Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Gulshoda Sobirova
Ertaga kurs ishi topshirishimiz kerak ekan umuman tushunchaga xam ega emasmiz moodulda topshirishga
Chekka-chekka qishloqlarda onlayn dars o‘tildimi o‘tildi bo‘lyapti. Bunga sabab o‘qituvchi emas, internet!
Ислам☝️
Atham Qayumov
Men ham kontrakt to‘layman , hozirgi vaziyatda boshqacha usulda darsni tashkillashtirishni iloji bormikin
Talabni kameytirish kere,o'tilmagan darslani o'zimiza o'zlashtirse,kantrakt to'lase,kursda qob ketmili db internetga kirish uchun pul to'lase,amallab harakat qb darsda qatnashsegu,ula talabbi yanayam kottaro qo'yishvotti,laboratoriyani qilasan,kursavoy qilasan topshirasan,yoki yakuniyini qabul qimimiza dvotti! Shu adolatmi?
Siz instdelani yonini omen,bollaga o'zizcha mativatsiya bermoxchi bo'b chalg'itmen!
Shoxistaxon Baxodirjonovna
Yaxshi tushunmagan fanlardan qandey qilib yakuniy topshirish mumkin.
Kamiga bitta imkoniyat deyishyapti.O‘tolmagan talaba Sentabrdan qayta o‘zlashtirishga qoladi deyishyapti.
Ismoilovich.B.B
Men qishloqda yashayman internet tarmog‘iga ulanish qiyin deyarli yo‘q online vazifalarni bajarolmayapman endi nima yiqitishadimi.
Бу жойда РАХМАТНОМА езиб тарафкашлик килмен. Борини реал ёзинг кулиздан келса, булмаса коганларни миясини айнитменг
Ismni sir saqlash yoki anomnim shaklda bo‘lishiga ehtiyoj yo‘q.Bor real narsani aytadigan bo‘lsak,online darslar deyarli barcha joylarda boholiqudrat yo‘lga qo‘yildi. Masalan O‘zMU da hamma darslar odatdagi dars jadvaliga muvofiq ketmoqda. Domlalar hammasi darslarni olib boryabdi o‘ta mukammal darajada bo‘lmasa ham lekin yomon emas.Ammo bu jarayon talabalarni to‘liq qamrab ololmayabdi,manashu ozroq muammo bo‘lib turibdi.Chunki online darslarda maksimum 40-50% talaba qatnasha olyabdi.Qatnasha olmayotganlarni ko‘rsatayaotgan sabablari ba'zilari o‘rinli,ba'zilari esa loqaydlikka uxshaydi.
Lekin bugungi kunda hamma ta'lim dargohida barcha ma'sullar maximal imkoniyatda darslarni tashkil etishmoqda deb o‘ylayman(ko‘pgina darslarni kuzatib shu xulosaga keldim).
Men kimnidir maqtamoqchi yoki himoya qilmoqchi emasman talaba sifatida o‘z xulosalarimni aytdim.
Shu bilan birga o‘quv yilini yakuni bo‘yicha,karantin tugagandan so‘ng,talabalrga o‘qishni Oliy o‘quv yurtlarida tugalashiga ruxsat berilishi lozim deb o‘ylayman.Chunki shundagina kantrakt to‘lovlari ham 2019-2020 yili uchun to‘liq qoplanadi (hozirda ko‘pgina OTMlarda kantrak bilan bog‘liq muammolar bo‘lib turibdi) va online darslarda qatnasha olmagan va topshiriqlarni bajarolmagan talabalar ham yilni tugatishiga,kursdan kursga o‘tishiga imkon yaxshi bo‘ladi.
Gulshoda Sobirova
Biz xali zamonaviy ta'limga tayyor emasmiz
Oldin internet sifati to‘liq yaxshilansa keyin onlayn darsga o‘tilsa maqsadga muvofiq bo‘lardi
Online dars uqish hech qachon uzini oqlamagan buni hammamiz bilamiz bu achchiq haqiqatni yaxshirmasligimiz kerak negaki bakalavr talim yunalishi buladimi yoki magistratura talim yunalishi buladimi biz yaxshi kadr tayyorladhimiz zarur va shart. Qachon bizning yosh avlodning ongini ustira olsak eskicha yod goyalarni chiqara olsak hamma ishimiz oldinga qarab turishdan tuxtamaydi.
Masofaviy ta'limga hali biz tayyor emasmiz chunki internet qishloqlarda umuman yo'q vazifalar juda ko'p berilyapti kuniga 2 ta 3 tadan mavzu tog'ri kelgan fanlar bor bu qanaqasi🤦‍♀️to'g'ri vaziyat shuni taqazo qildi lkn kelajakda buni amalga oshirish uchun sharoitni yaxshilashni amalga oshirish kk men masofaviy ta'limdan ko'ra an'anaviy 'ta'limda yaxshiroq bilim olardim nima ham deymiz ko'pning boshiga kelgan to'y lkn haqiqatdan internet muammosi bu ta'lim jarayoniga xalal beradi .Xullas masofaviy ta'limdan men umuman qoniqmadim va yoqmadi shuncha komment yozilibti lkn foydasi bormi yo'qmi bilmadim menimcha yo'q.
Fanlarning sonini kamaytirish kerak
8 ta fandan ham vazifa berilmoqda
Ularni hammasini o'qib bajarib moodle ga joylashning esa umuman iloji yo'q
Shuning uchun faqat mutaxasislik fani qolish kerak
Бир нарсани айтишим мумкин. Бу танкид учунмас мулохаза учун... бошка давлатдаги бази танишларимиз билан мулокот килсам например Россия билан. биздаги модул тизимни устидан кулишяпти
Aha surovnomani uzidan ma'lum. Surovnoma chiqqaniga 1 kun bulmadi, uje суровнома закрыто(((

Пффф, туфта все это.
Topshiriq berilyapti bajaryapmiz, o‘qigan o‘zi o‘qiyapti. Internet yo‘q joylar bilan hech kimning ishi yo‘q. Faqat online davomat so‘raladi(ko‘zbo‘yamachilik). To‘g‘ri hamma narsada ham boshda kamchilik bo‘ladi lekin masofaviy talim orqali bilim ololmayotgan talabalar uchun nimadir qilish kerak menimcha.Bundan tashqari o‘qituvchilarning o‘zi topshiriq beradi, yozilgan javobga etiborsiz. Online talim tizimiga tayyormasligimiz ko‘rinib qoldi.
Hali online darlarga vohtli darslar tezlashtiilgan holatta otyapti bollar 45minutda tushinishmidi 15minut hech narsa undan kora keyingi o'qsh yilini vohtliroq boshlash kerak
Show next 100 comments