Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Gʻoya juda ham zoʻr ya'ni Masofaviy ta'lim degani lekin olib borilayotgan islohatlarimiz bilan sharoitimiz
( internet tezligi) umuman talabga javob bermiyabdi .Moodle va Zoom dasturlari judayam keng qameovli dasturlarni oʻz ichiga qamrab olgan biz talabalarga ancha foydasi tegadigan jihati koʻp qachongina undan mukammal foydalanaolsak va bizni hududimiz bunga javob bersa Xushnud aka sizga katta rahmat! juda ham zoʻr mavzuni olib chiqqaningiz uchun...
Lekin Maktab oʻquvchilari uchun tashkil qilingan Online darslarga gap yoʻq juda ham zoʻr tartibda oʻtmoqda oʻqituvchilar ham astoydil harakat qilib darslarni oʻtmoqda
Masofaviy ta'lim menga unchalik ma'qul emas. Negaki institutda bunchalik uquvchilarga qiyin vazifalar berilmasdi. U yerda Yana dars utardik. Platformada dars utilmedi faqat vazifa bajar vazifa bajar shu gaplarni ewtyabmiz xalos. Yana oraliq nazorat va yakuniydan o'ta olmagan talabalar talabalar safidan chetlatiladi diyishyabdi bu qanchalik to'g'ri? Karantin davri bulgani sababli xech qaysi OTM studentlari o'qishdan chetlatilmaydi diyilgan ediku! Yoki yangi qarorlar chiqib kettimi xayronman☹️
Сурайё Омонбаева
Assalom aleykum ha bu masofaviy talim ayniqsa tibbiyot yonalishidagilar un unchayam mos kelmaydii bizda moodleda test ishlash yetarli emas deb oylayman amaliy konikma ham zarur bu tizimga kopchilik jiddiy qarayotgani ham yoq vaholangkii ilmiy saviyasizlik yuzaki bolyapti hammasi
Assalomu alaykum Ramazon oyi muborak bo'lsin Moodil tizimini yahshi tarafi talabalar po'lni kam sarflayabdi bilim olish xohlaganlar bilim olyapti hohlamaganlar yana tanish bilish aloo aloo
Moodle tizimi yaxshi. Lekin óqib tushuniladigan fanlar bor va óqituvchi tomonidan tushuntirilishi kerak bulgan fanlar bor. Masalan amaliy matematikani óqituvchi tushuntirmasa tushunish amrimahol. Shunday ekan shu muammolarni inobatga olib talabalarga imkoniyatlarni va qulayliklarni yaratish kerak va bu tizimni yanada isloh qilish kerak
~
Fizika oqituvchimdan labaratoriya ishini bajarishga bizda sharoit yoq nima qilamiz deb yozsam , 1 hafta boldi......
А медицинада амалий машгулот утказиб жунатинглар дияпти видео шаклида. Бу просто... дарс буляптими ха буляпти. И все как идёт это не интересно как жаль
URALOV NE’MAT
Assalom alekum masofabiy oliy talim xaqida fikirni sizga jo‘natamanmi yoki siz joylagan silkagami tushunmadim ko‘rsatilgan joyga kirsam alombalo narsalarga kirib ketabdi tushuntirsangiz . Men 4 kurs talabasi bu yil o‘qishimmi bitirishim kerak edi xozirga pandemiya sabab masofaviy o‘qish bo‘lgani uchun telegram orqali darslarda qatnashib borabman lekin undagi yolg‘onlik ko‘zbo‘yamachilikga chidam bo‘lmidi 1 . Domlalar o‘z fan darsligini slayd ko‘rinishida tashlab o‘rgatib bormoqda xo‘p mayli , lekin o‘sha domlalar qilig‘i gaplari kurakda turmi tashlagan dasligini aytishi bo‘yicha biz tutgan daftarimizga kanspeket qilib uni rasmga olib o‘ziga lichkasiga tashashimiz kerak ekan mana xxi asr . 2 bu qilinga masofaviy o‘qishda domlalar o‘z fanlaridan oraliq nazorat yakuniy nazorat test ko‘rinishida qabul qilmoqda lekin darsni faqat slayt ko‘rinishida tashlagan biz o‘zimiz o‘rganishga qiynalabmiz tabiyki testlarda omadga ishonib topshirabmiz xalos
Феруз Хушназаров
Zo‘r bulardi
Феруз Хушназаров
Qarshida ham ochilsin
Assalomu Alaykum. Online o'qish yaxshi. Lekin bunaqangi chalkashmovchilik bilan emas. Har kuni sayt kamida bir marta qotadi. Bunisiyam mayli har bir dars maruzasiga umuman tushunib bolmaydi. Google perevodda qilingan bular. Videodarslar esa 0 darajada. Kitobdan o'qib berib video qilishni maktab o'quvchilari ham biladi
yoʻq men oʻqituvchi emasman men talabaman.Maktab oʻquvchilari uyda oʻtirgan holatda dars bilan bandku baribir faqat televezorda Bolajon koʻrishni oʻrniga oʻzimning ham jiyanlarim bor ular ham har kuni darslarni koʻrishadi.Men shu sharoitda shu bollar band boʻlyotganiga xursandman ozroq boʻlsa ham .
Onlayin dars platformasiga utamiz deyishdi darslarni uzlashtirolmaganlar akademik qarzdor deb kursdan kursga qoldiriladi deyishyapti bechora qishloq sharoyitida uqiydiganlar nma qilishsin internet umuman yuq desa ham buladi prezidentimizni internet togrisidagi qarorlari qayirda qoldi domlalarga shu haqida aytsak bu sizlarni muammolaringiz deyishadi nima qilaylik internet yaxshi ishlaydigan joydagi talabalar ham moodle haqida tushunchaga ega emas
Jasur
Ха бундай шароитда хаммага кийин, лекин талабалар укишни давом эттиришлари ва бахоланишлари керак, мамлакатимизда масофавий таьлим эртами кечми ривожланади лекин бундай шароитда жудаям кийин, айникса бунака интернет тезлиги билан, аммо биринчи кадамни ташладик.
Show next 100 comments