiyin ishni o'zi bormi birodar?
Qiyin ishla kop man eng osonin toptim ))
Assalomu alaykum. Meni fikrimcha hali bizni muhitimizda masofaviy ta'lim tòg'ri kelmaydi. Chunki sabablar juda kòp eng birinchi sabablardan biri bu aloqa sifati pastligi hamda internet paketlarining narxlari ham, yana asosiy sabablardan biri bu pedagoklarimizning barchalari ham tizimda yaxshi ishlay olmasliklari ba'zi bir pedagoklar uchun bu katta òzgarishga òxshaydi. Men òzim ham talabaman masofaviy ta'lim tizimini kòrib chiqdim tizimda kamchiliklar kòp buni hamma sezgan bòlsa kerak. Ba'zi vaqtlarda tizim ishlamay qolishi ham bunga misol bòla oladi. Bari bir òzimiz òrgangan xonalarda ustozlarimizni saboqlarini eshitib ular bilan muhokama qila olsak bu juda ham a'lo natija berishini hamma biladi. Agar notòg'ri fikr bildirgan bòlsam oldindan uzur sòrayman.
Karantin vaqtida barcha sohada davlatimiz tomonidan yordam ko'rsatilyapti. Mahbuslar qamoqdan ozod bo'lyapti, yordamga muhtoj oilalarga yordam berilyapti. Meni ham kichkinagina iltimosim bor edi agar mumkin bo'lsa. Men Qashqadaryolikman. Milliy Universitetda 2-kursda o'qiyman. Bu yil oilaviy sharoitim yaxshi bo'lmaganligi sababli yil boshida ishlab, kantrakt pulimni o'zim topishimga tog'ri keldi. Shuning uchun o'qishimga jiddiy qaray olmadim va sessiyadan bitta fandan qarzim borligi sabab yiqildim. Kursdan kursga qoldirildim. Buni eshitgan onamning ahvollari og'irlashib qoldi, dadam mendan qattiq xafa. Hozir judayam yomon ahvoldaman, tushintirib berishim qiyin. Guruhimizdan 10 kishi kursdan kursga qolgan. Eshitishimiz bo'yicha vazirlik 18-mart kuni kursdan kursga qoldirish bo'yicha buyrug'imizni chiqargan. Davlatimizdan va xalq ta'limi vazirligidan judayam qattiq iltimos qilib qolardim kursdan kursga qolgan talabalarga ham yana bir imkon berishsin. O'sha kursdan qolgan 10 ta kursdoshimdan birida virus borligi aniqlanibdi. Bechora kursdoshim juda tushkun ahvolda qolgan. Olloh umrini ziyoda qilsin, xudo ko'rsatmasinu, lekin unoramizni tark etsa, ko'nglida kursdan kursga qop ketganman degan xafachilik bilan ham ketishini istamasdik. Balki unaqalar ko'pdir. Hozir shaxsan o'zimni online darslarda qatnashgim, boshqa kursdoshlarimga o'xshab mustaqil ishlar topshirgim kelyapti. Hurmatli Xushnudbek aka, men kabi yoshlarga yordam bering iltimos. Axir karantin sabab davlatimiz qanchadan qancha odamlarga yordam beryapti. Biz kursida qop ketgan talablarga ham bir marta imkon berishsin. Iltimos, iltimos, iltimos.....
Сўровномани охири умуманмайновозчилик бўлиб кетган.Ёш бола тузганга ўхшайди.
Show next 100 comments