Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Mutaxasisilik boʻyicha adabiyotlarni rivojlangan davlat darsliklarida toʻgʻridan-toʻgʻri tarjima qilib sifatli darsliklarimiz sonini anchagina orttirish kerak. Masofaviy taʼlimga kelsak sifati juda past (hamma OTM uchun emas). Sababchi hammamiz
SHARIPOVA MASHHURA Abdusalomovna
Ислам☝️
Hammasiga ko'nish va ko'nikish mumkin ammo,talabalardan bunday og'ir vaziyatda kurs ishlarini mustaqil bajarish va laboratoriya ishlarini mustaqil bajarib jo'natishini talab qilish ummuman adolatsizlikku axir!
Bu fikrga men xam qòshilaman. Chindanxam bunaqa vaziyatda mustaqil iwlarni talab qiliw notòģri. Chunki bizga mustaqil iwni slayt kòriniwida topshiriylar deb qoymayapti lkn bizga slayt tayyorlashga imkon yoq.
Ishlamas ekanku masofaviy ta'limga o'xshab
Bizda faqat davomat ekan dars o'tish esa yo'q
Torisini aytkanda menda kampyutir yoq telefondan kirishning iloji yoq aniqrog'i kirmidi kirsayam qotadi rossayam keyin topshiriqlar ham haddan tashqari ko'p xullas masofaviy ta'lim xali tayyor emas ekanmiz
4 kurs bolsak bizga tegishli bomagan darslar qoyilgan yani 2 kurslardi darslari qo'yilgan
Nigora Jumayeva
Temur SHovkatovich
uqiw juda oson faqat harakat qilish kere uqiydigan faqat sizmasku
Ha togri ammo oila bn birgalikda olib ketish qiyinroq faqat oqish busaku mayli ammo ayrim qushtirnoq ichidagi ustozlar qilgan mehnatizi yuqqa chiqarib boshqa masalada umid qilsa $ usha narsani berishdan boshqa iloj yoq.shu sababli onlayn dars menga yoqdi hech kim hech narsadan manfat kutmaydi
Shoxistaxon Baxodirjonovna
Masofaviy ta'lim tizimi bir tarafdan yaxshi
Lekin professor o‘qituvchilarni hammasi ham bu tizimga hali tayyor emas ekanlar
Mana karantin boshlangandan beri ba'zi bir fanlarni esimizdan ham chiqarib yubordik.Chunki platformaga u fanlar joylanmagan, ustozlardan ham darak yo‘q.
O‘'qigan, o‘qiyapti.........
Xullas onlayn dars o'qishga biz tayyormiz . Lekin o'qituvchilar tayyor emas, texnik xodimlar yetarli emas
Gulshoda Sobirova
Masofaviy ta'limni yulga quyish uchun internit yaxshi ishlash kerak oraliq nazorat yakuniy nazoratlarda bir marta imkoniyat berilayapdi svyaz yuqoladi usha bitta imkoniyat xam yuq nima qilishimiz kerak
Asalomu alaykum shu mavzu boʻyecha yechim izlayotgan insonlarga masofadan turib Onlayn darslar oʻtish talabalarni balkim oʻquvchi yoshlarni ham dankasa koʻz boʻyamachilika ham olib keldi chunki oʻqituvchi va profesir oʻqituvchilar dars berishda talabalarga va oʻquvchilarga oʻzlarini bilim berish mahorati koʻrinib turardi shunda bilim olaman degan talaba va oʻquvchi olardi hozirchi Tv da va modelda oʻtiladigan darslar insonlarni ozgina boʻlsada bilimga emas dankasalik yunaltirilyaptimi diymanda bu mani fikrim...
𝚇𝚘𝚐𝚒𝚏_𝚍14
Oxirida bahona deganiz yomon tegib ketdi biiir biza tomonga mehmon bo‘p keling hopmi 15 minut connecting bo‘p turgan telegramga qarab o‘zi gapizdan uyalib ketarsiz
uzr kuya men hech nafsoniyatiga tegmoqchi emasdim yoki sharoitlar kurish uchuni biron joyga borishim shart emas, uzimda ham shunday paytlar buladi.
Bahona deganda men nazarda tutgan g'oyam quyidagicha. Talabaning sohasi buyicha kerakli manba bilan OTM 100% taminlab quysa ham (hozircha hech qaysi OTM bunday muvaffaqiyatga erishmadi) svazni bahona qilish bu talabani kelajagiga zarar shuni tushunishlaring kerak.
Infinity
Bizda faqat internet past holos moodle tizimimiz yaxshi ishlab chiqilgan shunday bo'lsada tushunmovchiliklar kuzatilsa domlalarimiz sabr bilan qayta va qayta tushuntirishadi. Moodleda alohida darslar telegramda esa har bir fanga alohida gruppalar ochilgan. Bunisi hammamiz uchun qulay
Nima bo'layotganini o'zlari ham bilmaydi o'qituvchilar
Darslar online bolishi yaxshi albatta lekin hozirgi tizimda emas.
Misol uchun bizning darslar online deyish mumkin ham emas chunki na oqtuvchi dars jarayonida ishtirok etadi na biz talabalar faqat topshiriqlar beriladi biz uni bajaramiz holos bunda hayronman Nega biz kontrakt summasini hammasini to'lashimiz kerak ahir biz deyarli hech narsa o'rganganimiz yoqku faqat vazifa bajaramiz. Aslida faqat diploma olish uchun sabr qilyabmiz. Dars jarayoni sifatli bolishi uchun yetarli sharoit yoq ayniqsa chekka qishloqda online bolish juda mushkul. shuning uchun menimcha darslar jarayonini takomillashtirish va internet tezligini oshirish maqsadga muvofiq bolardi. Har holda men uchun hozirgi sharoit umuman mos emas.
Moodle tizimi judayam sekin ishlaydi. Hattoki shaharda bólsak ham. Qulayliklari ham bor. Lekin mavzulari bayoni shunchaki pdf da berib bólmaydigan fanlar ham bor. Bunda hamma ham qiyinchilikka uchraydi. Davlat grantida óqiydiganlar ayniqsa. 30% 3 baho olib bólmaydi. Keyin stipendiya muammosi kelib chiqadi. Hozir OTM óqituvchilari agar vazifalarni topshirolmasak iyul avgust oylari kelib qayta topshiradi degan gapni aytishmoqda😬
Уйда колинг китоб укинг!
Бу шиорни хамма билади!
Масалан медицинада 1 та мавзу 40 30 варак булиши мумкин. Китоб эса институтда! Кимдадир компьютер бор, кимдадир йук, даже ман биладиган талабалар бор улар 1202 ишлатади. Улар нима килиши керак. Бизда хар циклларда китобни алмаштирамиз библиотекада. Хозир электронный вариант етарлича зериктирди
Kamchiliklar bor ayniqsa intirnet sifatida. Chekka hududlarda online darslarga qatnashish imkoni yuq sababi intirnet sifati juda past. Bundan tashqari foydalanishga adabiyotlar yetarli emas, izlagan malumotimiz haqida tòliq javob olish imkoni bulmayapti.
Bazi o'qituvchilar kompyuterni ishlatishni bilmaydiku bu tizmda mavzuni qanday tashlaydi. O'gli yo qiziga aytib tashlaydi .xullas bilmadimu xali o'qituvchilar tayyor emas deb bildim.
Oʻzek tilida adabiyotlar yetarli emas,elektron shakilda
Show next 100 comments