Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Dastur juda ham sekin ishlaydi.
Эххе шунча нолалар етиб борармиканааа🤔🤦‍♂️
Raxmat Xushnudbek. Shu savolni órtaga tashlaydigan odam ham bor ekan
Yakuniyda nima bo‘lar ekan.
Meni fikrim hudo hohlasa karantin tezroq tugasa yangi o'qsh yilini vohtliroq boshlash kerak menimcha hech bolmasa OTM uchun.
ASSALOMU ALEYKUM . Bu mavzu juda ham dolzarb mavzu lekin aytilishi kerak bõlgan kõp gaplar bor.
Birinchidan, hududlarda ya'ni olish qishloq hududlarida istiqomad qiladigan talabalarda internet tezligi umuman talabga javob bermasligi.
Ikkinchidan, hech qanday ma'ruzalarsiz (õtilmagan darslarsiz) talabadan har xil oraliq nazorati , mustaqil ta'lim, labaratoriya ishlari va hokazolarni talab qilish bu aqlga sig'maydi.
Uchinchidan, Ba'zi bir ustozlarning õzlari ham platformani tushinishmayapti.
Tõrtinchidan, kõpchilik ustozlar gap tegmasin deya kõzbõyamachilikka , qõpol qilib aytganda internetdan ma'lumotni olib (копировать , вставить) jõnatishni sõrashadi.
Beshinchidan, Kurs ishlari bõyicha berilgan kurs ishlariku mayliku biriktirilgan ustozlarning ayrimlari ("") ichidagilar umuman talabaga mavzu yuzasidan yordam yoki ma'lumot topishga yordam qõlini chõzishmaydi balikim nimadir ilinjidami???
Xullas bu mening shaxsiy fikrim
Янги Америка очмасдан таййор платформалардан фойдаланиш керак. Ҳар қанақасига арзон ва самарали бўлади.
js
Moodle тизими тулик хали узлаштирилмаган. Укитувчи учун тизим тулик функцияси ишламайди. Тест юклаш учун плагини урнатилмаган Факат pdf еки ppt файлларни юклаш мумкин. Хеч кандай интерактив функционал екилмаган. Энг кулгилиги ЯН саволлари pdf файлда юкланади ва талаба езма равишда когозга езиб телеграмдан юборади. Нима эмуш ракамли иктисодга утармуш бу уктувчилар билан тош асрига кайтамиз. 90% укитувчи мудл тизимини ишлатишни билмайди. Олдин домлажонларни укитилар кандай килиб компьютерни екишни, старт тугмасини босишни, гугл деган сехиргар билан таништиринг. Хуллас продвинутый укитувчилар гугл формс оркали тест оламан деса рахбарият езма ездирасан дейди. Эски хамом эски тоз. Ректор, проректорларни, декан ва кафедра мудирларини имтихон килиб пичокка илинадиганини колдириб ва уларни укитиш керак.
Buning uchun Respublika buyicha yagona proyekt ishlab chiqish kerak. Mana 2 oy buldiku bu haqda darak yuq .
Majmualarni va prezidentasiyalarni o'rni o'rnida topish qiyin edi endi shu tarafi qulayroq bo'lyapdi lekin telefonda va kampyuterda o'qigan darsliklarim tezda esdan chqarkan va ko'zimda sal horg'inlik bor. Sog'liqimdan xavfsirayapman.
Hammasi juda tez boldi , pandemiya balosi kelishini hech kim kutmagan edi, shuning uchun ham masofaviy talimga na o'qituvchilar na o'quvchilar tayyor edi( bunga moslashish oson albatta agar sharoiti bolsa), agar barchasi bosqichma bosqich bolganda hozirgi negative fikrlar orniga hammasi positive bolardi , shuning uchun keyingi oquv yilini doimgiday boshlash va bosqichma bosqich masofaviy talimga otish kerak , hozir esa kursdan kursga qoldirish va boshqa shunga oxshagan choralar ancha xato bolardi
Hayot bu katta õyin
onlay dars yaxwi emas! ongsz ravishda iw qilgandaymiz! koʻzlarimizga zarar
Платформадан интернети борлар фойдаланади. Интернети йуклар хам сиз укиятган китобни укишяпти. Главная проблема бу галати аклбоваркилмас таклифларни борлиги. Масалан курс иши лаборатория курсдан курсга колиш и так далее....
Assalomu alaykum. Biz telegram orqali qoldan kelgancha berilgan vazifalarni bajarib bormoqdamiz lekin bazilariga tushunib bazilariga tushunmay sababi ular shunchaki mavzu berib tushuntirish berishmaydi sorasak silar uchun kozimni nurini ketqazmayman savol berabermanglar kitobni oqisalaring tushunasilar deydi yana bitta oqituvchimiz savol bersak ustimizdan kulib shuniyam tushunmadilaringmi qanaqa oquvxhisanlar deydi. Moodlega keladigan bolsak vazifalarni deadline dan bir kun oldin qililar deb bizni shoshirib ozlari bir oydayam tekshirmaydi sorasak bu faqat rasmiyatchilik unchalik ahamiyatga ega emas deyishdi biz ham jiddiy qaramadik endi imtihon vaxti yaqinlashgach moodleda faol bolmaganlaring uchun imtihonga kiritilmaysizlar deyishdi. Vaholanki telegramda faol qatnashib besh olgan oquvchilarmiz. Xullas masofaviy talim oquvchilar uchun juda kop qiyinchiliklar tugdirmoqda ustozlarga esa aksincha vazifani mavzusini beradi bajarishga deadline beradi boldi vazifa keldimi ochib ham otirmay familyasiga qarab baho qoyib beradi
Shaxnoza
MANIMCHA O'QUVCHILARGA TANLASH IMKONIYATINI YARATIB BERISH KERAK. XOHLOVCHILAR ONLINE O'QIB DARS TOPSHIRIQLARINI BAJARIB TOPSHIRSIN, XOHLOVCHILAR offline o'qituvchi bilan birga o'qib o'zlashtirsin.
Gʻoya juda ham zoʻr ya'ni Masofaviy ta'lim degani lekin olib borilayotgan islohatlarimiz bilan sharoitimiz
( internet tezligi) umuman talabga javob bermiyabdi .Moodle va Zoom dasturlari judayam keng qameovli dasturlarni oʻz ichiga qamrab olgan biz talabalarga ancha foydasi tegadigan jihati koʻp qachongina undan mukammal foydalanaolsak va bizni hududimiz bunga javob bersa Xushnud aka sizga katta rahmat! juda ham zoʻr mavzuni olib chiqqaningiz uchun...
Lekin Maktab oʻquvchilari uchun tashkil qilingan Online darslarga gap yoʻq juda ham zoʻr tartibda oʻtmoqda oʻqituvchilar ham astoydil harakat qilib darslarni oʻtmoqda
Show next 100 comments