Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Феруза
Yuridik kollejlarni nazarda tutdim kollej bo‘lsa ham sirtqi oliy ta'limniki bilan bir hil kontaktimiz lekin ta'lim sifati umuman yaxshi emas
Azizova Madina
Assalomu alaykum , azizlar masofaviy ta'limda kamchiliklar mavjudligi bor gap. Shunday kamchiliklardan biri o'qituvchilarni topshiriq berib lekin uni o'zlari tekshirmasliklari. Menimcha ular topshiriq bajarguncha talabalardan ketayotgan vaqt va megabaytlarning hisobini olishmayabdi. Lekin musulmonchilik ham sekin asta . Yolg'iz tilagim karantin tugab huddi avvalgidek auditoriyalarda dars o'taylik.
Internet yaxshi ishlamayapti. Biz umuman masofaviy taʼlimni ʼʼTʼʼsiniyam oʻzlashtirganimiz yoʻq. Masofaviy taʼlim shakli zoʻr. Biz faqat zoʻrligini bilamiz xolos. Hali bu shaklda taʼlim olmadik. Internet provayderlariga ʼʼ katta rahmatʼʼ ʼʼbizda internet 5G+ da ishlayaptiʼʼ. Oʻsha provayderlarga aytib boʻlmaydigan ʼʼtilaklarʼʼ bilan Rishtonliklar.
Адилжанова_Хулкарой
Tòģri boshida tushunib olginimizcha qiynaldik, lekin hammasi iziga tushib ketdi. Bizning universitetda nazorat qattiq darslar òz vaqtida olib borilmoqda, bir tarafdan bu tizim yaxwi ekan, lekin bilim darajasini tuwib yuboryapdi deb òylayman. Lekin universitetimiz qòlidan kelgancha olib boryapdi qolgan universitetlardan farqli raviwda, kuni bilan darsda òtiramiz.
TDPU Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi.
Hammasi internet tezligiga bog'liq. Sir emaski ko'pchiligimizda internet tezligi past (juda) va qimmat va shunga yarasha ham muammolar kelib chiqmoqda va hozirgi online ta'lim tizimizning asosiy manbasi bo'lmish moodle.uz esa tayyor hosting bo'lib aynan online ta'lim uchun tayorlangan va bor yog'i 80 talaba un mo'ljallangan lekin biz uning o'rniga 12000 talabani jolashtirgan biza bu esa serverdagi muammolarga sabab bo'lmoqda.
Fotimaxon Madaminova
Assalomu aleykum ahli talabalar bu postni kimdir uqiydimi yoki yuqmi hech bolmasa bizdek talabalarga dardini doston qilish uchun biror joy topilibdiku.Men ham bazi bir narsalarni aytib utmoqchiman masofaviy talim haqiqatdan olganda yaxshi narsa ammo bunga talabalar ham domlalar ham jon jahdi bilan kirishsa sungi 2oydan bilganlarimiz shuki darslar xuja kursingga utkazilayapti ya'ni menga nima men oyligimni olsam buldida degan taqlidda.Shunday bir domlalar borki ular dars boshlanishida yuqlama qilishadi va kimdir online bulmasa hamma yoqni boshiga kutarishadi bir xil paytlari quvonadigan bup qoldik bunday mash mashalariga demak bugun dars utmoqchi degan hayolda ammo yuqlama tugagach domla yuqolib qoladi.Yana boshqa birlari dars materiallarini tashliydide na savol javob na tushuntrish bor keyingi safar kelganda nega uy vazifasini qilmadingiz deb talaba ustidan dekanatga arz qiladi.Xullas oliy ta'limdagi muammolarimiz hali beri tugamasa kerak nima bulgandayam noumid shayton deganlaridek ushbu kunlarda hammamizga insof berishini allohdan chin kungildan surab qolamiz
Xuddi talabani fikri biror marta inobatga olingandek so'rovnoma o'tkazishibdi. Biz ta'lim sifati yomon, online dars umuman o'tmaymiz desak tizim o'zgarib qoladimi ? Karantindagi online dars o'tishni axvolini qarang domla 1 haftada 1 marta kirib bitta mavzu tashlaydi konspekt qilib qo'yinglar deb. Shu paytgacha konspekt bilan davomad uchun baho olganmiz, bitirgunimizcha shu axvol. Xullas online dars o'tish O'zbekistongamas.
Hamma internet yaxshi emaslikidan shikoyat qiladi,lekin doimgidek yuqoridagi masullar qimirlamaydi va ahvol òsha-òsha qolaveradi.Shunday ekan nima ham deymiz foydasi yòq ishga fikr bildirib "BIZDA HAMMASI ZÒR SIFATLI YÒLGA QÒYILGAN,BIZ TALABALAR ÒQIMAYAPMIZ XOLOS" desak yuqoridagilarga yoqadi.Aslini olganda ta'lim sifati qanday yòlga qòyilgani kundak ravshanku!!!
2g internetga gap yo’q!!!
Х.Хасан
Onlayn ta'lim sifatini foizlarda ko'rsatadigan bo'lsak 30foizni bergan bolardim.Internet tezligi bu ikkinchi masala.Lekin ham gap odamni oziga bog'liq o'qish yoki oqimaslik!
Бизга ёшлигимиздан “Тепадагиларнинг фикри муҳокама қилинмайди,ижроси таъминланади” деб ўргатишган.
