Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Рамазон шарофати билан тезрок бу балоларни Аллох даф килса. Ёзги татилда еки янги укув йилида кушимча дарслар куйилиши керак
Zulfiya Sobirova
Талабалар хаммаси хам масовафий талимга тайер эмас. Баьзиларда интернетга уланиш имкони йук оддий телефондан фойдаланади.
Marimova...
Umuman yoqmadi manga masofaviy ta'lim internet umuman rasvo, yana huddi o'qishda o'tirgandek saytda ham soatlaab o'tirishni so'rashadi unga qancha megabaytlab ketishini qancha sarf xarajat bo'lishini o'ylab ham ko'rishmayabdi yana shuncha millionlab kontrakt to'laymiz domlalar ham faqat xo'jako'rsinga onlayn bo'lib o'tirsak bo'ldi ularga gap tegmasa bo'ldi lekin har kimni sharoiti har hilku kimnidur har oyda internet uchun megabayt sotib olishga qurbi yetadi kimnikidur yetmidi nega shular haqida o'ylab ko'rishmidi. Ho'p masofaviy ta'lim yo'lga qo'yildi nega internet trafikisiz qilib qo'yishmidi xozirgi paytda hamma uyda ishsiz o'tirgan bo'lsa yana shuncha millionlab kontrak to'laymiz kontraktni ham faqat oshirishni bilishadi. Hullas muammolar ham anchagina...
Bizni bir savol qiziqtirvoti sesiyalar onlayn imtihon tarzida yopiladimi
Bizni toģga Xitoyliklar 5 jini sinab kordi😂🤣
Zulfiya Genjebaevna
Onlayn tizimda o'qitilsa juda yaxshi natijaga erishish mumkin. Birinchidan,talabalarning mustaqil ishlash va o'zlashtirish kompotenciyasi shakllanadi. Ikkinchidan,korrupciyaga ozgina bo'lsa ham barham beriladi.Sababi,poraxo'rlar onlayn tizimda pora olish yo'llarini ishlab chiqib o'lgurmadi(afsuski buni ham uddalashadi). Uchinchidan,talabalarning harajatlari kamayadi(masalan,yo'lkira,kiyim-kechak,oziq-ovqat,kvartira puli). Talabalar agar bilishsa onlayn tizimda ham yaxchi natijaga erisha oladi.3 pora darsda o'tirib,davomatta bor bo'lgani bilan "ta'lim olayotgan" hisoblanmaydi-ku.🤔Aksariyati shunday. Bu onlayn tizim natija berishi uchun hammamizning ongimiz o'zgarishi kerak.
Siz aytayotgan narsalar shaxarda turadiganlar va davlat xizmatida ishlaydigan odamlar uchun. Lekin olis qishloqda shaxardan atigi 5 km uzoqda turadiganlar uchun internet bu kattagina muammo bilim olish uchun hamma narsa tayyor internettan boshqa. Kirim chiqim kam bo'lar balkim lekin davlat xizmatida ishlamaydigan qora mehnat peshana teri qo'lidagi kuchi bilan non topayotganlar uchun qiyin. Uyda o'tirib qolishgan kantrakt to'lashga pullari yo'q. Yeb ichishga qarz ko'tarib amallashyapti 😑😐
Платформа яратган зор лекин у платформа талабга жавоб бермайди бу платформада ишлолмесиз интернет тезлик биринчидан вилоятларда жудаям пас кундизи купчилик киради ишламе колади кечаси киришга тори келади платформаларни яхшилаш керак булмаса умуман йокотиш керак
Masofaviy ta'limdan foydalansa bo'ladi agar internet tezligi hamma joyda yaxshi bo'lsa. Lekin chekka qishloqda yashovchi talabalar internetga kirishi va undan biror narsani yuklab olishi qiyin.
Avval internet tezligini hamma joyda yaxshilash kerak.
Masofaviy ta'lim sifati yaxshi emas, biz masofaviy talimda universitetda olgan bilimizni yarmini olyapmiz lekin bizga berayotgan tooshiriqlar universitetda berilgan topshiriqlardan 10 Marta qiyin. Masofaviy ta'lim oqish qiyin kop adabiyotlar yoq, internet yaxshi emas shularni hisobga olib vazifalarni yengillashtirish kerak. Hammani oylab ish korishlarini sorab qolardim.
