Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Karantin vaqtida barcha sohada davlatimiz tomonidan yordam ko'rsatilyapti. Mahbuslar qamoqdan ozod bo'lyapti, yordamga muhtoj oilalarga yordam berilyapti. Meni ham kichkinagina iltimosim bor edi agar mumkin bo'lsa. Men Qashqadaryolikman. Milliy Universitetda 2-kursda o'qiyman. Bu yil oilaviy sharoitim yaxshi bo'lmaganligi sababli yil boshida ishlab, kantrakt pulimni o'zim topishimga tog'ri keldi. Shuning uchun o'qishimga jiddiy qaray olmadim va sessiyadan bitta fandan qarzim borligi sabab yiqildim. Kursdan kursga qoldirildim. Buni eshitgan onamning ahvollari og'irlashib qoldi, dadam mendan qattiq xafa. Hozir judayam yomon ahvoldaman, tushintirib berishim qiyin. Guruhimizdan 10 kishi kursdan kursga qolgan. Eshitishimiz bo'yicha vazirlik 18-mart kuni kursdan kursga qoldirish bo'yicha buyrug'imizni chiqargan. Davlatimizdan va xalq ta'limi vazirligidan judayam qattiq iltimos qilib qolardim kursdan kursga qolgan talabalarga ham yana bir imkon berishsin. O'sha kursdan qolgan 10 ta kursdoshimdan birida virus borligi aniqlanibdi. Bechora kursdoshim juda tushkun ahvolda qolgan. Olloh umrini ziyoda qilsin, xudo ko'rsatmasinu, lekin unoramizni tark etsa, ko'nglida kursdan kursga qop ketganman degan xafachilik bilan ham ketishini istamasdik. Balki unaqalar ko'pdir. Hozir shaxsan o'zimni online darslarda qatnashgim, boshqa kursdoshlarimga o'xshab mustaqil ishlar topshirgim kelyapti. Hurmatli Xushnudbek aka, men kabi yoshlarga yordam bering iltimos. Axir karantin sabab davlatimiz qanchadan qancha odamlarga yordam beryapti. Biz kursida qop ketgan talablarga ham bir marta imkon berishsin. Iltimos, iltimos, iltimos.....
Сўровномани охири умуманмайновозчилик бўлиб кетган.Ёш бола тузганга ўхшайди.
Men Qoraqalpoq Davlat Universitetida o'qiyman. Bizning Universitet mamlakatda birinchilardan bo'lib online ta'limni yo'lga qo'ydi. Karantinda avval ham biz poytaxtdaligimizda intermet sfati yaxshi Universitetimizning saytidan ustozlarimizning lektsiyalarini olib qo'shimcha o'rganib yurardik. Lekin men qishloqda turaman karantin sababli uyda ta'lim alyabmiz online internet sifati juda past moodle sistemasida hamma fanlardan lektsiyalar bor lekin saytga hattoki telegramga kirish uchun ham internet sifati juda past. Undan keyin qimmat ham. Ta'lim online bo'lgandan keyin kantrakt summasini 60% ga bo'lsa ham tushurishsa yaxshi bo'lar edi sababi ko'pchilik ota onalar davlat xizmatida ishlamaydi Rossiya Qozog'istonga chiqiq hech bo'lmaganda o'zimizda ishlab kantraktimizni to'layotgan edi. Karantinda hamma narsaning narxi qimmatib ketti bir pulni ikkinchisiga ulab kun ko'rayotganlar bor yana kantrakt to'lashlari lozim bu qanaqasi adolatsizlik. Yana internet sifatini yaxshilamasa bo'lmaydi narxiga yarasha internet sifati yaxshi bo'lganida nolimasdim. Lekin aksi internet saviyasi past yana qimmat. Shaxarlarda turadigan talabarda internet bilan muammo bo'lmaydi lekin qishloqda turadiganlar uchun eng dolzarb muammo. Internet saviyasi pasy bo'lgani uchun yetarli talim ola olmayapti yana falon pul kanttakt bo'laydi bu qanaqasi bo'ldi shumi adolat.