🔐N❤️
Ассалому алейкум. Мен медицина сохасида леч факда укийман, онлайн дарсларни бир амаллаб турибмиз лекн бир гина норозилигим бор укишим Санфакда я'ни фаргонада. Бизда физиология дарси бор ва устозим хакида озгина гапириб бермокчиман. Мен доим устозим нима топширик берса доим вактида бажараман лекн улар менга хамиша 2бахо кояптила бизга билиб бермаганларидан кн нима хакки бор Уни 2куйишга мен кийналиб уй ишларинихам килмастан айнан шу устоздан яхши бахо олай деб харакат килсам хамиша 2 кояди ё уммуман бахоламайди. Энди уларни устоз дейишгаям тилим бормайди устоз дегани талабага узини фарзандига килган муомалани килиши керак хато килса оргатиши ва урнак булиши лозим. Улуг кунларда турибмиз гина хафагарчилик саклаш керемас лекн айнан физиология укитувчимизми розадор огизда Худога солдим илтимос килардм шу гапларим хамма укисин канчали кийналиб кетганимни президентимиз билишини хохлардим
Avvalo bu borada 1 masala internet tezligi kuchaytirish lozim ushandagina talaba uzi xoxlagendek ishlay oladi 2 masala domla tayyor elektron kurinishida darslar taylashi va talab qilishi siz uylab kuring biror nimanu tushuntirmay turib javob kutishi xuddi kim tomdan tarasha tushgandek .
Ажойиб 😃
Xullas, doimgidek shikoyatlar
Internet tarmogʻi tezligi"juda zoʻr" hamma fandan ham darslar tashkil etilmagan foydalish un yetarli miqdorda axborot yoʻq
Assalomu aleykum. Men ham ko'pchilik kabi o'z fikrimji aytib o'tsam. Birinchi novbatda, O'qitish tizimida hali ham o'sha eskilik, eski metodika, eskicha uslub. Masalan, konspektlar hali ham dolzarb, va yana davomat ham birinchi o'rinda ( online o'qitishda qanday davomat bo'lishi mumkinligiga hayron qolasan kishi, chunki bitta talaba butun bir guruh nomidan kirib davomatda ishtirok etib, universitetning reytingiga o'zining xissasini qo'shishi mumkin bo'la turib). Barcha O'qituvchilar ham emas, ayrimlarigina yangicha fikrlashlari bilan, yangicha axborotlari bilan, va yangicha metodikasi bilan masofaviy o'qitishda ham ilg'orlar, va bu uchun ularga kattakon RAXMAT! Masofaviy o'qitishning bitta yaxshi tomoni bu FORMAni talab etilmasligi. Bu masofaviy talim zo'r narsa ekan, chunki biz biror bir fanni 6 oy davomida o'qigan bo'lsak, mana hozirda atigi bir haftada o'tilar ekan, bu "ajoyib", shunday emasmi? Bizninig Yurtimizda qachonki Internet deganlari hech bo'lmaganda 4-avlod(4G) darajasiga yetgandagina( hatto eng chekka qishloqlarda ham), bizda chet standartidagi masofaviy talimni tashkil qilish mumkin, albatta, yangicha metodika bilan! Va yana bir narsa, Hech qachon davomat, forma yoki konspekt bilan talabani bilimini baholab bo'lmaydi, chunki agar faqat davomat bilan ish bitganda edi shu sifatli kadrlardagi muammolar bo'lmas edi, va faqat forma bilan ish bitganida edi, jahonning ko'plab mamlakatlari formadan hech qachon voz kechmas edi. Biz sifatli ta'limni yoqlaymiz, bo'lmasa keyingi 100 yillikda ham bizdagi eng zo'r kadrlarga ham Jahonda talab bo'lmaydi!!!
Ассалому алайкум. Фарзандим Самарканд тиббиет институтига укийди. Онлайн, модуль,зоом оркали. Расписание буйича укитишяпди. Барча дарслар уз вактида олиб бориляпди. Тест беришяпди. Бахолашяпди.
Самарканд тиббиет институтида 2019-2020 укув йили бошидан модуль ситемасида укитиш йулга куйилган эди, шунинг ун дарсларда узилиш булмади. Вактида бахолашяпди,рагбатлантиришяпди.
Самарканд тиббиет институти педиатрия факультети 1-курсларига дарс берадиган барча устозларга рахмат айтаман.

Узим КДУ да айни вактда онлайн укияпман. Дарслар 4-майдан бошланди. Лекин модуль вактидан 1,2кун кечикиб ишга тушди. Орамизда тахсил олаётган талабалар ичида маьсулиятсизлари анча. Тугри, шароит булмаган жойда иложи йук онлайн укишни,лекин маьсулиятсиз талабалар хам йук эмас. Марказда яшашади,кулида телефони бор, хуллас имкониятдан фойдаланишгани йук. Домлалар вазифалар буйича телеграммдан тушунтириш ишларини олиб боришяпди. Онлайн укиш,укитиш янги система булгани ун айрим домлалар узлари хам тушунишмаяпди.
Тугри онлайн дарсда видео дарс яьни база етарли эмасдир. Чунки бунга тайёр эмасдик. Лекин тан олиш керак киска вакт ичида давлатимиз томонидан хар бир соха катори таьлимда хам узилиш булмаслигини имкон кадар олдини олишмокда.
Кайси бир ОТМ да домлалар ижобий ишлашмагани хамма жойда бир хил дегани эмас!

Интернет тезлигида муаммо бор
Show next 100 comments