Masofaviy taʼlim prosta super. Nima diyishgayam hayronsan agar shu ketish bosa taʼlim ham Sardoba suv omboriga oʻxshab qoladi.
menimcha bu yerga yozgandan foyda yo'q))
Zafar
Bizda bu masofaviy ta'lim ilgari bo'maganligi uchun ayrim kamchiliklar bor .Lekin O'ZBEKISTONDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH UCHUN ENG AVVALO TA'LIM TIZIMINI O'ZGARTIRISH KERAK (YANGILASH KERAK) BIZNING HOZIRGI METODIKAMIZ USHA ESKU USLUBDA .UMUMAN MAKTABLARDA HAM KOLLEJ, LITSEY, INSTITUT HAMMA TA'LIM MUASSASALARINING O'QITISH METODIKASI ESKIRGAN (ZAMONDAN ORQADA)! UMUMAN BIZGA HAM BIZDAN KATTA AKALARIMIZGA HAM UOARDAN KATTALARGA HAM BIR XIL METODIKA YANGILIK YO'Q .SHUNING UCHUN BARCHA TA'LIM MUASSASALARIDA O'QUVCHILARNING BILIMI MAQTARLI DARAJADA EMAS CHUNKI ULARDA O'ZLARI O'RGANADIGAN NARSAGA QIZIQISH YO'Q CHUNKI BIR XIL METODIKA 9 YIL MAKTAB,3 YIL KOLLEJ,KEYIN OTMLARDA XAM BIR XIL .
Katrakt summasini 40% ga kamaytirish kerek 😑😐😑
Asliddin
U zamonlar ortda qoldi. Biz hozir harakat qilmasak ertaga farzandlarimiz aziyat chekadi.
Sizda zamon qanaqa bilmadim lekin biz buni kop guvohi bolganmiz. Kerak bolsa guruh murabbiylari talabalar kirolmaganidan ularni nomidan kirayapti nima uchun chunki talaba kirolmayapti. Internet pas mb paketlar qimmat darslar esa tushunarsiz pdf lar ochmayapti. Tepadan buyruq katta lekin amalda qollash uchun kamchiliklar juda kop.
Assalomu alaykum hurmatli talabalar va troll profillar 😁.Keling masalaga haqqoniy qaraylik.Biz nima manfaat topamiz yaxshimas narsani yaxshi deb,sifatsiz ,aynigan qovun nomi bilan qovun .Uni nomini eshitganda shirin va hushboʻy narsani hayolimizga keltiramiz.Lekin qovunni soʻyib koʻrsak aynigan yeyishga arzimiydigan narsadan boshqasini topmaymiz.Agar biz sifatli va aynimagan qovun yeyishni xoxlasak hosildor yer,yaxshi ozuqa bilan uni parvarish qilishimiz kerak.
Taʼlim tizimining (hoh online,hoh universitetni oʻzida) yaxshi boʻlishini istasak faqatgina bir tomonlama ish qilishimiz foyda va manfaat bermaydi.Faqat universitetdagi taʼlim yomon deyishdan beriga oʻtmasak hech qachon taʼlim sifati yaxshilanib qolmaydi.Taʼlim sifati yaxshi boʻlishini istasak biz ham yaxshiroq oʻqishimiz kerak hurmatli talabalar.Qani biz hamma talablarga javob beradigan aqilli zukko kadr boʻlaylik, keyin taʼlim yomon desak mutassaddilar ojiz qolishsa bu boshqa gap edi.
Zulfiya Sobirova
Талабалар хаммаси хам масовафий талимга тайер эмас. Баьзиларда интернетга уланиш имкони йук оддий телефондан фойдаланади.
Nafaqat talabalar balki ba'zi o'qituvchilar ham bor bular orasida. Ayniqsa yoshi katta o'qituvchilarda bu hol kuzatiladi. Misol uchun hamma universitetda ham ba'zi bir o'qituvchilar oddiy telefon ishlatishadi. Hamda internetni yaxshi tushunmaydi. Bu masofaviy ta'lim faqatgina ba'zi talabalar uchun emas ba'zi o'qituvchilar uchun ham muammo.
Ман чегара олдида яшайман. Интернетга Киргистон симкарталарини ишлатамиз. 1000 сум узбек пулига бир кунга 1GB беради. Если бу тугаб колса интернет тезлиги билинар билинмас пасаядиию ну без лимит ишлейди. Бизнинг шахардаги 4G дан анча тез ушанда хам. Уз Ватанимдаги вазиятни ёмонламокчи эмасман, ну бизда интернет билан проблемалар керагидан ортик
Modle saytiga hali ualana olganim yo'q 4 bosqich bitiruvchisiman betilgan parol login hato 11 - mayda yakuniy nazorat ishlarimiz boshlangan 15 mayda tugiydi yani ertaga endi nima bo'ladi bunisini bilmadim...
𝘬​հ_ꪑ​
Ba'zi oliy oquv yurtlaridek online ta'lim shu oquv yili boshidan yolga qoyilgan bizda. Adashmagan bolsam bu yil boshidan beri toldirilgan 10 yo 15-anonim sorovnoma boldi. Avvalgilardan gramm foyda bomagan🤦🏻‍♀️😏. Bunisidan umid qilamiz endi
Хаммани дарди ичида экан :)
Show next 100 comments