Абитуриентлар ичида укишга киролмагани учун, суикасд килганларни эшитган эдик. Ишкилиб бу тизимни деб "ёмон" укийдиган талаба курсдан курсга колиб бир балони бошламаса булди
widget
Asliddin
U zamonlar ortda qoldi. Biz hozir harakat qilmasak ertaga farzandlarimiz aziyat chekadi.
To'g'ri tarbiya bersangiz, biror tizimga, biror insonni qo'liga qaram bo'lmaydi - farzandingiz. O'zingizga va berajak tarbiyangizga e'tiborli bo'ling. Tarbiyani siz to'g'irlamoqchi bo'layotgan tizimga aslo topshirib qo'ymang
Шохрух
widget
😂😂😂
Sizgayam maslahat beraman
Masofaviy ta'limga gap yo'q qo'shnilarim mol boqib dehqonchilik qilib yurishibdi 😂🤣
Hammaning o'z fikri bor! Eng avvalo ularni hurmat qilish kerak! Mening shaxsiy fikrim shunday, masofaviy ta'lim odatiy ta'lim tizimini bosa olmaydi. Misol uchun Pedagogika sohasida masofaviy ta'lim tizimi yaxshi usuldir. Lekin boshqa sohalar uchun emas! Talabalik oltin davr. Bu davr insonning umrida bir marta yuz beradi. Covid-19 pandemiyasi bu davrni tortib olyapti! Biz talabalar tezroq odatiy o'qish tarzimizga qaytishni xoxlaymiz
Masofaviy ta'lim moodle tizimi judayam yaxshi tizim korrupsyaning oldini oladi talaba oʻz ustida ishledi 21 asrda yashayotganimizni bildiradi koʻp vertual bilim koʻnikmalar tilni oʻrganishimizga turtki boʻladi


Xozir qisqa vaqt ichida qilingan kurslarda kamchiliklar koʻpdir leki vaqt bemalol boʻlsa moodle platformasining imkoniyatlari juda katta xozir biz talim olayotga fan yuzasida kiritilgan topshiriq materiallar 15 % imkoniyatlarini koʻrsatebdi xalos
Bizda 5 ji ishlayabdi😂😂😂
Рамазон шарофати билан тезрок бу балоларни Аллох даф килса. Ёзги татилда еки янги укув йилида кушимча дарслар куйилиши керак
Zulfiya Sobirova
Талабалар хаммаси хам масовафий талимга тайер эмас. Баьзиларда интернетга уланиш имкони йук оддий телефондан фойдаланади.
Marimova...
Umuman yoqmadi manga masofaviy ta'lim internet umuman rasvo, yana huddi o'qishda o'tirgandek saytda ham soatlaab o'tirishni so'rashadi unga qancha megabaytlab ketishini qancha sarf xarajat bo'lishini o'ylab ham ko'rishmayabdi yana shuncha millionlab kontrakt to'laymiz domlalar ham faqat xo'jako'rsinga onlayn bo'lib o'tirsak bo'ldi ularga gap tegmasa bo'ldi lekin har kimni sharoiti har hilku kimnidur har oyda internet uchun megabayt sotib olishga qurbi yetadi kimnikidur yetmidi nega shular haqida o'ylab ko'rishmidi. Ho'p masofaviy ta'lim yo'lga qo'yildi nega internet trafikisiz qilib qo'yishmidi xozirgi paytda hamma uyda ishsiz o'tirgan bo'lsa yana shuncha millionlab kontrak to'laymiz kontraktni ham faqat oshirishni bilishadi. Hullas muammolar ham anchagina...
Bizni bir savol qiziqtirvoti sesiyalar onlayn imtihon tarzida yopiladimi
Show next 100 comments