Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Amaliysini mavzusiga maruzachi qoygan maruzasi tori kemidi u boshqa bu boshqa
Yana bitta narsa faqat bitta oraliq va joriy bosin dep rektor buyruq bersayam. Bazi bir oqituvchilar juda qiyinlawtirvoryapti òzi internet vapwe pas moodlega zòrga kiryapti. Yana modulga narsa yuklaw kerak ekan. Ee .... hammasi
Assalomu aleykum moodle tizimi mukammal emas. Bitta fanni topshiriqlarini 6 marta alishtirishdi. Undan tashqari tizim ishlamay qolyabdi. Talabalarda internet sifati yaxshi emasligi sababli darslarni ozlashtirib bolmayabdi. Bizlar xali bunday tizimga tayyor emas edik oylashimcha. Ustozlarizmizdan kurib organganimiz yaxshiroq edi
Assalomu alekum hammaga mani fikrim wundan iboratki man ôz kôzim bn kôrdim yaqinda ukamni darslarini tekwiraman desam umuman internet iwlamaydi ôqituvci ham ôquvci ham wundan aziyat chekmoqda iltimos net tezligini kôtariwni choralarini darhol hal etmasak bôlmaydi kn aloqa kompaniyalari ham mglari juda qimmat va sifatsiz
Assalommu Aleykum Moodle hamma uchun yengillik boʻldi.Lekin ayrim domlalar talabalarni tushinishmepti.Internet tezligi pastligi sababli muammolar kelib chiqmoqda.Online testlarni vaqti testni yechishimizdan oldin tugab qolyabdi. Sessiya payti shular inobatga olinsa yaxshi boʻlardi
Imtixonlani online oliwsn qoganiga kopcili rozi!!!!!!!
Boshqa ta'lim yo‘nalishlarini bilmadimu lekin tibbiyot talabalari uchun umuman bema'ni usul. 1,2,3 kurslar mayli ularni darsi ko‘proq nazariy, lekin 4,5-kurslar amaliyot ko‘rmay qandey o‘zlashtiradi darslarni bu kurslarda amaliyot ko‘proq bo‘lishi kerak. Hech bo‘lmasa Tibbiyot talabalari uchun ham Tv.dasturlar qilishsin. Amaliyotlar ko‘rsatilgan dasturlar. Ko‘zbo‘yamachilik bu o‘qish. To‘gri hozir karantin. Bu kimnidir aybi emas. Lekin bo‘lajak shifokorlarni bu menimcha besavod bo‘lishiga bitta sabab bo‘lib qoladi.
Ba'zi fanlardan imtihon ham olinmasdan baxolar chiqarilyapdi
Qisqa qilib aytganda hammasi bir tiynga qimmat. o'qituvchi bir oylik darslikni moodle ga 1 soatda joylab qo'yib 30 kun kafy qilib oylik olib yotipti.Hech qanday tartib yoq,na tushuntirish umuman hullas ushbu pullar teshib chiqsin deb ro'zani kunida duo qilib qolaman. O'zbekistonda o'qiyotganimdan afsuslanaman bu noshukurlik emas horijdagi sharoitlardan foydalana olmasligim uchun alam.Inson 1 marta tugiladi holos. Imkoniyatlardan foydalanish kerak , telegramda konspekt qilmay
O‘qituvchilarni yomonlamoqchimasman lekin oylik olgandan keyin oqlashsin. Kontrakt pulini olgandan keyin institutlar darslarni ham shunga yarasha sifatli qilib taminlasin
Hamma viloyatda ham internet yaxshi ishlamaydi. Talabalar uchun ham Tv.dasturlar tayyorlashsin. Hamma fanni eng yaxshi mutahassislari dars tushuntirishsa mavzuga doir videolar bilan moodledan ming marta foydaliroq deb o‘ylayman. Faqaf adabiyotlardan o‘qisak bizga o‘qituvchiniyu institutni nima keragi bor? Faqat diplom uchunmi? Oliy ta'lim shu bilan shug‘ullansa bo‘lardi ozgina mas'uliyat sezib.
Internet sifati juda past online testlarni saharlik vaqtida ishlashga majbur bo‘lyapman platforma ham yaxshi tuzilmagan qotib qoladi
Assalomu alayko'm yuqoridagi fikrlarni uqib chiqdim bir dona ham ijobiy fikr yuq ekan men ham hamma gaplarga quwilamanbazi domlalar xuddi raxbarlarga uxshab uzidan qonun chiqaradi quwimcha nimalardir bajartirishga harakat qiladi yana nima emish qaytib 1-kursga uqiwni hohlamasang bajarasan emish 150mb qilib qulda yozuv suradi mayli u faylni bir amallab junatarmiz lekin 100 nafar uquvchinikini tekshira olmasligini hamma biladi mayli hammaga omad tilab qolaman
Umuman yaxshimas.. svyaz ham modl ham
Assalomu alaykum. Masofaviy o'qitish yaxshi lk ayni damda bu tizimda muammo juda ko'p eng katta muammo bu internet tezligining pastligi yani sifatsiz internet. Ayni hozirgi sharoitda bizni bilim olishimizga to'sqinlik qilayotgan omil shu.
Мудл яхши ишланмаган укитивчилар шунчаки дарс килила деб айтиб куяди лекин уларда харакат йук бизлар чунишга кийналадиган фанлар бор шуларни талабалрга чунтириш ишларини килиш керакку узи хамма нарсани кимдир 1 соатда жойлаб куйган булса
Assalomu alaykum! Internet tezligi turli tumanlardan bo‘lgan talabalarda turlicha ekanligini inobatga olinishi kerak. Ba'zi paytlarda svyaz yaxshi emasligi yetmaganday, moodlni ishlashida ham kamchiliklar bo‘lishi kuzatilyapdi. Umuman olganda o‘zini oqlamaydi.
Уни кил буни кил деб утиришни 10 йошли бола хам еплай олади
Bu nimasi endi o'zi agar masofaviy ta'lim degani wu bo'lsa demak domlalar nimaga kerak hammasini kompyuterlashtiriw kerak va o'qituvchilar kerak bo'lmay qoladi.Bu modulda dars qilinglar o'qinglar deyiliyaptiyu hech kim hech nimani tuwuntirmayapti(xuddi oldin tuwuntirgandekaaa)
Assalomu alaykum! Õqishga borib õqiyotganimda masofaviy ta'lim tizimiga õtishni hoxlagandim lekin bizdagi internet tezligi va bir qancha muammolar biz hali masofaviy ta'limga tayyor emasligimizni kõrsatdi, moodlga ham ma'lumot tashlanadi kimdir õqiydi, kimdir esa yôq yana saviyasiz darslar uchun kontrakt tõlayman Universitetlar õzini foydasiga ish olib boryabdi menga telefon qilishdi 3 kun ichida tõlang deb qildi men haligacha tõlamadim.
Ziyod Ibodullayev
Albatta, internet sifati pastligi uchun hozirgi paytda masofaviy ta'limga o'tishga ta'lim muassasasi ham talaba ham tayyor emas. Hozirgi karantin sharoitida Boshqa iloji yo'qligi uchun vaqtincha foydalanib turibmiz
Show next 100 comments